O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi tоshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə222/308
tarix04.05.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#107507
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   308
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n

2-variant


1-topshiriq. 1) nuqtalar o`rniga tushirib qoldirilgan unli va undoshlardan mosini qo`yib gaplarni ko`chiring; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar ustiga shu so`z orfografiyaning qaysi tamoyili asosida yozilganini yozib ko`rsating; 3) gaplar tarkibida tovush o`zgarishlari mavjud so`zlarni aniqlab, o`zgarish turini shu so`z ustiga yozib qo`ying.

1. Qalam - …asadgo`y qo`lida o`lim quroli, iste`do… qo`lida san`at quroli. (Hikmat) 2. Inson boshida uchta kulfat bor: o`lim, qarilik, yomon farzan… (V.A.Suxomlinskiy). 3. Oyoq ostimizda m...nchoq-m…nchoq oq, sari… gullar sochilib yotibdi. (B.Jahongirov) 4. –U dutor, ta…burni qanday chertardi!? – kaftlarini bir-biriga urib, shavqlani… o`rtog`ini maqtadi.(O.) 5. Dashtning kindigi mana shu yer …isoblanadi. (O.)




2-topshiriq. O`qing va ko`chirib yozing; 1) barcha so`zlarning urg`usini qo`ying. va ularni bo`gin ko`chirish qoidasiga muvofiq qismlarga bo`lib yozing; 2) ajratib ko`rsatilgan so`zlar tarkibidagi unli va undosh tovushlarga to`liq tavsif bering.

1. O`rik g`arq pishgan, handalaklar endi hid taratgan issiq yoz kunlarining birida Mahkam markazdan telegramma oldi. (P.Q.) 2. To`g`onbek chalasavod bo`lsa ham, ilm-fanning qadri-qiymatini biladi. (O.) 3. Ilm-tahsil - yuvosh, tinch, sabr-qanoatli odamlarning ishi. (O.) 4. Ular yapaloq g`isht yotqizilgan yo`laklarga bo`yralar solib dars tayyorlashardi. (O.)




3-topshiriq 1) tagiga chizilgan so`zlarning lug`aviy va grammatik ma’nolarini aniqlab yozing; 2) ko`chma ma’noli so`zlarni aniqlab, ma’nosi qaysi usul bilan ko`chganligini ustiga yozib qo`ying; 3) gaplar tarkibidagi omonimlik, sinonimlik, antonimlik va paronimlik xususiyatlari mavjud bo`lgan so`zlarni aniqlab, ularning ma’nolarini izohlab yozing.

1. Kishilar hayotida quvonch, xursandchilik, go`zallik chuqur o`rin olishi kerak. Niyatlarim, orzularim katta. (M.Q.) 2. Insonning aqliga, daraxtning yoshiga qarab hurmatlaydilar. (Maqol) 3. Qizchaning bug`doy rang yuziga shodlik nuri yoyildi. (H.N.) 4. Nihoyat orqasini yostiqdan uzib, jiddiy ravishda gapirib ketdi. (O.) 5. Qo`lidagi bo`r polga tushib singandan keyin, butun sinf qah-qah urib kulib yuborgach, u o`ziga keldi. (J.Abd.) 6. Bobir “til”ni so`roq qildirib, shayboniyzodalar orasida ularning eng iste’dodli sarkardasi bo`lgan Ubaydulla Sulton yo`qligini, boshqalari durustroq olishishning epini topolmay, chekinishga ham jur’at etolmay, ikkilanib turganini aniqladi. (P.Q.) 7. U nimagaki erishgan bo`lsa, bariga shularning orqasidan erishgan. (S. An.) 8. Nurmat tog`a ozoda, mirishkor odam bo`lganidan shiyponni guldek tutadi. (S.Ahm.) 9. Odatda to`p otsa ham uyg`onmaydigan Akmal xom semiz bu safar nima bo`lib Mashrabdan oldin uyg`ongan, ariq bo`yida o`tirib, pishillab etigini kiyardi.(O.Y.)


10. Yot desa yotadi, tur desa turadi. (S.Ahm.)



Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   308




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin