S o ‘z turkumlari Ot Sifat Son Olmosh Fe’l 1. Shaxs, narsa va joy nomini bildiradi. 1. Shaxs va narsaning belgisini bildiradi. 1. Shaxs, narsaning sanog'i va tartibini bildiradi. 1. Kishilik olmoshlari shaxsni bildiradi va ot o'mida qo'llanadi.
1. Shaxs, narsaning harakatini bildiradi. 2. Kim?, nima?, qayer? so'roqlariga javob boiadi. 2. Qanday? yoki qanaqa? so'rog'iga javob bo'ladi. 2. Necha? yoki nechanchi? so'rog'iga javob bo'ladi. 2. Kishilik olmoshlari kim? so'rog'iga javob bo'ladi. 2. Nima qildi?, nima qiladi?, nima qilyapti? nima qiimoqchi? kabi so'roqlarga javob bo'ladi. 3. Birlik va ko'plikda qo'llanadi. 3. O'zgarmaydi. 3. O'zgarmaydi. 3. Ular birlik va ko'plikda bo'ladi. 3. Bo'lishli va bo'lishsiz shaklda qo'llanadi. 4. Egalik qo'shimchalari bilan o'zgaradi. 4. Gapda ikkinchi darajali bo'lak vazifasida keladi. 4. Gapda ikkinchi darajali bo'lak vazifasida keladi. 4. Kishilik olmoshlari kelishik qo'shimchalari bilan qo'llanadi. 4. Shaxs-son qo'shimchalari bilan tuslanadi. 5. Kelishik qo'shimchalari bilan turlanadi. 5. Sifatlar yasaladi. 5. Sonlar yasalmaydi. 5. Ular gapda bosh va ikkinchi darajali bo'laklar vazifasida keladi. 5. Uch zamonni bildiradi. 6. Gapda ega yoki ikkinchi darajali bo'lak vazifasida keladi. 6. Olmoshlar yasalmaydi. 6. Gapda kesim vazifasida keladi. 7. Otlar yasaladi. 7. Fe’llar yasaladi. O'quvchilarda so'z turkumlarini bilish ko'nikmasi ularning belgilari
yig'indisini egallashlari asosida shakllantiriladi. Masalan, gul, gutdor, gulladi so'zlarining qaysi so'z turkumiga kirishini bilish uchun 2-sinf
o'quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima? — gul, bu so'z narsani
bildiryapti, ko'plikda qo'llanadi — gullar, bu — ot; guldor so'zi qanday? www.ziyouz.com kutubxonasi
so‘rog‘iga javob bo'lyapti, narsaning belgisini bildiryapti, bu — sifat;
gulladi so‘zi nima qildi? so‘rog‘iga javob bo'lyapti, narsaning harakatini
bildiryapti, bo'lishsiz shaklda qo'llanadi — gullamadi, bu - fe’l.
Boshlang'ich sinflar dasturi o'quvchilarni so'z turkumlari mustaqil
va yordamchi so'z turkumlariga bo'linishi bilan maxsus tanishtirishni
ko'zda tutmaydi, ammo o'qituvchi bolalarni so'z turkumlarining belgilari
bilan amaliy tanishtiradi.
So'z turkumlarini o'rganishdagi asosiy vazifa o'quvchilaming
og'zaki va yozma nutqini o'stirish, lug'atini yangi ot, sifat, son, fe’llar
bilan boyitish, o'quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan
so'zlaming ma’nosini aniq tushunishiga erishish, bog'lanishli nutqda u
yoki bu so'zdan o'rinli foydalanish malakasini o'stirish hisoblanadi. Bu
vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so'z turkumlarini o'rganish
jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam
ish olib boriladi, o'quvchilar ko'p ma’noli so'zlar, ulaming o'z
va ko'chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni
o'quvchilaming shaxsiy tajribalari, bevosita ko'rganlari, radiodan
eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog'lash muhim ahamiyatga
ega.
O'quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko'nikmalarini
shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir
vaqtda ularning nutqini o'stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.