8. Sinonim sifatlarni toping.
A) cheksiz, behad, bardoshli, benihoya B) chopqir, chopag‘on, metin C) sekin, asta, astoydil, ohista. D) sezgir, ziyrak, tuyg‘un, hushyor.
9. Antonim sifatlarni toping.
A) Adolatli podsho hech vaqt mag‘lub bo‘lmas. B) Otabekka O‘zbek oyim tarafidan kirish uchun ruxsat berilgan edi. C) Ish sur’ati tobora jadallashmoqda.
D) Achchiq savol berib, shirin javob kutma.
10. Baland tog‘lar o‘lkamizda ko‘p. Ushbu gapdagi baland so‘zining grammatik ma’nosi qaysi qatorda ifodalangan?
A) belgi B) sifat C) aniqlovchi D) B va C
11. Qaysi qatordagi so‘zlar faqat sifat so‘zlardan iborat?
A) yong‘in, toshqin, tuzdon, quldon B) uchqun, to‘lqin, bilimdon, qalamdon C) so‘lg‘in, turg‘un, suvdon D) yorqin, ozg‘in, gapdon, qadrdon.
12. Sifat otga bog‘langanda, so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar qaysi qismga qo‘shilishi mumkin?
A) otga B) sifatga C) vaziyatga qarab otga yoki sifatga
D) har ikkalasiga birdan qo‘shilishi mumkin.
13. Qaysi qatordagi so‘zlar faqat sifat so‘zlardan iborat?
A) yetuk, sharqiroq, yosh B) so‘lg‘in, turg‘un, majburan C) sotqin, to‘lqin, bilimdon D) ertalab, toshqin, shifobaxsh
14. Qaysi so‘zlar sifatga mansub?
A) teshik, tuzoq, o‘roq B) qo‘rqoq, yumuq, siniq C) kichik, chiniq, yutuq D) kurak, sochiq,
15. Qaysi qatorda sifat o‘rnida qo‘llangan otlar berilgan?
A) asfalt ko‘cha, atlas ko‘ylak B) otning yaxshisi, bolalarning kattasi C) oltin uzuk, kumush qoshiq D) A,C
16. Predmetning o‘rin va paytga ko‘ra belgisini bildiruvchi sifatlar qatorini toping.
A) ochiq, yosh, keksa B) keng, katta, uzun C) ichki, ertalabgi, kuzgi D) oq,sariq, ko‘k
Dostları ilə paylaş: |