46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия
,,Son“ni o'rganish tizimi ham son haqidagi materialni leksik va
grammatik tomondan sinfdan-sinfga o'tgan sayin boyitib, murakkablashtirib
borishni nazarda tutadi.
Boshlang'ich ta’limda son uch yo'nalishda o'rganiladi:
1. Sonlarning talaffuzi va ma’nosi ustida ishlash.
2. Sonning grammatik shakllari ustida ishlash.
3. Sonlarning imlosi ustida ishlash.
Son boshlang'ich sinflarda quyidagi izchillikda o'rganiladi:
— 2-sinfda nechta?, qancha? so'roqlariga javob bo'lib, shaxs va
narsaning sanog'ini, nechanchi? so'rog'iga javob bo'lib, shaxs va
narsaning tartibini bildirishi;
— 3-sinfda „Son - so'z turkumi" tushunchasi kiritiladi. O'quvchilarda
son predmetning miqdorini bildirishini otga bog'lanib kelishi
yordamida aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi. Bularni o'rganishda sonning
leksik xususiyatlariga asoslaniladi. Sonning leksik ma’nosi uni ot bilan
bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi.
— 4-sinfda sanoq va tartib sonlar, tartib sonlarning harf, rim va
arab raqamlari bilan yozilishi, qo'sh undoshli sonlarning, grammatik
shakllangan sonlarning (ikkov, o'ntacha, beshtadan) imlosi, sonlarning
gramm, kilogramm, metr, litr, so'm, tiyin so'zlari bilan qo'llanishi va
shu so'z bilan bitta so'roqqa javob bo'lishi o'rganiladi. O'quvchilaming
sonlarni otga bog'lanishi, so'roqlar yordamida sonni o'zi bog'langan
so'z bilan ko'chirish ko'nikmalari o'stiriladi.
Shunday qilib, sonning leksik-semantik va grammatik xususiyati
uni leksik va grammatik aspektda o'rganishni taqozo etadi. Son grammatika
va imlo o'qitishdagi suhbat metodida, yarim izlanishli muammoli
metodda, analitik (tahlil), sintetik (tarkib), induktiv metodlarda
o'rganiladi. Bu metodlar son yuzasidan beriladigan tushunchalaming
mohiyatiga, o'quvchilaming tayyorgarlik darajasiga bog'liq holda tanlanadi.
Agar o'quvchi son haqida ma’lum darajada bilimga ega bo'lsa,
yarim izlanishli muammoli metod yoki suhbat metodidan; agar bola
son haqida umuman tushunchaga ega bo'lmasa, induktiv va analiz
metodlaridan foydalaniladi.
„Son" ustida ishlash dastur talabiga ko'ra 1-sinfdan boshlansa
ham, uni o'rganish jarayoni, metodik jihatdan 4 bosqichga bo'linadi.
,,Son“ boshlang'ich ta’limda elementar nazariy tushunchalar asosida
amaliy o'rganiladi. Lekin 1-bosqichni to'liq ma’noda sonni amaliy
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'rganish bosqichi deb nomlaymiz. Chunki bu bosqichda umuman
nazariyasiz son ustida ishlanadi va bu 1-sinfning savod o‘rgatish va
1-sinfning 2-yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu bosqich sonni o'rganuvchi
keyingi bosqichlarga zamin tayyorlaydi.
Ma’lumki, savod o'rgatish davrida o'quvchilar bilan kundalik
ishlar, rasmlar, predmetlar, mavzular yuzasidan og'zaki savol-javoblar
o'tkaziladi. Masalan: „Bugun nechanchi sana? Biz nechanchi asrda
yashayapmiz? Bu yil nechanchi yil? Darsga nechta o'quvchi kelmadi?
Bir yil necha faslga bo'linadi? Yilning birinchi fasli qaysi?" yoki mantiqiy
mashqlar ishlash bilan bog'liq holda: „Xonadoningizda nechta uy
hayvoni bor? Nechta yowoyi hayvon nomini bilasiz?" kabi.
Mavzular bilan bog'liq holda, „Oila" mavzusida: „Oilangizda
nechta kishi yashaydi? Nechta akangiz (yo ukangiz, yoki opa-singlingiz)
bor? Siz oilada nechanchi farzandsiz? Nechanchi yilda tug'ilgansiz?
