Strategik rejalarning swot tahlili va swot taxlili bosqichlari Reja: Kirish



Yüklə 105,6 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü105,6 Kb.
#208832
  1   2   3

Strategik rejalarning SWOT tahlili va SWOT taxlili bosqichlari
Reja:

Kirish

    1. Kompaniya holatini tahlil qilish uslubi

    2. Kompaniyani strategik mavqeini baholashda ichki va tashqi muhit tahlili.

    3. SWOT tahlil orqali kompaniya holatini baholash

    4. Firma xarajatlari raqobatbardoshliligini baholash
Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatiga o’tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo’llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko’rsatish, uni rag’batlantirishga bag’ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qab ul qilindi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma’naviy va hayotiy ko’nikmalarida namoyon bo’lmoqda [1-5]. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi,
xo’jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to’ldirish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta’minlamoqda. Mamlakatimizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni yanada barqaror qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarorlari qabul qilingan.









1.Kompaniya xolatini tahlil qilish uslubi.

Kompaniya holatini tahlil qilish menejerlarga raqobat bozorida qanday qilib muvoffaqiyatga erishish, raqobatda ustun chiqish uchun nimalar qilish zarurligini ko’rsatib asoslab beradi. Buning uchun quyidagi savollarga javob izlash lozim Amaldagi strategiya qay darajada samarali?

  1. Kompaniyaning kuchli va zaif tomonlari nimada?

  2. Kompaniyaning narxlari va xarajatlari raqobatbardoshmi?

  3. Kompaniyaning raqobat pozitsiyasi qay darajada mustahkam?

  4. Kompaniya qanday strategik muammolarga to’qnash keladi ?

Bu savollarga javob berish uchun 4 ta tahliliy ko’rsatgichlardan foydalaniladi: SWOT - tahlil, qiymatlar zanjiri, xarajatlar tahlili va raqobatbardoshlikni baholash.
SWOT-taxlil.
SWOT - inglizcha Strengts (kuchlar), Weaknesses (zaif tomonlar), Opportunities (qulay imkoniyatlar) va Threats (taxdidlar) suzlaridan tuzilgan akronimdir. Kompaniyaning ichki holati asosan S va W bilan, tashqi muxiti esa O va T kursatkichlarda ifodalanadi. 4.1-jadvalda SWOT-taxlilda xisobga olish maqsadga muvofiq bulgan asosiy omillar keltirilgan.

Kompaniyaning strategik istiqboli uchun kuchli jixatlar ayniqsa muximdir, chunki ular strategiyaning poydevorini tashkil qiladi, raqobatli ustunliklar ana shu jixatlar asosiga qurilishi lozim. Ayni paytda yaxshi strategiya zaif jixatlarni kurib chiqishni xam talab qiladi. Tashkiliy strategiya bajarish mumkin bulgan ishlarga yaxshi moslashgan bulishi lozim. Kompaniyaning uziga xos jixatlarini aniqlash aloxida axamiyat kasb etadi. Bu esa strategiyani shakllantirish uchun muximdir, chunki:



  • noyob imkoniyatlar firmaga bozordagi qulay vaziyatlardan foydalanish imkoniyatini beradi;

  • bozorda raqobat ustunliklarini vujudga keltiradi;

  • potentsial jixatdan strategiyaning asosini tashkil etishi mumkin.

Tarmoqdagi qulay imkoniyatlarni kompaniyaning qulay imkoniyatlaridan farqlash kerak. Tarmoqdagi ustivor va qayta paydo bulayotgan qulay imkoniyatlar raqobat ustunligiga ega bulgan yoki usish uchun boshqa imkoniyatlari bulgan kompaniyalar uchun ayniqsa mos keladi.
SWOT-taxlil quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:

  • kompaniya uz strategiyasida uzining ichki kuchli tomonlaridan yoki ustunliklaridan foydalanadimi? Agar kompaniyaning xech qanday ajralib turuvchi ustunliklari bulmasa, uning qanday potentsial kuchli jixatlari ana shu ustunliklarga aylanishi mumkin?

  • kompaniyaning zaif jixatlari uning raqobatdagi eng nozik tomonlarimi? Ular ma’lum bir qulay jixatlardan foydalanishga imkon bermaydimi? Strategik jixatdan kelib chiqqan xolda qaysi zaif jixatlarga tuzatish kiritish kerak?

