Grammatik va so’z yasalishiga oid mashqlar Maktabda tildan nazariy bilimni o’rganishdan maqsad fikrni og‘zaki va yozma tarzda
grammatik to’g‘ri va uslubiy aniq ifodalash uchun undan ongli foydalanish hisoblanadi. Biroq
nazariy bilimni amalda qo’llashni esa maqsadga muvofiq va muntazam o’rgatib borish talab
etiladi.
Mashqlar tizimi tushunchani o’zlashtirish bosqichiga va uning xususiyatiga mos ravishda
mashq turini tanlash, uning murakkablasha borishini va o’quvchilar mustaqilligi o’sib borishini
hisobga olgan holda mashqlarni bajarish izchilligini aniqlashni ko’zda tutadi. Bu tizim
mashqlarning o’zaro bog‘lanishiga asoslangan.
Mashq turlari.Grammatik mashqlar turli asosga ko’ra tasnif qilinadi, shuning uchun
mashqning har xil turi hosil bo’ladi. Agar bilimni shakllantirish xarakteriga asoslanilsa,
grammatik mashqlar ikki katta guruhga bo’linadi:
1) morfologik mashqlar (bunga leksikmorfologik mashqlar ham kiradi);
2) sintaktik mashqlar. Agar o’quvchilar faoliyatining xarakteri, ya'ni mashq jarayonida o’quvchilar bajaradigan
aqliy omillar xarakteri asos qilib olinsa,
mashqlar analitik, sintetik, taqqoslashga, guruhlashga, umitmlashlirishga oid mashqlarga
bo’linadi.
Mashqning o’ziga xos xususiyatlarini aniqroq belgilash uchun yuqoridagi ikki asos hisobga
olinadi. Masalan, mashqning vazifasi aralash berilgan so’zlardan gap tuzishni va gap bo’laklarini
ajratishni talab etsa, bu mashq bilimni shakllantirish turiga ko’ra sintaktik mashq, faoliyat
xarakteriga ko’ra sintetikanalitik mashq hisoblanadi.
Boshlang’ich sinflarda sof morfologik yoki sof sintaktik mashq juda kam qo’llaniladi,
shuning uchun ham vazifaning yetakchi tomoni hisobga olinadi. Masalan, matnga mazmunga
mos otni qo’yish, qaysi keiishik ekanini ko’rsatish talab etilsa, bu leksikmorfologik mashqdir. o’quvchi otning qaysi kelishikda ekanini aniqlashi uchun u bog‘langan so’z (fe'l yoki ot)ni
aniqlashi (so’z birikmasini ajratishi) talab etiladi, shunga ko’ra bu mashq sintaktik mashq hisoblanadi.
Grammatik tahlil analitik mashqqa kiradi. Grammatik tahlil so’z turkumiga ko’ra
(morfologik) tahlilni, gap bo’laklariga ko’ra (sintaktik) tahlilni o’z ichiga oladi.
Gap bo’laklariga ko’ra tahlil o’quvchilar o’zlashtirgan sintaktik bilimlarning me'yoriga
qarab chuqurlashib boradi.
Amaldagi dasturga ko’ra, 1sinf o’quvchilari ,,ega" va ,,kesim" atamalaridan
foydalanmaydilar, ammo ular gapning bosh bo’laklarini amaliy ravishda topish ko’nikmasiga
ega bo’Jadilar, ya'ni gap kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so’z (ega)ni, u haqda nima
deyilganini anglatgan so’z(kesim)ni topadilar. Masalan, Bolalar olmalarni terdilnr gapini tahlil
qilishda o’quvchilar quyidagicha fikr yuritadilar: ,,Gap bolalar haqida aytilgan. Kimlar? bolalar (so’zning tagiga bitta to’g‘ri chiziq chizadilar). Eolalar — nima qildilar? terdilar (so’zning
tagiga ikki to’g‘ri chiziq chizadilar). Bolalar terdilar gapning asosiy qismi; nimalarni? (terdilar)
— olmalami". 2-sinfda 1-sinfdagidek muhokama qilinadi, faqat mazmuni chuqurlashtiriladi. Masalan,
2sinf o’quvchisi ,,Chiroyli gullar adirlarni beiadi"gapini quyidagicha tahlil qiladi: ,,Gap gullar
haqida aytilgan. Nimalar? gullar ega (tagiga bir chiziq chizadi). Paxtalar haqida nima deyilgan?
Ochildi ~ nima qildi? kesim (tagiga ikki to’g‘ri chiziq chizadi). Qayerlarni? (bezadi) adirlami ikkinchi darajali bo’lak, gapni to’ldirayapti (tagiga uzuq chiziq chizadi). Qanday? (gullar)
chiroyli (gulJar) ikkinchi darajali bo’lak, egani izohlayapti. Gullar bezadigapning asosi. Chiroyli gullar va adirlami bezadi so’z birikmasi".
3-4sinflarda sintaktik tahlil sifat jihatidan o’zgarmaydi, ammo so’z birikmasini ajratishga
ahamiyat beriladi.
Morfologik tahlilning mohiyati so’zning qaysi so’z turkumi ekani, gapda qanday
grammatik shaklda kelganida ifodalanadi.
To’liq morfologik tahlilda o’quvchi so’z turkumining o’zi o’rgangan belgilarini aytadi.
Masalan, 1sinf o’quvchisi shu so’z qanday savolga javob bo’lishini va nimani bildirishini aytadi
(Shaxs yoki narsa, narsa belgisi, harakati).
3-sinfda so’z turkumlari o’tilgach, morfologik tahlil quyidagi tartibda o’tkaziladi:
Ot: 1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Birlik yoki ko’plikda ekanligi.
Sifat: 1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Qaysi ot bilan bog‘langanligi.
Fe'l. 1. So’z turkumi. 2. So’rog‘i. 3. Bo’lishli yoki bo’lishsiz ekanligi.