O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə224/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

3-variant


1-topshiriq. 1) nuqtalar o`rniga tushirib qoldirilgan unli va undoshlardan mosini qo`yib gaplarni ko`chiring; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar ustiga shu so`z orfografiyaning qaysi tamoyili asosida yozilganini yozib ko`rsating; 3) gaplar tarkibida tovush o`zgarishlari mavjud so`zlarni aniqlab, o`zgarish turini shu so`z ustiga yozib qo`ying.

1. AQSH o`zining O`zbekistondagi …lchixonasini 1992-yil


16-martda Toshkent shahrida ochdi (“100 savolga 100 javob” kitobidan).
2. Alamini ot...an olgan ko`rinadi, joni…or terlab, suv bo`lib ketibdi. (M.Mansurov) 3. Tush…a yaqin etagidan buloqlar qaynab chiqib turgan serdarax… tog` yon-bag`riga lashk…rgoh qurildi. (M.Osim) 4. Qanday qilaylik, Orti… aka, hamma yoq o`rmon, past-u balandlik. (P.Q.)
5. Harchand ovoz chiqaraman d…yman, qani ovoz chiqsa. (S.Ahm.)


2-topshiriq O`qing va ko`chirib yozing; 1) barcha so`zlarning urg`usini qo`ying va ularni bo`gin ko`chirish qoidasiga muvofiq qismlarga bo`lib yozing; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar tarkibidagi unli va undosh tovushlarga to`liq tavsif bering.

1. Feruza hovliga tushib, shabnamda qiyg`os ochilgan atirgullar ustiga egildi. (H.G`.) 2. Tokchada yongan shamning shu`lasi va qiya ochiq derazadan tushgan oy nuri gilamlarning gullari ustida jivirlab, xayoliy, mayin manzaralar, o`yinlar yasar … (O.) 3. Navoiy gulni, rangni juda sevar edi. (O.) 4. Badan tarbiya bilan mo’tadil va o`z vaqtida shug`ullanuvchi kishi kasalliklarning davosiga muhtoj bo`lmaydi. (Ibn Sino)




3-topshiriq 1) tagiga chizilgan so`zlarning lug`aviy va grammatik ma’nolarini aniqlab yozing; 2) ko`chma ma’noli so`zlarni aniqlab, ma’nosi qaysi usul bilan ko`chganligini ustiga yozib qo`ying; 3) gaplar tarkibidagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik xususiyatlari mavjud bo`lgan so`zlarni aniqlab, ularning ma’nolarini izohlab yozing.

1. Ko`klam quyoshidan ko`kargan qirlar ko`m-ko`k. (H.O.) 2. Yaxshi yigit yurt tuzar, yomon yigit yurt buzar. (Maqol) 3. Hamma yoq oppoq: kunduz bilan kechaning qariyb farqi yo`q. (M.I.) 4. Shu uchun u Zebining so`ng so`zlaridagi og`ir ma'yuslikni payqay olmadi. 5. ... lekin Ochil buva hamon hayot, bu yil qovun pishig`ida to`qson to`rtga kiradi. (As.M.)


6. Sichqon tish o`rnashib o`tirayotgandek qimirlab, jiddiy tus oldi. (Sh.)
7. Kakliklar pastliklardan cho`qqi tomon ko`cha boshladilar. (S.Ahm.)
8. Ular bepanoh, besuyanchiq, jamiyatda quvib yuborilgan osiy bandalardek o`z xonalarida yotishardi. (Mirm.) 9. Murodxo`ja domlaga shunday kishi uchradiki, unga o`qish uchun emas, faqat ishlash uchun sharoit kerak. (A.Q.) 10. Bu dunyo o`zi shunday g`alati dunyo ekan, kelaman desa, yaxshilik ham, yomonlik ham ustma-ust kelaverar ekan. (O.Y.)



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin