O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi



Yüklə 386,82 Kb.
səhifə62/87
tarix11.05.2023
ölçüsü386,82 Kb.
#111038
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87
46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия

SIFATNI 0 ‘RGANISH METODIKASI
Sifatni o'rganish tizimi materialni leksik va grammatik tomondan
izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko'zda tutadi.
O'quvchilar 1- va 2-sinfda sifatning leksik ma’nosini kuzatadilar,
sifatga qanday?, qanaqa? so'rog'ini berishga o'rganadilar; 3-sinfda
sifat so'z turkumi sifatida o'rganiladi; 4-sinfda ilgari o'rganilganlar
takrorlanib, grammatik materialga bog'liq holda qip-qizil, yam-yashil
kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi
o'rgatiladi. Ona tili va o'qish darslarida o'quvchilar nutqi yangi-yangi
sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma’lum bo'lgan sifatlarning
ma’nosiga aniqlik kiritiladi.
Sifatni o'rganish metodikasi uning lingvistik xususiyatlariga asoslanadi.
Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko'rinishi,
maza-ta’mi, xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o'rin va paytga munosabati)
ni bildiradi. Sifatning leksik ma’nosi uni ot bilan bog'liq
holda o'rganishni talab qiladi. Sifatni tushunish uchun 1-sinfdanoq
o'quvchilar e’tibori sifatning otga bog'lanishini aniqlashga qaratiladi.
O'quvchilar predmetning belgisini aytadilar, ularda so'roq yordamida
gapda so'zlaming bog'lanishini aniqlash ko'nikmasi o'stiriladi, ya’ni
ular gapdagi sifat va otdan tuzilgan so'z birikmasini ajratadilar (atama
aytilmaydi). Keyingi sinflarda bu bog'Iiqlik aniqlashtiriladi. Shunday
qilib, sifatning semantik-grammatik xususiyatlari sifat ustida ishlashni
leksik va grammatik (morfologik va sintaktik) yo'nalishda olib borishni
talab etadi.
Boshlang'ich sinflarda „Sifat" mavzusi quyidagi izchillikda o'rganiladi:
I) sifat bilan dastlabki tanishtirish (1-, 2-sinf); 2) sifat haqida
tushuncha berish (3-sinf); 3) shu grammatik mavzu bilan bog'liq holda
ayrim sifatlarning yozilishini o'zlashtirish (4-sinf).
Sifat bilan (atamasiz) dastlabki tanishtirish (birinchi bosqich) sifatning
leksik ma’nosi va so'roqlari ustida kuzatish o'tkazishdan boshlanadi.
Predmetning belgilari xilma-xil bo'lib, uni rangi, mazasi, shakli,
xil-xususiyatlari tomonidan tavsiflaydi. Shunday ekan, sifat tushunchasini
shakllantirish uchun uning ma’nolarini aniqlash talab etiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘qituvchi predmetni yoki uning rasmini ko‘rsatadi, o'quvchilar uning
belgilarini aytadilar va yozadilar. Masalan, (qanday?) olma — qizil,
shirin, yumaloq olma; (qanday?) ip — uzun, ko'k ip. Albatta, suhbat
asosida o'quvchilar olma, ip so'zlari nima? so'rog'iga javob bo'lib,
predmet nomini bildirishi, qizil, shirin, yumaloq kabi so'zlar qanday?
so'rog'iga javob bo'lib, predmetning belgisi (rangi, mazasi, shakli)
ni bildirishini aniqlaydilar. O'qituvchi atrofimizni o'rab olgan predmetlarning
o'z belgilari borligini, ular bir-biridan shu belgilar bilan
farqlanishini yana bir-ikki misol bilan tushuntiradi (Qanday? daraxt
Katta, chiroyli, sershox, ко ‘m-ko ‘k daraxt. Qanaqa ? shkaf — Oynali,
baland shkaf). Xulosa chiqariladi: qanday?, qanaqa? so'roqlariga javob
bo'lgan so'zlar predmet belgisini bildiradi.
O'quvchilar belgi bildirgan bunday so'zlaming nutqimizdagi
ahamiyatini anglashlari uchun sifat ko'p uchraydigan matn tanlanib,
awal sifatlarini tushirib qoldirib, so'ngra sifatlari bilan o'qib beriladi
va mazmuni taqqoslab ko'rsatiladi. Predmetni aniq tasvirlash uchun
uning belgisini bildiradigan so'zlardan foydalanilgani tushuntiriladi.
Bu darslarda ko'rgazma vositalar (predmetlar, predmet rasmlari, sujetli
rasmlar)dan keng foydalaniladi.
O'quvchilar qanday?, qanaqa?so'roqlariga javob bo'lgan (predmet
