17. Sifat harakat belgisini bildirgan qatorni aniqlang. A) ko‘k parda, oq qog‘oz, sariq gul B) qattiq ta’sirlanmoq, yaxshi o‘qimoq, sodda kiyinmoq C) iliq tabassum, sovuq muomala, sho‘x bola D) mehribon ona, ziqna odam, yo‘rg‘a ot 18. Qaysi qatordagi so‘zlar faqat sifat so‘zlardan iborat? A) tuyg‘un, keskin, butunlay B) so‘lg‘in, turg‘un, majburan C) uchqun, to‘lqin, bilimdon D) jonkuyar, yorqin, yuzaki 19.Barhayot, farg‘onacha, dilkash, yapaloq so‘zlari qaysi turkumga oid? A) ot turkumiga B) ravish turkumiga C) olmosh turkumiga D) sifat turkumiga 20. Ushbu so‘zlarning qaysi biri sifat turkumiga xos? 1) qotishma;2)moslama;3)qo‘shma;4) uydirma; 5) tenglama; 6)hovliqma. A) 1,3,4 B) 1,3,6 C) 3,5,6 D) 3,4,6 21. Ushbu so‘zlarning qaysi biri sifat turkumiga xos? 1) qazilma;2) moslama; 3) burama;4) tenglama; 5) qotishma; 6) sochma. A) 4,5,6 B) 2,4,: C) 1,3,6 D) 1,3,4 22.Esini tanigandan boshlab onasi bilan kechirilgan zamonlar mas’ud, lekin qaytarilmas tush kabi yo‘lchining ko‘z oldidan bir-bir o‘tadi.Ushbu gapda qo‘llangan mas’udso‘zi qaysi turkumiga mansub? A) ot B) sifat C) ravish D) belgi oti 23. Predmetning o‘rin yoki vaqtga ko‘ra belgisini bildiruvchi sifat qaysi gapda mavjud? A) Uydagi qiziqarli kitoblarni olib ketdi. B) Bog‘dagi gullardan birini saraladi. C) Qishki kiyimlarni yig‘ishtirib qo‘ydim.D) A, B,C 24. Sifat ifodalagan belgi o‘z ichiga qamrab olmagan tushuncha qaysi javobda berilgan? A) rang-tus, xil-xususiyat B) maza-ta’m C) miqdor-tartib D) shakl-hajm