46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия
V. Tushunchani ko’rgazmali o’rganish. Tushunchani shakllantirishning turli bosqichida
ko’rgazmalilikdan foydalanish katta ahamiyatga ega. Tushuricha belgilari bilan tanishtirishning
Boshlang’ich bosqichida ko’rgazmalilikdan o’rganiladigan hodisaning belgilarini nutqda aniq
ko’rsatish maqsadida foydalaniladi. Til tushunchalarini shakllantirishda foydalaniladigan
ko’rgazmali vositalarning o’ziga xos xususiyati o’rganiladigan obyekt hisoblangan so’z, so’z
birikmasi, gap, gap bo’lagi va boshqalarga mos bo’ladi. Shunday ekan, ko’rgazmali vositalarga
jadval, chizma, biror predmet, uning rasmi bilan bir qatorda til materialning o’zi ham kiradi.
Tanlangan matnlar, alohida so’z va gaplarda o’rganilayotgan hodisa aniq va lo’nda berilgan,
nutqiy vazifasi va grammatik xususiyati ravshan ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Bu ichki
ko’rgazmalilik o’quvchilarga tushuncha belgilarini mavhumlashtirish, o’rganilayotgan hodisani
biror tomondan o’xshashi bo’lgan boshqa hodisalar orasidan topish imkonini beradi. Masalan,
o’zakdosh so’zlarni o’rganishda tarkibida bir necha o’zakdosh so’z bo’lgan matndan foydalanish
maqsadga muvofiq: 1. Maktabimiz hovlisida katta gulzor bor. Unga har xil gul eqilgan.
Gullarni gulchi o’quvchilar parvarish qiladilar. 2. Rahimning otasi zavodda ishlaydi. U ilg‘or
ishchi. Rahimning o’zi — ishchan bola. Bu ikki matnda uchtadan o’zakdosh so’z bo’lib, ularning
ikki muhim belgisi (bir xil umumiy qismga egaligi va ma'nolaridagi o’xshashlik)ni hisobga olgan
holda, o’zakdosh so’zlar yuzasidan umumlashtirish imkoni tug‘iladi. Bundan tashqari,
o’quvchilar o’qituvchi rahbarligida o’zakdosh so’zni shu so’zlarning bk shakli bo’lgan so’z
(gullarni) bilan taqqoslab, o’zakdosh so’zlar bilan so’z shakli o’rtasidagi farq haqida elementar
tushunchaga ega bo’ladilar.
Tushunchaning mohiyatini ochishga qaratilgan vazifalarning o’zi o’quvchilarai ularni
bajarishga undashi, majbur etishi lozim. Bu bilan tushuncha ko’rgazmaliligi ta'minlanadi.
Masalan, gapning uyushiq bo’laklari tushunchasining mohiyatini ochishda ikkiuch gapdan bitta
gap tuzish vazifasini berish maqsadga muvofiq. Masalan, Bahorda biz qaldirg‟ochlarni quvonib kutib olamiz Bahorda biz maynalarni quvonib kutib olamiz. Bahorda biz chug‟urchuqlarni quvonib kutib olamiz. ~~ Bahorda biz qaldirg‟ochlami, maynalarni, chug‟urchuqlarni quvonib kutib olamiz Gaplargap bo’laklari jihatidan tahlil qilinadi; o’quvchiJar uchala gapda takrorlangan
so’zlarni aytadilar; bunday hollarda kishilar uch gap o’rniga bitta gapdan foydalanishlarini
tushunadilar. Shunday qilib, ular uch gapdan bitta gap tuzadilar, uni gap bo’laklariga ko’ra tahlil
qiladilar, chizmasini tuzadilar. Bu vazifalarni bajarish bilan o’quvchilar ko’rgazmali xulosa
chiqaradilar: bir kesimga bir necha ikkinchi darajali bo’lak bog‘lanishi va ular bir xil so’roqqa
(nimalarni?) javob bo’lishi mumkin; bir bo’lakka qarashli va bir xil so’roqqa javob bo’lgan
bunday so’zlar gapning uyushiq bo„laklari deyiladi. Yuqorida keltirilgan misollarda
foydalanilgan ko’rgazmalilik o’rganilayotgan til hodisalarining belgilarini ajratishga qaratilgan,
ya'ni ko’rgazmalilikdan tushunchani ta'riflashdan oldin foydalanilgan.
Darsda foydalanish uchun ko’rgazma material tanlashda o’qituvchi qo’yilgan maqsadga
ko’ra o’quvchilar nimani bilib olishlarini aniq ko’z oldiga keltirishi kerak. Bir ko’rgazma
materialdan turli maqsadlarda foydalanish murnkin. Masalan, predmet yoki uning rasmidan
so’zning leksik ma'nosini tushuntirishda ham, grammatik tushunchani shakllantirishda ham
foydalanish mumkin. o’quvchilarni sifatning nutqdagi ahamiyati bilan tanishtirish uchun
o’qituvchi beriJgan predmetni tasvirlash, uning belgilarini aytish vazifasini topshiradi.
o’quvchilar har qanday predmetni tasvirlash uchun o’z nutqlarida sifatlardan foydalanadilar. Bu
— tabiiy. o’qituvchi ,,Predmetni lasvirlashda siz qaysi so„zlardan foydalandingiz? Nima maqsadda?"kabi savollar berib, bolalar diqqatini o’rganiladigan grammatik tushlmchaning (bu
o’dnda sifatning) belgilariga qaratadi. o’quvchilar predmetni tasvirlash uchun xjaysi sifatlardan
bir predmetni boshqasidan ajratish maqsadida foydalanganliklarini aytadilar. Bu misolda
ko’rgazmali material nutqda grammatik tushuncha (sifat)ning rolini kuzatish maqsadida
foydalaniladi va o’quvchilar aniq materialdan umumlashtirishga o’tadilar.
Tushunchani shakllantirish uchun jadval va chizmalardan keng foydalaniladi. Bu
ko’rgazmalardan ko’proq tushuncha belgilari ajratilgandan so’ng mavhumlashgan belgilarni
umumlashtirish, ular o’rtasidagi bog‘lanishni aniqlash maqsadida foydalaniladi.
Shunday qilib, grammatik tushunchani o’zlashtirishga yordam beradigan asosiy metodik
shartlar o’quvchilarning aqliy faoliyatini faollashtirish, ularni yangi bilim olish uchun qiziqtirish,
o’quvchilarning nutqiy tajribasiga tayanish, bilimlarning tizimliligi, o’quvchilarda til birliklariga
lingvistik munosabatni shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash hisoblanadi.