O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə242/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

13-variant


1-topshiriq. Ko`chiring. 1) ot, sifat, son va olmoshlarning ma`no jihatdan turlarini aniqlang, ma`no turini ustiga yozib qo`ying. 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlarni matndan so`ng yozib, har birini morfologik jihatdan to`liq tahlil qiling. 3) otlashgan sifat va sonlarni matndan so`ng yozing, gapdagi vazifasini izohlang.

1. Kishining qalbi uning qilgan ishlarida aks etadi. (Hikmat) 2. Olaquroq, paxtali to`nlar yelkadan tushgan. (S.Ahm.) 3. Senga o`n to`rtda bog`landim, hanuz erkin bo`lolmas dil, O`zim dog`man, aql` kirmas, To`zimsiz o`ttizimda ham. (E.Vohidov) 4. Xushchaqchaq qizlarning qop-qora sochlarida tolbargakdan sochpopuk. (S.Ahm.)




2-topshiriq. Berilgan qoliplar bo’yicha bittadan mazmunli gap tuzing va har bir so’z turkumining ustiga turini yozib qo’ying:

1. Atoqli ot + ketma-ketlik ma'nosini bildirgan “bir” so’zi + jo’nalish kelishigidagi turdosh ot + belgisiz tushum kelishigidagi turdosh ot + fe'l + ko’rsatish olmoshi + sifat + jo’nalish kelishigidagi turdosh ot + ketma-ketlik ma'nosini bildirgan “bir” so’zi + jo’nalish kelishigidagi turdosh ot + fe'l.


2. Miqdor son + hisob so’zi + belgisiz chiqish kelishigidagi turdosh ot + juft son + belgisiz chiqish kelishigidagi turdosh ot + miqdor son + hisob so’zi + chiqish kelishigidagi turdosh ot + belgisiz tushum kelishigidagi turdosh ot + fe'l.


3-topshiriq. O`qing va ko`chiring. 1) tuslangan va tuslanmagan fe`llarni aniqlab, tuslangan fe`llar tagiga ikki to`g`ri chiziq, tuslanmagan fe`llar tagiga bir to`g`ri chiziq chizing; 2) tuslangan fe`llarni matndan so`ng alohida-alohida yozib, har birining nisbati, bo`lishli-bo`lishsizligi, mayli, zamoni, shaxs-sonini yozma izohlang.

1. Shu orada qo`ng`iroq urildi, ichkariga kirdik. (G`.G`.) 2. – Yana ayrim boylarning yangi tuzoqlariga ilinmaylik, takror aytaman, hushyor bo`laylik! (Mirm.) 3. Kim biladi, Yo`lchiboyni xizmatkorlikka bizlar olamizmi? (O.) 4. Qo`yish o`rniga nuqul olyapsiz, tugab qoladi-ku, to`yni nimaga qilasiz? (SH.)




4-topshiriq. Berilgan qolip bo’yicha bitta mazmunli gap tuzing.

1. Tarkibida yasama qo`shma fe’l + to`liqsiz fe’l + jo`nalish kelishigidagi harakat nomi + tarkibida maqsad ravishdoshi bo`lgan qo`shma fe’l + yaqin o`tgan zamon shaklidagi fe’l qatnashgan mazmunli gap tuzing.


2. Tarkibida bo`lishsiz shakldagi holat ravishdoshi + otlashib, 3-shaxs egalik qo`shimchasini va jo`nalish kelishigi qo`shmchasini olgan sifatdosh + o`zlik nisbatdagi holat ravishdoshi + orttirma nisbat shaklidagi yaqin o`tgan zamon shaklidagi sof fe’l qatnashgan mazmunli gap tuzing.


5-topshiriq. O`qing va ko`chirib yozing. 1) ravishlarni aniqlang va matndan so`ng alohida yozib, to`liq tahlil qiling; 2) yordamchi so`zlarni topib, to`liq tahlil qiling; 3) modal, undov, taqlid sozlarni aniqlab, to`liq tahlil qiling.

1. Haqiqatdan ham, beshta qiz serdaraxt, tangaday oftob tushmagan salqin hovlida chir-chir aylanib koptok o`ynardi. (O.) 2. O, Samarqand! Besh qit`ada uning misoli yo`q, deydilar. (O.) 3. Tog`-bog`da yashaydi, qishin-yozin yashnaydi. (Topishmoq) 4. Kanal tomondan o`qtin-o`qtin ko`tarilayotgan izg`irinda qor bo`ralaydi. (H.G`.)





Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin