O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə234/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

8-variant


1-topshiriq. 1) nuqtalar o`rniga tushirib qoldirilgan unli va undoshlardan mosini qo`yib gaplarni ko`chiring; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar ustiga shu so`z orfografiyaning qaysi tamoyili asosida yozilganini yozib ko`rsating; 3) gaplar tarkibida tovush o`zgarishlari mavjud so`zlarni aniqlab, o`zgarish turini shu so`z ustiga yozib qo`ying.

1. Hojimuro… qalt-qalt titrar, qo`ynidagi bedanalar pitirlardi. (S.Ahm.)


2. U qattiq kerishi… o`rnidan turganida, ko`zi qorong`ilashdi. (A.Q.)
3. Tush payti birpas dam olay desam, shu ham, mana, burnimdan bulo… bo`lib chiqyapti-ku! (P.Q.) 4. Ularning qaysi hovlidan pano… topganini hech kim ko`rolmaydi. (O.Husanov) 5. O`rinbosarimizning buyrug`ini mening buyrug`im de… biling. (J.Abd.)


2-topshiriq. O`qing va ko`chirib yozing; 1) barcha so`zlarning urg`usini qo`ying va ularni bo`gin ko`chirish qoidasiga muvofiq qismlarga bo`lib yozing; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar tarkibidagi unli va undosh tovushlarga to`liq tavsif bering.

1. Kuz iliq kelgani uchunmi, Hirot tojdorlari hali ham qal’a tashqarisidagi bog`larda yashamoqda edilar. (P.Q.) 2. Ular oldida Me'mor ko`ziga yosh olmadi, faqat falakning gardishi – o`z qismatining achchiq ekanini aytdi, xolos. (Mirm.) 3. Oqsoqol shuncha yoshga kirib hali hech kimdan bunaqa ta'na eshitmagan edi. (S.Ahm.) 4. Xonzoda begim xonning shartini qabul qilgandan keyin, Bobirni ta'qib etmaslik haqida butun qo`shinga farmon berilgan edi. (P.Q.)




3-topshiriq 1) tagiga chizilgan so`zlarning lug`aviy va grammatik ma’nolarini aniqlab yozing; 2) ko`chma ma’noli so`zlarni aniqlab, ma’nosi qaysi usul bilan ko`chganligini ustiga yozib qo`ying; 3) gaplar tarkibidagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik xususiyatlari mavjud bo`lgan so`zlarni aniqlab, ularning ma’nolarini izohlab yozing.

1. Mahalla u muttahamdan ikki-uch martaba shikoyat qilgan. (O)


2. Gap shundaki, o`lim ostonasida vijdoni sergaklashadi. 3. - Nimaga o`xshaydi? – qiqirlab, og`zini bekitib kuldi qiyiq ko`z. (Mirm.) 4. Xoli qolishgach, Elchin gapni nimadan boshlashni bilmadi. (T.Malik) 5. Tog` bolalari pishiq, tadbirli bo`ladi. (S.Ahm.) 6. San'at ishlarini boshqarayotgan Muhammad Solih vositachi bo`lib, Behzodni xon bilan bir-ikki marta uchrashtirdi(P.Q.) 7. Lekin har holda ozmi-ko`pmi bu yerda ter to`kdim, yaratish bobida yana qancha orzularim bor. (O.) 8. U boshini osiltirganicha yolg`izoyoq yo`ldan Shorahimga ergashib borarkan, yuragi tinimsiz bezillardi. (O.Y.) 9. Bu mudhish voqeadan ezilib qolgan Latofat boshi xam, unsizgina bir-bir bosib borar, Haydar ham unga tasalli beradigan gap topolmay qiynalar edi. (O.Y.) 4. Daraxtlarda to`kilmay qolgan barglarni shirt-shirt yulib, har yoqqa uchiraverdi. (O.)



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin