1) to‘liq assimilyatsiya; 2) to‘liqsiz assimilyatsiya. So‘z tarkibidagi bir fonemaning boshqasini aynan o‘zi kabi fonemaga aylantirishi to‘liq assimilyatsiyadir: bir+ta =bitta, tuz+sa = tussa, ayt+di=aytti, (yozilishi tuzsa, aytdi).
So‘z tarkibidagi bir fonemaning boshqasini qisman o‘xshatib olishi to‘liqsiz assimiltatsiya bo‘ladi: ish+ga=ishka, osh+di=oshti, shan+ba=shamba, (yozilishi: ishga, oshdi, shanba).
Oldin kelgan fonema o‘zidan keyin kelgan fonemani (masalan, bilak+ga=bilakka) yoki aksincha keyin kelgan fonema o‘zidan oldin kelgan fonemani (masalan, non+voy novvoy) o‘ziga aynan yoki qisman o‘xshatishi mumkin. Shunga ko‘ra assimilyatsiya yana ikki turga ajratiladi:
1) progressiv assimilyatsiya; 2) regressiv assimilyatsiya. Progressiv assimilyatsiyada oldingi fonema o‘zidan keyin fonemani o‘ziga o‘xshatadi: qishloq+ga→qishloqqa, idish+da→idishta, ko`k+ga→ko`kka (yozilishi qishloqqa, idishda, ko`kka).
Regressiv assimilyatsiyada keyingi fonema o‘zidan oldingi fonemani o‘ziga o‘xshatadi: tanbur→tambur, mazkur→maskur, (yozilishi: tanbur, mazkur).
O`zgargan fonemalar orasidagi masofa jihatidan assimilyatsiya ikkiga bo`linadi: 1) kontakt assimilyatsiya yonma-yon kelgan undoshlarning o`zaro o`xshash bo`lib qolishidir: oq+gan→oqqan;2) distant assimilyatsiya uzoqda joylashgan fonemalarning o`zaro ta’sir natijasida o`zgarishidir: soch→choch. 2. Akkomodatsiya (ingl. accommodation – moslashuv degani37) hodisasida unli va undosh tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida o`zaro moslashuvidir. Masalan, go`zal so`zidagi o`orqa qator unlisi g undoshi ta’sirida old qator unliga aylanadi. Bunda ikki holat kuzatiladi: 1) unli undoshga moslashadi (misol yuqorida); 2) undosh unliga moslashadi:shafqat so`zidagi f undoshi lab-tish undoshi hisoblansa, pufak so`zida bu fonema u unlisining ta’sirada lab-lab undoshiga o`zgaradi, uni lab va tish orqali talaffuz qilishning iloji yo`q.