  • qanday qulay sharoitlar kompaniyaga muvaffaqiyat qozonishga imkoniyat yaratadi? Shuni qayd qilib utish lozimki, foydalanish usullari bulmagan qulay imkoniyatlar sarobdan boshqa narsa emas. Firmaning kuchli va zaif tomonlari uning boshqa firmalarga qaraganda qulay imkoniyatlardan foydalanishga yaxshiroq yoki yomonroq darajada moslashishiga yordam beradi.

  • menejerni qaysi taxdidlar ko’proq tashvishlantirishi kerak? U himoyani yaxshi tashkil qilish uchun qaysi strategik chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim?
Strategik qiymat tahlili.

Kompaniyada yuzaga kelgan vaziyatni eng aniq kursatadigan indikatorlardan biri - uning uz raqobatchilariga nisbatan narx pozitsiyasidir. Bu ayniqsa mahsuloti kam differentsiyalashgan tarmoqlarga ta’alluqli bulib, kompaniya har qanday sharoitda ham uz raqiblardan orqada qolmasligi kerak, aks xolda raqobatli pozitsiyani qo’ldan boy berib qo’yishi mumkin. Raqobatchilarning xarajatlaridagi farqlarga quyidagilar sabab bulishi mumkin:

  • xom ashyo, materiallar, tarkibiy qismlar, energiya va shu kabilarning narxlaridagi farqlar;

  • asosiy texnologiyalar, asbob-uskunalarning yoshidagi farqlar;

  • ishlab chiqarish birliklarining kattaligi turlicha bulganligi, ishlab chiqarishning kumulyativ ta’siri, ishlab chiqarish unumdorlik darajalari, turli soliq sharoitlari, ishlab chiqarishni tashkil qilish darajasi va xokazolar tufayli ichki tannarxlardagi farqlar;

  • inflyatsiya va valyuta kurslarining uzgarishiga kuchli bog’liqlik;

  • transport xarajatlaridagi farqlar;

  • taqsimot kanallariga sarflanadigan xarajatlardagi farqlar.

Strategik qiymatli tahlilda asosiy e’tibor firmaning uz raqiblariga nisbatan qiymat pozitsiyasiga qaratiladi. Bunday tahlilning birlamchi tahliliy yondashuvi qiymat zanjirini yasash bulib, ushbu zanjir xom ashyodan pirovard iste’molchilarning narxlarigacha bulgan qiymat manzarasini aks ettiradi (4.2-jadval). Ushbu jadval xarakatlar/xarajatlar zanjirida raqobatchi firmalar bir-biridan eng katta farq qiladigan uchta asosiy soxa borligini kursatadi: ta’minot soxasi, taqsimot kanallarining ilg’or qismlari, kompaniyaning uz ichki faoliyati. Agar firma zanjirning orqa yoki oldingi qismlarida raqobatbardoshlikni kuldan boy bersa, u raqobatbardoshlikni tiklash maqsadida uz ichki xatti-xarakatlarini uzgartirishi mumkin.
Qiymat bushliqlari asosan zanjirning orqa qismida yotsa, firma quyidagi olti xil strategik xatti-xarakatlarni amalga oshirishi mumkin:

  • etkazib beruvchilar bilan uzi uchun qulay narxlar tug’risida kelishib olishi;

  • etkazib beruvchilar bilan ularning xarajatlarini kamaytirish maqsadida ish olib borishi;

  • moddiy xarajatlarni nazorat qilish uchun orqaga tomon integratsiyalanishi;

  • arzonroq o’rinbosar tarkibiy qismlardan foydalanishga urinishi;

  • taqsimotning narxlari maqbul bulgan yangi manbalarini topishi;

  • zanjirning boshqa qismlarida tejamkorlik evaziga farqni kamaytirishga urinishi mumkin. Qiymat buyicha raqobatbardoshlikning boy berilishiga sabab zanjirning ichki soxalarida bulsa, quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

  • byudjetning ichki moddalarini taftish qilish;

  • ishchilarning va qimmatbaxo asbob-uskunalarning mexnat unumdorligini kutarishga urinish;

  • ba’zi texnologik jarayonlarni firmaning uzida emas, balki chetda bajarish foydaliroq bulish-bulmasligini urganib chiqish;

  • resurslarni tejovchi texnologik yangiliklarni investitsiyalash;

  • qiymatning xavf tug’dirayotgan tarkibiy qismlarini ishlab chiqarish va asbob- uskunalarga yangi investitsiyalar ob’ekti sifatida kurib chiqish;

  • maxsulotning qiymatini kamaytirish maqsadida uni yangilash va xokazo; Firmaning raqobat pozitsiyasi kuchini baxolash.