Hozir nechanchi sinfda o'qiyapsiz?" yoki О tovushi va О о harfi bilan
tanishtirishda: Osmonda nechta oy bor?, Nechta yulduz bor? (Bolani
o'ylashga majbur qiladi), Nechta yulduzning nomini bilasiz?" kabi.
1-sinfning ikkinchi yarmida mashq ishlash paytida „Gapda nechta
kim? so'rog'iga javob bo'lgan so'z bor? Nechta unli bor? Nechta undosh
bor? Berilgan so'z nechta bo'g'inga bo'linadi?" kabi savollarga
javob olinadi.
Bu bosqichda aralash berilgan so'zlardan gap tuzdirish, mashq
matnidan gapiar sonini, gapda so'zlar sonini, so'zdagi bo'g'in yoki
tovush sonini aniqlatish, ba’zan tahlilni yozma tarzda bajarish (5ta
unli bor, beshta bo'g'in bor) kabi mashq turlari qo'llaniladi. Bunda
„Predmet (nomi)ga bog'lanib kelgan so'zga so'roq berib ko'r-chi? U
nimani bildiryapti?" kabi savollardan foydalaniladi.
2-bosqich 2-sinfga to'g'ri keladi. Bu bosqichda asosan ikki vazifa
bajariladi:
1. Nechta?, qancha? so'roqlariga javob bo'lib, shaxs va narsalarning
sanog'ini: nechanchi? so'rog'iga javob bo'lib, shaxs va narsalar tartibini
bildirgan so'zlar haqida elementar nazariy tushunchani shakllantirish;
2. Sonlarga so'roq bera olish, ularning nimani bildirishini ayta
olish, ulardan foydalanib o'z fikrini aniq ifodalash. mazmunga mos
holda sonlarni o'rinli qo'llash (o'nta o'quvchi, o'ntacha o'quvchi kabi) ko'nikmasini o'stirish, lug'atlardan foydalana olish qobiliyatini
shakllantirish.
Bu bilim va ko'nikmalar mashqlar bajarish bilan mustahkamlab
boriladi. Dastlabki mashqlar tayyor materialdan sonni aniqlashga va
www.ziyouz.com kutubxonasi
izohlashga qaratiladi, keyingi mashqlar esa fikrni va izlanishni talab
etadi. Mashqlar muayyan izchillikda bir tizimni tashkil etishi lozim:
1. Ajratib ko'rsatilgan so'zlarga nechta?, qancha? so'roqlaridan
birini bering, shu so'z nimani bildirayotganini ayting.
2. Ajratib ko'rsatilgan so'zga so'roq bering, nimani bildirishini
ayting.
3. Sanoq (yoki tartib) bildirgan so'zlarni nechta?, qancha? so'roqlari
yordamida aniqlang.
4. Sanoq bildirgan so'zlarni so'roqlar yordamida aniqlang.
5. Tartib bildirgan sonlami nechanchi? so'rog'i yordamida aniqlang.
6. Nuqtalar o'rniga so'roqlarga mos so'n qo'yib o'qing.
7. Rasm asosida (matnni qayta hikoyalash asosida) bog'lanishli nutq
tuzing. Unda sanoq, tartib bildiruvchi so'zlardan foydalaning.
Mashqda qo'llanilgan sonlarning talaffuzi, imlosi va ma’nosi ustida
ishlanadi. Ko'rinib turibdiki, mashq shartlari soddadan murakkabga
tamoyiliga asoslangan.
3-bosqichda (3-sinf) „Son" tushunchasini shakllantirish hamda
o'quvchilar nutqini yangi sonlar bilan boyitib borish, fikrini aniq
ifodalash uchun gap va matn mazmuniga mos sonlar tanlash, ularni
o'rinli qo'llash ko'nikmasi o'stiriladi.
„Son" tushunchasini shakllantirish o'quvchilaming shaxs va
narsalarning sanog'ini, tartibini bildirgan so'zlar kategoriyalarini
o'zlashtirish sifatiga bog'liq.
O'quvchilar bilimini yetarli darajaga keltirish maqsadida sonlar
ishtirok etgan gapiar asosida kuzatish, aniqlash, guruhlash va umumlashtirish
faoliyati ishga solinadi. Masalan: „Ma’rifat xonasiga o'quvchilar
keldilar. Ikkita o'quvchi 2-sinfda o'qiydi. 4 ta o'quvchi 3-sinfda
o'qiydi".
O'quvchilar o'qituvchining topshirig'i asosida ikkita (nechta?),