15. Qaysi kelishikdagi so‘zlar harakat yo‘nalgan biror narsani ko‘rsatadi? A) jo‘nalish kelishigi B) chiqish kelishigi C) tushum kelishigi D) qaratqich kelishigi 16. Quyidagi gapda qaysi kelishiklar bilan bog‘liq xato mavjud? Uyg‘ur xati o‘z tarixi mobaynida uyg‘urlarnigina emas, balki butun turkiy xalqlarning umumiy yozuviga aylandi. A) bosh kelishik, tushum kelishigi B) qaratqich kelishigi, tushum kelishigi C) tushum kelishigi, jo‘nalish kelishigi D) jo‘nalish kelishigi, o‘rin-payt kelishigi 17. Ot bilan ot, odatda, qaysi kelishik qo‘shimchasi orqali birikadi? A) tushum B) jo‘nalish C) qaratqich D) o‘rin-payt 18. Qaysi kelishikdagi ot doim fe’l bilan birikadi? A) tushum B) bosh C) jo‘nalish D) o‘rin-payt 19. Qaysi gapda tushum kelishigidagi ot belgisiz qo‘llangan? A) Cho‘l qovunlari shirin bo‘ladi. B) Hech qachon o‘zing qilishing mumkin bo‘lgan ishni birovga yuklab, uni tashvishga qo‘yma. C) Har fasl o‘z ishin bilsin... D) Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi. 20. Kelishik qo‘shimchalari qanday vazifa bajaradi? A) yangi so‘z hosil qiladi B) yangi so‘z shakli hosil qiladi C) so‘z birikmalari va gaplarda so‘zlarni bog‘laydi D) qo‘shma so‘z yasaydi 21. Quyidagi gaplarning qaysi birida qaratqich kelishigining qisqargan shakli qo‘llangan? A) Seza olardim kuchin, ko‘pi yolg‘on, ko‘pi chin. B) Chappar urib, gullagan bog‘in, O‘par edim, vatan tuprog‘in. C) Tepasida uchar gala qush, arg‘imchog‘in daryoga solib.D) Yer kurrasin boshin tang‘idik. 22. Tushum kelishigining qisqargan shakli berilgan gapni aniqlang. 1) Har oila o‘chog‘in o‘z qutlug‘ tarixi bor; 2) Olmazorlar gulin to‘kadi, Meva bog‘lab shoxin bukadi; 3) Tutmang hargiz nomimi, baxti qaro deb axtaring;4) Botirlari kanal qazadi, shoirlari g‘azal yozadi. A) 1,2 B) 1,2,4 C) 2,4 D) 2,3,