O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə59/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

ishonch, sevinch, o'kinch, qo‘rqinch, tayanch kabi) otlar bilan tanishtirish
talab etilmaydi. Ammo matnda uchrasa va o'quvchilar qiziqib
so'rasalar, otning bolalar o'rgangan belgilari asosida (nima?so'rog'iga
javob bo'lishi, shaxs yoki narsa nomini bildirishi) tushuntiriladi. Otlar-
ning nutqda katta ahamiyatga ega ekanini ko'rsatish uchun 0‘qituvchi
o'qish kitobidan matn tanlab, o’quvchilarga matndagi otlarni topishni,
so‘ngra matnni shu so‘zlarsiz o'qishni topshiradi. O'quvchilar matndagi
otlarni tushirib qoldirib o‘qiganda, matn mazmunini tushunib
bo'lmasligini anglaydilar. Xulosa chiqariladi: ot atrofimizni o'rab olgan
shaxs va narsalarning nomi, bu so'zlarsiz bir-birimizga o'z fikrimizni
tushuntira olmaymiz.
Otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi. 3-sinfda „Otlar, ya’ni
otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi" ustida ishlash jarayonida
o'quvchilarda: 1) birlik va ko'plikda qo'llangan otlaming ma’nosi va
qo'shimcha orqali farqlash, 2) birlikdagi oldan ko'plik shaklidagi va,
aksincha, ko'plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish, 3) gapda
so'zlaming bog'lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to'g'ri
foydalana olish ko'nikmalari shakllantiriladi.
Otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishi taqqoslash usulidan
foydalanib tushuntiriladi. Buning uchun bir predmetni va shunday
bir necha predmetni bildirgan otlar taqqoslanadi: daftar — daftarlar,
qalam — qalamlar, nok — noklar kabi. Suhbat asosida daftar so'zi
nechta (bitta) predmetni va daftarlar so'zi nechta (ikki va undan ortiq)
predmetni bildirishi aniqlanadi. Boshqa so'zlar bilan ham shunday
ishlanadi. Oddiygina xulosa chiqariladi va fikrlar iimumlashtiriladi:
agar otlar bir predmetni bildirsa, birlikda qo'llanadi, agar ikki va undan
ortiq shaxs yoki narsani bildirsa, ko'plikda qo'llanadi. Ko'plikdagi otni
yasash uchun birlikdagi otga -lar qo'shimchasi qo'shiladi. Birlikdagi
otlar kim? yoki nima? so'rog'iga, ko'plikdagi otlar esa kimlar? yoki
nimalar? so'rog'iga javob bo'ladi.
Bu sinf o'quvchilariga faqat birlikda qo'llanadigan otlar. birlik
shaklida qo'llangan armiya, qo'shin, xalq kabi otlar ko'plik ma’nosini
bildirishi, bunday otlarga ko'plik qo'shimchasi qo'shilganda anglatadigan
ma’nosi maxsus tushuntirilmaydi. Agar o'quvchilar bu haqda
savol bersalar, soddagina shaklda tushuntirish mumkin.
Otlaming birlik va ko'plikda qo'llanishini kuzatish aslida so'z
shakli ustida ishlashning boshlang'ich bosqichi hisoblanadi. Bunda
o'quvchilar otlarni ko'plik qo'shimchasi bilan o'zgartirish, ya’ni otga
shakl yasovchi qo'shimcha qo'shish bilan so'zning leksik ma’nosi
o'zgarmasligiga ishonch hosil qiladilar.
Otlaming egalik qo'shimchalari bilan qoMlanishiiii o'rgatish. Bn
mavzu boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun muiakkab hisoblanadi,
chunki bu mavzu o'rganilgunga qadar, o'quvchilar „shaxs" tushunchasi
www.ziyouz.com kutubxonasi
bilan hali tanishtirilmagan, kishilik olmoshlarini hali o‘rganmagan
bo'ladilar. O'quvchilarga egalik qo'shimchasi shaxs, narsa birlik va
ko'plikdagi uch shaxsdan biriga taalluqli ekanini bildirishini tushuntirish
qiyin. Shularni hisobga olib, o'quvchilarni otlarning egalik
qo'shimchalari bilan qo'llanishini o'zgatishda o'qituvchi ishni sarlavhadagi
„egalik" so'zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlashi
maqsadga muvofiq: „egalik" ega bo'lish, qarashlilik, tegishlilik,
oidlik ma’nolarini bildiradi, demak, egalik qo'shimchasi deganda biror
narsaga ega bo'lishni, shu narsa tegishli, shu narsaning egasi ekanini
bildiradigan qo'shimchalar tushuniladi. Otlar egalik qo'shimchalari
bilan qo'llanadi. Otga qo'shilgan egalik qo'shimchasi shu ot ifodalagan
shaxs, narsaning kimgadir qarashli ekanini, shu narsaning egasi
ekanini bildiradi. Misollarni kuzataylik: Kecha o'qigan kitobim juda
qiziqarli ekan. Sening kitobing ham qiziqarlimi? Ra’noning kitobi
ham qiziqarli edi.

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin