O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə233/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

4-topshiriq. 1) gaplar tarkibidagi eskirgan so`zlarni tarixiy va arxaik so`zlarga, yangi so`zlarni “butunlay yangi” va “yangi ma’no kasb qilgan” kabi guruhlarga bo`lib yozing; 2) sheva, atama, kasb-hunar va jargon so`zlarni topib ma’nolarini izohlang; 3) frazeologik iboralarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.

1. Saqichini og`zidan olib qo`yib, mantini ustiga-ust tushirayotgan Alibek: - Neshtyak, - dedi. (P.Q.) 2. Beshinchi yo oltinchi martasida go`shakni Jamshid oldi. (T.Malik) 3. Men hayron bo`laman, shundan shunga kelib tushuntiradigan agitator bo`ladimi, deb ishongim kelmaydi. (P.Q.) 4. – Ot jo`q ekan-da, - dedi sherigi afsuslanib, – Jaxshi ot qizdan ham qiymat bo`ladi. Jur, ol, chiqayiq. (P.Q.) 5. Barmoq tizimida bo`g`inlarning muayyan guruhlarga ajratilishi oqibatida paydo bo`ladigan ritmik bo`lak turoq deb yuritiladi. (T.Boboyev) 6. – Durust, miyang to`libdi, - dedi kulib Tantiboyvachcha, - yaqin o`rtada uncha-muncha ulamoni bir cho`qishda qochirasan. (O.) 7. Tirnoqqa zor bo`lib yurgan Yusuf ota qarshisidan kelayotgan qizchaga tikilib qoldi (H.Nazir).




5-topshiriq. 1) faqat birinchi gap tarkibidagi so`zlarni morfemalarga ajrating: o`zakning tagiga chizing va affiks turlarini aniqlab, ularning nomini yozib qo`ying; 2) barcha gaplar tarkibidagi yasama so`zlarni topib, qaysi usul bilan yasalganini yozing; 3) barcha gaplar tarkibidagi qo`shma, juft, takroriy, qisqatma so`zlarni topib, ustiga tegishlicha yozib qo`ying.

1. Yengil-yelpi kiyingan aravakashlar otda bukchayib o`tiradilar, o`qtin-o`qtin issiq nafaslari bilan kaftlarini isitib oladilar. (O.) 2. Xushmuo- malalik va kamtarlik kishining chinakam ma`rifatliligidan darak. (Hikmat) 3. Zumrad o`n besh yoshlarga yetganda turmushning qattiqligi tufayli tahsilni to`xtatishga majbur bo`ldi. (O.) 4. Qiz shunaqangi xandon otib kuldiki, kulgisi ham shunday beg`ubor, shunday samimiy ediki, nazarimda uning yuzida hozirgina ochilgan anvoyi gullar to`lqin urayotgandek edi. (X.T.) 5. - Tunov kuni dashtda ko`rishdingiz-ku! - “Qishloqtexnika” vakilini aytyapsizmi? (O.Y.) 6. O`ktamjon yigirmanchi yillarni, ya'ni Turkkomissiya haqidagi materiallarni o`rganayotganini to`lib-toshib gapirib berdi. (N.F.)





Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin