O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə61/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

taklif qildi. Gap Alisher haqida aytilgan. (Kim?) Alisher — ega (bosh
kelishikda, birlik); Alisher (nima qildi?) — taklif qildi — kesim; taklif
qildi (kimni?) — Nodirni (ot, tushum kelishigida, birlik); taklif qildi
(nimaga? yoki qayerga?) — muzeyga (ot, jo'nalish kelishigida, birlik).
Kelishiklaming xususiyatlarini o'rganishga qulaylik yaratish uchun
har bir kelishikni quyidagi umumiy reja asosida o'rganish maqsadga
muvofiq:
1. Kelishikning grammatik ma’nosi.
2. So'roqlari.
3. Qo'shimchasi.
4. Gapdagi vazifasi.
Kelishiklarni shu tarzda o'rganish ularni o'zaro taqqoslashni
yengillashtiradi va ongli o'zlashtirishni ta’minlaydi.
Bir kelishik o'zining muhim belgilari (ma’nosi, so'rog'i, qo'shimchasi,
sintaktik vazifasi) bilan boshqa kelishiklardan farqlanadi.
Muayyan bir kelishikdagi otdan ongli foydalanish va kelishik
qo'shimchalarini to'g'ri yozish uchun o'quvchilar kelishiklaming muhim
belgilarini puxta o'zlashtirishi talab etiladi, shuning uchun ham
kelishiklaming muhim belgilarini o'zlashtirib, bir kelishikni ikkinchisidan
farqlash ko'nikmasini shakllantirishga katta o'rin beriladi.
Bosh kelishikning xususiyatlarini o'rganish bilan otning kelishik
qo'shimchasi yo'q holati bosh kelishik ekani, bosh kelishikdagi ot
boshqa so'zni o'ziga tobe qilishi, kim?, kimlar?, nima?, nimalar?
so'roqlariga javob bo'lishi, gapda ega vazifasida kelishi haqida
o'quvchilarda ko'nikma hosil qilinadi; lug'atlarda otlar bosh kelishik
shaklida berilishi va bosh shakl hisoblanishi, ba’zan egalik qo'shimchasi
olib qo'llanishi bilan tanishtiriladi.
O'quvchilar qaratqich va tushum kelishigini farqlashda qiynaladilar,
bir qo'shimcha o'rniga ikkinchisini ishlatadilar. Bu kelishiklaming
xususiyatlarini o'rganishda bunday qiyinchilikning oldini
olish va o'quvchilarda kelishiklardan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini
hosil qilish maqsadi ko'zda tutiladi. Bu maqsadga erishish uchun bu
ikki kelishikning ma’nosi, so'roqlari, qo'shimchasi va gapdagi vazifasi
taqqoslanadi va suhbat asosida xulosa chiqariladi.
Qaratqich kelishigida turlangan ot: 1) qarashlilik ma’nosini bildirib,
gapda boshqa otga bog'lanadi, u bog'langan ot egalik qo'shimchasi
bilan qo'llanadi (o'quvchining daftari, gulning bargi kabi); 2) kim(lar)
ning?, nima(lar)ning?, ba’zan qayerning? so'roqlariga javob bo'ladi; 3)
-ning qo'shimchasi bilan qo'llanadi; 4) gapda ikkinchi darajali bo'lak
vazifasida keladi.
Tushum kelishigida turlangan ot: 1) harakatni o'ziga olgan shaxs,
narsa ma’nosini bildiradi, gapda doim fe’lga bog'lanadi (vazifani bajardim,
kitobni o'qidi kabi); 2) kim(lar)ni?, nima(lar)ni?ba’zan qayemi?
so'roqlariga javob bo'ladi; 3) -ni qo fchimchasi bilan qo'llanadi; 4) gapda
ikkinchi darajali bo'lak vazifasini bajaradi.
O'quvchilaming bu ikki kelishik qo'shimchasidan nutqda to'g'ri
foydalanish va ulami to'g'ri yozish haqidagi bilimini takomillashtirish
uchun gapda otning qaysi so'z bilan bog'langanini aniqlash,
so'roqlar o'rniga gapning mazmuniga mos so'zni kelishik bilan turlab
qo'yish, tushirib qoldirilgan kelishik qo'shimchalaridan mosini qo'yib
ko'chirish, tanlab ko'chirish mashqlaridan, saylanma va eslatish diktantlaridan
ko'proq foydalaniladi.
