3-topshiriq 1) tagiga chizilgan so`zlarning lug`aviy va grammatik ma’nolarini aniqlab yozing; 2) ko`chma ma’noli so`zlarni aniqlab, ma’nosi qaysi usul bilan ko`chganligini ustiga yozib qo`ying; 3) gaplar tarkibidagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik xususiyatlari mavjud bo`lgan so`zlarni aniqlab, ularning ma’nolarini izohlab yozing.
1. Necha yuz yillardan buyon Qoplonbop shunday gavjum yashaydi. (S.Ahm.) 2. Tolibjonning ko`nglida uxlagan xotiralar uyg`onib ketdi. (S.Ahm.) 3. Paxmoqsoqol bir nimaning ilinjida o`tirganini sezsa ham, Asadbek to`xtamay o`tib ketmoqchi bo`ldi. (T.Malik) 4. Xon shu kechasiyoq kampirga chopar yubordi. (S.Ahm.) 5. Qalbi eng yuksak tuyg`ularga to`lib-toshgan, butun fikri-zikriga azaldan yaratmoq, barpo qilmoq, tiklamoq kabi ezgu niyatlar in qurib olgan go`yo. (J.Abd.) 6. Achchiq izg`irin esib, qor uchqunlab turgan bu badqovoq kunda Shayboniyxon Murg`ob bo`yiga Shoh Ismoil Safaviyni ta'qib etib borib qolgan edi. (P.Q.) 7. Kuz xunukmi, chiroylimi, baribir marra oldin bitirganniki. (O.) 8. Shorahim shunday deb, belidagi belbog`ini mahkamroq bog`ladi-da, bog` o`rtasidagi biroyoq yo`ldan qir tomonga yurdi. (O.Y.) 9. Yomg`ir yog`ar, shig`alab yog`ar, Tomchilar tomchilar sochimga. (R.Parfi) 10. Minbarga chakka sochlari oqargan, ko`zlari katta-katta, Shamsi To`rayevichga o`xshash bir kishi chiqdi. (N.A)
4-topshiriq. 1) gaplar tarkibidagi eskirgan so`zlarni tarixiy va arxaik so`zlarga, yangi so`zlarni “butunlay yangi” va “yangi ma’no kasb qilgan” kabi guruhlarga bo`lib yozing; 2) sheva, atama, kasb-hunar va jargon so`zlarni topib ma’nolarini izohlang; 3) frazeologik iboralarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.
1. O`, bu erkakning o`yini bo`ldi. Shu paytgacha qayerda edingiz, erkak?! (T.Malik) 2. Gipofiz ana o`sha auralarni qabul etadi. Ukangizni ham, sizni ham begona energoinformatsion maydonlar bezovta qilgan. (T.Malik) 3. Doktorxona deganda Sotiboldining ko`z oldiga izvosh va oq podshoning suvrati solingan 25 so`mlik pul kelar edi. (A.Q.) 4. Sen opang Jumagulning tob o`zisan... (J.Sh.) 5. Nega Nuri erkaklar ishiga burnini tiqadi. (O.) 6. Shuncha azob bilan kutilgan uchrashuvni yumaloq-yostiq qilish insofdan emas, cho`zish, bir narsa deyish kerak, axir, asosiy maqsadning hali po`stlog`i archilgani yo`q (U.Nazarov). 7. Kitob o`qib, odamlarni xursand qiladigan bo`lib qolganidan og`zi qulog`ida. (N.Fozilov)
5-topshiriq. 1) faqat birinchi gap tarkibidagi so`zlarni morfemalarga ajrating: o`zakning tagiga chizing va affiks turlarini aniqlab, ularning nomini yozib qo`ying; 2) barcha gaplar tarkibidagi yasama so`zlarni topib, qaysi usul bilan yasalganini yozing; 3) barcha gaplar tarkibidagi qo`shma, juft, takroriy, qisqatma so`zlarni topib, ustiga tegishlicha yozib qo`ying.
1. Ark joylashgan balandlikka ko`tarilayotganlarida Bobur o`ng-u so`lda ko`ringan ayvonli uylar va hovlilarga ko`z tashladi-yu, birdan o`zining asira qallig`i yodiga tushdi. (P.Q.) 2. Yangi do`st orttirsang, eskisidan yuzingni burma. (Qobus) 3. Mehnat hayot chirog`iga yog` quyadi, tafakkur esa uni yoritadi. (Hikmat) 4. Shu choq Bektemir so`l tomonda, pastlikda, o`nlab jangchilarimizning oldinga qarab yugurganini ko`rdi. (O.) 5. Shu kuni tasodifan daladan erta qaytgan, tomorqada makkajo`xori chopiq qilayotgan edi. (S.An.) 6. Turob To`la bilan ikkovimiz shahar telefon stansiyasiga borib, O`zTAGga qo`ng`iroq qildik. (S.Ahm.)
Dostları ilə paylaş: |