Qiymat, raqobat pozitsiyasini baxolashga qo’shimcha ravishda kompaniyaning raqobat pozitsiyasi va raqobatchilik kuchini umumiy taxlil qilish xam talab qilinadi. U quyidagi savollarga javob berishi kerak:

  • firmaning bugungi raqobat pozitsiyasi qanchalik kuchli?

  • bugungi strategiyadan foydalanilganda raqobat pozitsiyasining qanday uzgarishini kutish mumkin?

  • firmaning qanday raqobat ustunliklari bor?

Firmaning raqobat prozitsiyalarini baxolash uchun muvaffaqiyatning asosiy omillari buyicha balli baxolar shkalasidan foydalaniladi. Bunda firma va uning raqiblari buyicha ana shunday omillar solishtirib ko`riladi (4.3-jadval).
Umumiy qoida: kompaniya uzining raqobatdagi kuchli jihatlarini ko`paytirib borishi va uzining raqobatchilikdagi zaif jixatlarini ximoya qilishi kerak. U o`z strategiyasida o`zining kuchli jixatlariga tayanishi va zaif jixatlarini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni ko`rishi lozim.
Ayni paytda raqiblarning kuchli jixatlari reytingi xujumning qaysi tomondan bulishini va aksincha, raqiblarning zaif tomoni qayerda ekanligini kursatadi.
Agar aynan kompaniya raqobatda kuchli bulgan jixatlarda raqiblar zaif bo`lsa, ushbu vaziyatdan foydalanib qolish chora-tadbirlarini kurish lozim.


2.Amaldagi strategiya qay darajada samarali ?

Strategiya qanchalik yaxshi amalga oshirilayotganini baxolash uchun quyidagilar muxim:
1)kompaniyaning raqobatchilar orasidagi o’rnini aniqlash;
2)kompaniyaning tarmoqdagi raqobat chegaralarini aniqlash;
3)kompaniyaning ishlab chiqarish, marketing, moliya va kadrlar soxasidagi funktsional strategiyalarini baxolash;
Kompaniya strategik va moliyaviy holatining ko’rsatkichlari quyidagilardan iborat:

  1. kompaniyaning bozordagi ulushi va tarmoqdagi o’rni;

  2. foyda hajmi oshadimi, kamayadimi va u raqobatchilarning shunday ko’rsatkichlariga nisbatan qanday;

  3. sarmoyalar sof foydasining o’zgarish tendentsiyasi;

  4. kompaniyaning sotuvlari umumiy bozordagiga nisbatan tez o’syaptimi yoki sekin o’syaptimi;

  5. kreditlar hajmi;

  6. firmaning xaridorlar nazaridagi obro’si, uning imidji;

  7. kompaniyaning texnologiya, innovatsiya, sifat va xaridorlarga xizmat ko’rsatishda yetakchiligi va hokazo.

Qo`llanilayotgan strategiyani baholash.
Qo`llanilayotgan strategiyani baxolash uchun kompaniya qanday strategiyaga amal qilayotganligni tushunib olish lozim - bu:

  • arzon narx vositasi bilan peshqadamlik qilish;

  • raqobatchilardan farq qilib turish;

  • iste’molchilarning tor guruxlariga yoki marketing bushliqlariga ixtisoslashish.

Tarmoqdagi raqobatli vaziyatning yana bir xarakteristikasi vertikal integratsiyalanish darajasi va bozorning geografik ko`lamidir. Bu yerda ishlab chiqarish, marketing, moliya, ishchi kuchidan foydalanish soxalaridagi yordamchi strategiyalarni taxlil qilish lozim.
Bunga qo’shimcha ravishda kompaniya strategiyasining ayrim raqobatli ustunliklarni ta’minlash maqsadida raqobatli pozitsiyani yaxshilashga imkon beradigan so`nggi amaliyotini taxlil qilib chiqish kerak.
Strategik faoliyatning eng aniq ko`rsatkichlari quyidagilardan iborat:

  • firma nazorat ostiga olgan bozor ulushining kattalashishi yoki kichrayishi;

  • firma oladigan daromad hajmining o`sishi yoki o`smayotganligi hamda bu daromadning raqobatchilarga nisbatan qay darajada ekanligi;

  • firmada sof foyda tendentsiyalari hamda investitsiyalarning qaytish tezligi qanday;

  • firmada savdo hajmining bozordagi umumiy o’sishga nisbatan tez yoki sekin o’sayotganligi va hokazo.