Boshlangich sinflar dasturiga ko'ra, o'quvchilarni qaratqich va
tushum kelishigida otning belgisiz qo'llanishi bilan tanishtirish tavsiya
etilmaydi.
0 ‘quvchilar jo'nalish kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach,
jo'nalish kelishigi qo'shimchasining yozilishi tushuntiriladi:
a) oxiri jarangsiz undosh tovush bilan tugagan so'zlarga jo'nalish kelishigi
qo'shimchasi -ga qo'shilganda talaffuzda -ka eshitilishi, ammo
aslicha yozilishi sinfga, ishga, Shavkatga kabi so'zlarni tovush-harf
tomonidan tahlil qilish bilan tushuntiriladi; b) o'quvchilar „Mehnat
yetkazar har tilakka“ kabi gapni o'qib, tilak so'zining o'zgarishini
kuzatadilar; gapdagi tilakka bog'langan so'zni topadilar va shu so'zdan
otga so'roq beradilar (yetkazar (nimaga?) tilakka); bu jo'nalish kelishigining
so'rog'i ekanini aytadilar; tilakka so'zi so'z tarkibiga ko'ra
tahlil qilinadi va tilak — o'zak, -ka qo'shimcha ekani aniqlanadi; so'ng
u tovush-harf jihatidan tahlil qilinib, o'zakning oxiri -k undoshi bilan
tugagani, qo'shimcha ham к undoshi bilan boshlanishi aniqlanadi.
Suhbat usuli bilan xulosa chiqariladi: jo'nalish kelishigi qo'shimchasi
oxiri к undoshi bilan tugagan otlarga -ka shaklida qshiladi. „Baliq
qarmoqqa ilindi “ gapidagi qamoqqa so'zi ustida ham yuqoridagi kabi
ishlanadi. Xulosani o'qituvchi rahbarligida o'quvchilaming o'zlari
chiqaradilar: oxiri q undoshi bilan tugagan otlarga jo'nalish kelishigi
qo'shimchasi -qa shaklida qo'shiladi.
O'quvchilar o'rin-payt kelishigining xususiyatlari bilan tanishtirilgach,
-da kelishik qo'shimchasi -ta bo'lib eshitilsa ham, -da shaklida
yozilishi tushuntiriladi. Ba’zi o'quvchilar o'rin-payt kelishigi o'rniga
jo'nalish kelishigi qo'shimchasini ishlatib, xatoga yo'l qo'yadilar.
Bunday xatoning oldini olish uchun o'quvchilar bilan fe’ldan jo'nalish
va o'rin-payt kelishigida qo'llangan otga so'roq berib, so'z birikmasini
topishni ko'proq mashq qilish va kelishiklaming so'rog'i va ma’nosiga
qarab farqlashga o'rgatiladi. Masalan, bordi (qayerga?) — maktabga,
bo'ldi (qayerda?) — maktabda; oldim (kimga?) — ukamga, ko'rdim
(kimda?) — ukamda.
O'quvchilar chiqish kelishigining xususiyatlari bilan ham reja
asosida tanishtirilib, ularga kelishik qo'shimchasining yozilishi
tushuntiriladi.
Kelishiklar haqidagi malakani shakllantirish ustida ishlashning
samaraliligini ta’minlaydigan shartlar, birinchidan, maqsadga muvofiq
mashq tanlash, mashq materialini asta murakkablashtirib borish bilan
o'quvchilaming mustaqqlligini oshirish, ikkinchidan, imloni grammatik
bilimni takomillashtirib borish va o'quvchilaming nutqini o'stirish
bilan bog'lab o'rgatishdir.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda ot yaxlit holda o'rganiladi va
uni o'rganish o'quvchilar shu so'z turkumining belgilarini, vazifasini
o'zlashtirishiga, shuningdek, ularda kelishik qo'shimchalarini to'g'ri
yozish ko'nikmasini shakllantirishga qaratiladi.

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin