7-variant
1-topshiriq. 1) nuqtalar o`rniga tushirib qoldirilgan unli va undoshlardan mosini qo`yib gaplarni ko`chiring; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar ustiga shu so`z orfografiyaning qaysi tamoyili asosida yozilganini yozib ko`rsating; 3) gaplar tarkibida tovush o`zgarishlari mavjud so`zlarni aniqlab, o`zgarish turini shu so`z ustiga yozib qo`ying.
1. Qanaqangi qaynoq bola eding, o`zgari… qolding! (J.Abd.)
2. Yigirma besh yoshni nima deb atasam ekan? (G`.G`.) 2. Sovuqdan qizargan barmoqlarini og`ziga tiqi…, puflab Unsinga dedi. (O.)
3. Eshik…an kirishim bilan “dada”lab bag`rimga tashlanishi qanday zavqli! (Sh.) 4. Bo`g`ziga pichoq tortilganday xirillayotgan Elchin dastla… qay holga tushganini anglamay ham qoldi.(T.Malik) 5. Mo`ylovini aytmaysizmi, og`zi qayerdaligini bili… bo`lmaydi. (X.To`xtaboev)
2-topshiriq. O`qing va ko`chirib yozing; 1) barcha so`zlarning urg`usini qo`ying. va ularni bo`gin ko`chirish qoidasiga muvofiq qismlarga bo`lib yozing. 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar tarkibidagi unli va undosh tovushlarga to`liq tavsif bering.
1. Holbuki, aholi soni misli ko`rilmagan sur’atlar bilan o`sib boryapti. (O.Y.) 2. Unga tirkalib oldim: qachonki mashinasiga qarasa, darrov men hozir. (O.) 3. O`rtoqlaringizdan bittasi hazilvon ekan, toza kuldirdi. (Mirm.) 4. Shu damgacha oshig`i olchi bo`lib kelgan puldorlar, boylarni endi jahannam qa’riga dumalatamiz. (O.)
3-topshiriq 1) tagiga chizilgan so`zlarning lug`aviy va grammatik ma’nolarini aniqlab yozing; 2) ko`chma ma’noli so`zlarni aniqlab, ma’nosi qaysi usul bilan ko`chganligini ustiga yozib qo`ying; 3) gaplar tarkibidagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik xususiyatlari mavjud bo`lgan so`zlarni aniqlab, ularning ma’nolarini izohlab yozing.
1. Shu xayol va tashvishlar changalida battar qotib ketgan Tarasha qandaydir ilinjda Shokir qizilning choyxonasidan uzilmasdi. (Z.A'lam)
2. Mo`ylovning brigadasi Mingbuloqning o`ng tomonida, O`rozqulning uzumzoriga yondosh edi. (O.Y) 3. Tomog`iga esa bir nima tiqilib qolayotganday. (S.An.) 4. Onasi ham murdadek qotib qoldi – ular g`arib va haqir odamlar kabi boshlarini ichiga tiqib yotishardi. (Mirm.)
5. Namozi asrga yaqin olomonning g`azabi asta-asta sovuna boshlab, bir qismi tarqaldi. (O.) 6. Nima balo bo`ldi-yu, bozorga aylanishib, katta-kichikning farqiga bormay qo`ydi. (S.Ahm.) 7. Bodomgul silkinib-silkinib chirmanda chertib, goh baland, goh past tiniq ovozda terma aytadi. (S.Ahm.) 8. Qalbi eng yuksak tuyg`ularga to`lib-toshgan, butun fikri-zikriga azaldan yaratmoq, barpo qilmoq, tiklamoq kabi ezgu niyatlar in qurib olgan go`yo. (J.Abd.) 9. Nurmat tog`a o`jar, qaysar, jahldor odam edi.(S.Ahm.) 10. Ular shu alpozda dam tez, dam sekin pastlikka tushishdi. (S.Ahm.)
Dostları ilə paylaş: |