Tabiiyki, eng yaxshi strategiya hech qanday radikal o’zgarishlarni talab qilmaydigan strategiyadir.


2 Kompaniyani strategik mavqeini baholashda ichki va tashqi muhit tahlili.

Muhit tahlili odatda strategik boshqaruvning boshlang’ich jarayoni hisoblanadi, chunki u firma maqsadlarini aniqlash va harakat strategiyasini ishlab chiqish uchun asosni yaratadi. Muhit tahlili uning ikki qismini o’rganilishini ko’zda tutadi:
Makromuhit.
Ichki muhit.
Tashki muhit tahlili vositasida rahbariyat tashkilotga nisbatan tashqi omillarni firma uchun imkoniyatlar va xavflarni aniqlash maqsadida nazorat qiladi. Havf va imkoniyatlarni odatda ettita soxaga bo’lish mumkin. Bu soxalar bo’lib iktisodiyot, siyosat, bozor, texnologiya, raqobat, xalqaro vaziyat va ijtimoiy soxalar hisoblanadi (2-rasm).
Iqtisodiyotning joriy va prognozlanayotgan xolati tashkilot maqsadlariga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. iqtisodiy muhitdagi ba’zi omillar (inflyatsiya va deflyatsiya sur’atlari, bandlik darajasi, xalqaro to’lov balansi va boshqalar) doimiy tarzda baholanishi lozim. Ushbu omillardan har biri firma uchun yoki havf, yoki yangi imkoniyat tug’dirishi mumkin. Biron tashkilot uchun iqtisodiy havf boshqasi uchun imkoniyat bo’lishi mumkin. Avtomobillar uchun ehtiyot qismlarni ishlab chiqaruvchi tarmoq turg’unlik davrida yaxshi rivojlanadi, chunki bunday davrda iste’molchilar yangi avtomobillarni sotib olish o’rniga eskilarini ta’mirlashni afzal ko’radilar.


    1. rasm.Tashqi muhit omillari.

Biznes va tadbirkorlik firmalari etakchilarining siyosiy jarayonda aktiv ishtirok etish davlat siyosatining tashkilotlar uchun muhimligining aniq ko’rsatkichidir. Aniqrog’i, raxbariyat me’yoriy xujjatlarni, uzoq muddatli qo’yilmalarni moliyalashtirish uchun xukumatning kreditlarini, ishchi kuchini ishga olish bo’yicha cheklovlarni va ssudani olish imkoniyatlarini, shuningdek boshqa mamlakatlarga qarshi yo’naltirilgan yoki boshqa davlatlar bilan tuzilgan tariflar va savdo bo’yicha kelishuvlarni kuzatib borish lozim. Hukumat ishbilarmonlik masalalarida doim va aktiv ishtirok etganligi uchun tashkilotlar siyosiy faoliyatni kuzatib borishlari kerak.
O’zgaruvchan bozor tashki muhiti tashkilotlari uchun doimiy xavotirlanish soxasini tashkil etadi. Bozor tashqi muhit tahliliga tashkilotning muvaffaqiyat yoki zarar ko’rishiga bevosita ta’sir ko’rsatuvchi ko’p omillar kiradi. Bu omillarga turli buyum va xizmatlarning hayot tsikllari, o’zgaruvchan demografik shart-sharoitlar, bozorga kirishning osonligi, aholi daromadlarining taqsimlanishi va tarmoqdagi raqobat darajasi kiradi. Misol uchun, AQSh va Kanadada aholi turmush darajasining oshishi dam olishning yanada afzalroq tovarlariga talabni keltirib chiqadi. Ushbu talabni qondirib, «Klab Med» singari firmalar katta rivojga erishdi.
70-yillarda Elvin Toffler muomalaga «futuroshok-kelajak shoki» terminini kiritdi. Toffler «futuroshok»ni individlarga juda qisqa davr ichida juda xaddan tashqari katta o’zgarishlarni ta’sir ko’rsatishi oqibatida ulardagi dezfientatsiya va buzg’unchilik stressi kabi aniqlaydi. Texnologik tashqi muhitdagi o’zgarishlar tashkilotni yutqazuvchi raqobat xolatiga tushirib qo’yishi mumkin. Texnologik tashqi muhit tahlili eng kamida ishlab chiqarish texnologiyasidagi o’zgarishlarni, tovar va xizmatlarni loyihalashtirishda va taqdim etishda ehmlarni qo’llashni yoki aloqa vositalari texnologiyasidagi muvaffaqiyatlar, yutuqlarni hisobga olishi mumkin. Hamma tashkilotlar ham tezkor ilmiy-texnik progress ta’siriga tushmaydi. Biroq rahbariyat texnologik tashqi muhitdagi qaysi omillar «futuroshok»ning yaralishiga olib kelishi mumkinligini aniqlash darkor. Qog’oz paketlarini ishlab chiqaruvchi tarmoq doim nisbiy barqarorlikka ega bo’lgan. Lekin oxirgi yillarda plastik paketlarni ishlab chiqarish texnologiyasidagi yutuqlar neft bahosining barqarorlashuvi bilan birgalikda (plastik buyumlarni ishlab chiqarish neft maxsulotlariga asoslangan) ushbu tarmoq uchun ma’lum muammolarni keltirib chiqardi. Ushbu muammolarni xal qilishda kog’oz sanoatining yutug’i qisqa davrda keskin o’zgarishlarga uning aks ta’sirini ko’zgusi bo’ladi.
Ko’pchilik yirik firmalar va minglab kichik kompaniyalar xalqaro bozorda faoliyat yuritadilar. Raqobat bugun ushbu kengrok muhitdagi o’zgarishlarni doim nazorat qilishi va baholashi lozim. Havf va imkoniyatlar xom ashyo materiallariga oson ega bulish, mamlakatlarda valyuta kurslari va siyosiy qarorlarning o’zgarishi natijasida vujudga kelishi mumkin.
Firmaning umumiy strategiyasi yoki xukumat siyosatining boshqa mamlakatlarga taaluqli bo’lgan qismi kompaniya yoki taromqni himoya qilish yoki kengaytirish bo’yicha harakatlarni ko’zda tutishi mumkin. raqobatchilar tomonidan tanlangan strategiya oldida firmaning o’z strategiyasi ichki bozorni mustahkamlash, xorijiy raqiblardan davlat himoyasini izlash yoki xalqaro aktivlikni kengaytirishga yo’naltirilgan bo’lishi mumkin.
Hech qaysi tashkilot o’z raqiblarining mavjud va mumkin bo’lgan aks ta’sirini e’tiborga olmasligi mumkin emas. Porter Maykl (professor) raqib degan ob’ekt tahlilini rahbariyat javob berishi kerak bo’lgan aniq savollarga ajratadi: «Raqib nimaga asoslanib faoliyat yuritmoqda?», «Raqib nima qilyapti?» va «U nima qilishi mumkin?» raqib tahlilida to’rt diagnostik unsur mavjud: 1) raqiblar kelajak maqsadlarining tahlili; 2) raqiblar joriy strategiyasini baholash; 3) mazkur raqiblar faoliyat yuritayotgan tarmoq obzori; 4) raqiblarning kuchli va zaif tomonlarini chuqur o’rganish. Rahbariyatga ushbu unsurlarni batafsil o’rganishda yordam berish uchun Porter to’rtta oddiy savolni taklif etadi:
Raqib o’zining hozirgi xolati bilan qoniqadimi?
Raqib strategiyada qanday mumkin bo’lgan, ehtimoliy o’zgarishlarni amalga oshiradi?
Raqibning zaif tomoni nimada?
Nima raqib tomonidan eng yirik va samarali javob chora-tadbirlarga olib keladi? Ijtimoiy omillar jamiyatning o’zgarayotgan kutishlari, munosabatlarini o’z ichiga oladi. Hozirgi kunda muhim omillarga tadbirkorlikka munosabat, jamiyatda ayollar va milliy kamchiliklarning o’rni, iste’molchilar manfaatla-rini himoya qilish harakati kiradi. Ba’zida aynan ijtimoiy omillar tashkilot uchun eng katta muammolarni tug’diradi. Ijtimoiy omillarning o’zgarishlariga samarali aks ta’sir ko’rsatish uchun korporatsiyaning o’zi yangi atrof muhitga moslashgan xolda o’zgarib borishi lozim.
Tashqi muhit tahlili yordamida tashkilot u mazkur muhitda to’qnashayotgan havf va imkoniyatlar ro’yxatini tuzishi mumkin. Ro’yxat omillarning ulushi (mazkur tashkilot uchun har bir omilning ahamiyatini o’zgartirishi uchun) va omilning tashkilotga ta’sirini baholashni o’z ichiga oladi.
Ro’yxat tahlilidan keyin rahabariyat tashkilotning kuchli va zaif tomonlarini baholashi lozim. Muvaffaqiyatli boshqaruv uchun rahbariyat tashkilotning ichki potentsial imkoniyalari va kamchiliklari, shuningdek tashqi muammolari xaqida to’liq tasavvurga ega bo’lishi shart.
Rahbariyat to’qnashadigan keyingi muammo bo’lib firma tashqi imkoniyatlardan foydalanishi uchun ichki kuchlarga ega ekanligini, shuningdek tashki havflar bilan bog’liq bo’lgan muammolarni murakkablashtirish mumkin bo’lgan ichki zaif tomonlarni aniqlash hisoblanadi. Ichki muammolar diagnozi amalga oshiriluvchi jarayon boshqaruv tekshiruvi deyiladi. U tashkilotning strategik kuchli va zaif tomonlarini aniqlash uchun mo’ljallangan metodik baholashdan iborat.
Soddalashtirish maqsadida tekshiruvga beshta funktsiya-marketing, moliya (buxgalteriya xisobi), operatsiyalar (ishlab chiqarish) inson resurslari, korporatsiya madaniyati va tarzini kiritish tavsiya etiladi.
  1. SWOT- Taxlil orqali kompaniya holatini baxolash.