belgisini bildirgan) so'zlarni o'zlashtirishlari uchun mashqning quyidagi
turlari samarali hisoblanadi: 1) so'roq yordamida predmetning
belgisini bildirgan so'zlarni tanlash; 2) aralash berilgan so'zlardan gap
tuzish; 3) matndan kim? yoki nima?so'rog'iga javob bo'lgan so'zni va
unga bog'langan qanday? va qanaqa? so'rog'iga javob bo'lgan so'zni
tanlab (so'z birikmasini topib) aytish va yozish; 4) tayanch so'zlar va
rasm asosida gap yoki kichik hikoya tuzish.
Ikkinchi bosqichda asosan ikki vazifa: „Sifat" tushunchasini shakllantirish
hamda o'quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitib borish,
fikmi aniq ifodalash uchun mazmunga mos sifatlardan nutqda o'rinli
foydalanish ko'nikmasini o'stirish hal qilinadi.
,,Sifat“ tushunchasini shakllantirish o'quvchilaming „predmet
belgisi" degan umumlashtirilgan kategoriyani o'zlashtirish darajasiga
bevosita bog'liq. Shu maqsadda rang, maza, shakl, hajm, xil-xususiyat
bildiradigan so'zlar guruhlanadi va shu so'zlaming xususiyatlari
umumlashtiriladi. Sifatning leksik ma’nosi bilan birga uning xarakterli
grammatik xususiyatlari ham qayd etiladi. Sifatlarning xususiyatlarini
umumlashtirish asosida o'quvchilar uning so'z turkumi sifatidagi
o'ziga xos ko'rsatkichlarini ajratadilar: a) predmet belgisini bildiradi,
b) qanday? yoki qanaqa? so‘rog‘iga javob bo'ladi, d) gapda otga
bog'lanib, shu ot bilan so'z birikmasi hosil qiladi, ikkinchi darajali
bo'lak vazifasida keladi.
Bu sinfda og'zaki va yozma ijodiy ishlar (maktab bog'i yoki parkka
ekskursiya vaqtida kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab
kichik hikoya tuzish kabilar)ga katta o'rin beriladi.
O'quvchilaming sifatning leksik ma’nosi haqidagi tushunchalarini
chuqurlashtirish va predmetni har tomonlama tasvirlash malakasini
o'stirish uchun: 1) berilgan predmetlarning rangi, mazasi, shakli,
xususiyatini ifodalaydigan sifatlar tanlash va yozish: Qanday? shaftoli
Shirin, suvli, tuksiz shaftoli. Qanday? kitob Qalin, qiziqarli kitob;
2) berilgan belgilariga qarab qaysi hayvon ekanini aniqlash: Tikanli,
kichkina, foydali ... (tipratikan). Ehtiyotkor, ayyor, yovvoyi ... (tulki);
3) predmetlarning belgisiga qarab topishmoqlarning javobini aytish
kabi mashqlardan foydalanish mumkin.
Sifatning nutqimizdagi, fikrni aniq va tushunarli ifolashdagi o'rnini
puxta o'zlashtirishga erishish uchun ma’nodosh va zid ma’noli sifatlar
ustida ishlash, o'qish darslarida sifatning o'z va ko'chma ma’noda
ishlatilishini kuzatish maqsadga muvofiq. Sifatni o'rganish jarayonida
so'z yasashga oid mashqlarni muntazam o'tkazib borish o'quvchilarda
u yoki bu so'z turkumini yasash uchun so'z yasovchi qo'shimchalardan
ongli foydalanish malakasini shakllantiradi.
Uchinchi bosqichda sifat haqidagi bilimlarni takomillashtirish,
og'zaki va yozma nutqda sifatlardan aniq, o'rinli foydalanish ko'nikmasini
o'stirish bilan bog'liq holda -roq qo'shimchasi bilan qo'llangan
sifatlarni va ko‘m-ko‘k, yam-yashil kabi sifatlarni to'g'ri yozish
malakasi shakllantiriladi. Ish mazmuni shu vazifalarni bajarishga qarab
belgilanadi va o'quvchilar nutqini o'stirishga qaratiladi.
Nazariy ma’lumotlarga asoslanib: matnda berilgan otlaming
belgilarini ifodalaydigan sifatlarni tanlab qo'yish, gapda sifat
bog'langan otni (so'z birikmasini) aniqlab yozish; otga mos sifatlar
tanlab predmetni tasvirlash, berilgan sifatlar yoki so'z birikmasi
bilan gap tuzish kabi mashqlardan foydalaniladi. Mashq materialini
tanlashda -roq qo'shimchasi bilan qo'llangan yaxshiroq,
aqlliroq kabi, shuningdek, tip-tiniq, sap-sariq kabi sifatlar ko'proq
bo'lishiga e’tibor beriladi. O'quvchilaming mustaqilligi osha borgan
sayin mashq topshiriqlari ham asta-sekin murakkablashtira boriladi.
Shunday qilib, sifatni o'zlashtirishda uni ot bilan o'zaro bog'liq
holda o'rganishga asoslaniladi.

Yüklə 386,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin