28. Muomalalarimizni so‘zidagi yasovchi qo‘shimchalarni toping. A) –lar B) –imiz C) –ni D) bu so‘z tub so‘z bo‘lib, yasovchi qo‘shimchasi yo‘q. 29.Qoramtir so‘zida nechta so‘z yasovchi qo‘shimcha bor? A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 30. –iv, -iy, -viy, -chil vazifasiga ko‘ra qanday qo‘shimchalar? A) so‘z yasovchi B) so‘z shakli yasovchi C) so‘z o‘zgartiruvchi D) sodda qo‘shimcha
1-VARIANT (9 - MA’RUZA: SO‘Z YASALISHI. GRAMMATIKA. MORFOLOGIYA)
1. So‘z yasalish haqida bildirilgan qaysi hukm noto‘g‘ri? A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar ba’zan shakl yasovchi qo‘shimchalardan keyin qo‘shilishi mumkin; B) qo‘shma so‘zlardan yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash mumkin; C) juft va takroriy so‘zlardan yasovchi qo‘shimcha yordamida yangi so‘z yasash mumkin; D) barcha hukmlar noto‘g‘ri; 2. Mustaqil so‘z turkumlaridan qay birida yasalish xususiyati yo‘q? A) son, olmosh B) ravish, olmosh C) son, ravish D) sifat, ravish 3. Tub so‘zni aniqlang. A) yuksak B) boylik C) aqlli D) sana 4.Manmanlik qilib netarsan, obro‘yingdan ketarsan. Ushbu maqolda qo‘llangan yasama so‘zlarga qaysi qatorda to‘g‘ri izoh berilgan? A) otdan qo‘shimcha orqali ot yasalgan B) ot hamda fe’ldan yasama so‘zlar yasalgan C) olmoshdan ot va fe’ldan fe’l yasalgan D) olmoshdan ot yasalgan 5. Yasama so‘zlar qatorini toping. A) shaftolizor, musobaqa, tepalik B) bilim, olim, tilim C) gulla, chirilla, o‘zim D) o‘kinch, o‘roq, unum 6. Qo‘shma so‘zlarni toping. A) chiza oldi B) quvonib ketdi C) o‘qib chiqdi D) olib chiqdi