Korxona faoliyati shart-sharoitini baholashning bir nechta usuli mavjud. Eng tarqalgan va tanilganlardan bo’lib SWOT-tahlil (SWOTdan olingan: kuch (strenght),
zaif tomon (wrekness), imkoniyatlar (opportunities), havf-xatarlar (threats)) va STEP-tahlil (step dan olingan: ijtimoiy (social), texnik (technical), iqtisodiy (economic), siyosiy (political) omillar) hisoblanadi. SVOT-tahlil asosida tashqi muhit tahlilini o’tkazish uslubini qisqa ko’rib chiqamiz.
SVOT-tahlil ikki qismdan iborat:

  1. korxona uchun hozir va kelajakda vujudga kelishi mumkin bo’lgan tashqi imkoniyatlar va xavflar o’rganiladi;

  2. korxonaning kuchli va zaif tomonlari o’rganiladi. Bunda korxona potentsial baholanadi.

Korxonaning kuchli (yuqori malaka, kompetentlik, mos texnalogiya, xaridorlarda yaxshi obro’ga ega bo’lishi, xarajatlar, raqobat sohasidagi ustunlik, adekvat moliyaviy resurslar va h.k.) va zaif (aniq strategik yo’nalishlarning yo’qligi, eskirgan uskunalar, tor ishlab chiqarish assortimenti, past marketing imkoniyatlari, bozor va raqiblar xaqida tasavvurga ega bo’lmaslik va h.k.) tomonlari, shuningdek imkoniyatlari (yangi bozorlarga chiqish, ishlab chiqarishni kengaytirish, investitsion fondlarning qiziqishi, iste’mol bozorining tyinmaganligi va h.k.) va havf-hatarlari (yangi raqiblarning paydo bo’lishi, o’rinbosar mahsulot sotuvining o’sishi, xukumatning noqulay siyosati, xaridorlar ehtiyojlari va didlarining o’zgarishi, noqulay demografik, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa o’zgarishlar va h.k.) ning aniq ro’yxati tuzilganidan so’ng ular o’rtasidagi aloqalarni o’rnatish uchun SVOT matritsasi tuziladi (z-rasm).


    1. rasm.Omillarning o’rtasidagi aloqalarni o’rnatish uchun tuzilgan


Yüklə 105,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin