46887 ONA TILI O‘QITISH METODIKASI 2курс UMK - копия
Kitobim, kitobing, kitobi so'zlari so'z tarkibiga ko'ra tahlil qilinadi
va o'quvchilar kitob — o'zak, -im, -ing, -i qo'shimcha ekanini
aniqlaydilar. O'qituvchi kitob va kitobim so'zlarini taqqoslashni,
-im qo'shimchasining ma’nosi haqida o'ylab ko'rishni topshiradi,
muammoli vaziyat yaratadi; o'quvchilar qo'shimchaning ma’nosi
haqida fikr yuritadilar, ammo kitobim so'zining ma’nosiga (mening kitobim — kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib
aytib berolmaydilar. O'qituvchi qisqa tushuntiradi:
— Tilda uchta shaxs mavjud:
I shaxs - so'zlovchi
II shaxs — tinglovchi
III shaxs — o'zga
Hozir men sizga so'zlayapman, tushuntiryapman, demak, men —
so'zlovchi, hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi,
hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) — o'zga hisoblanadi.
Siz otlar birlik va ko'plik sonda qo'llanishini bilasiz. Ma’lumki,
biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bo'lishi
mumkin. Mana shu ma’nolarni, ya’ni biror shaxs va narsaning birlik
yoki ko'plikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini otga qo'shilgan
egalik qo'shimchalari bildiradi. Masalan, kitobim so'ziga qo'shilgan
-im qo'shimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, ya’ni kitobing
egasi I shaxs ekanini bildiradi (-ing, -i qo'shimchalari ham shunday
tushuntiriladi). Kitobimiz so'zidagi -imiz qo'shimchasi kitob so'zlovchi
shaxsga, shu bilan birga, ko'p shaxsga (ko'p so'zlovchiga) tegishli
www.ziyouz.com kutubxonasi
ekanini bildiradi (-ingiz, -i goShimchalari ham shunday tushuntiriladi).
Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qo‘shilgan mana shunday
qo'shimchalar egalik qo'shimchalari deyiladi. Egalik qo'shimchalari
tegishlilik, egalik ma’nosini bildiradi.
Egalik qo'shimchalari otlarga ikki variantda qo'shiladi. Akam va kitobim, akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda
undosh tovush bilan tugagan otlar so'z tarkibiga ko'ra tahlil qilinadi,
qo'shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri
unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik
qo'shimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo'shimchalari qo'shiladi. Shundan so'ng
o'quvchilar „Ona tili" darsligidagi qoidani o'rganadilar, jadvalni tahlil
qiladilar.
O'quvchilarga egalik qo'shimchalari haqidagi ko'nikmani shakllantirish
uchun matndan egalik qo'shimchasi bilan qo'llangan otni
topish, uni tarkibiga ko'ra tahlil qilib, egalik qo'shimchasining shaxssonini
aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik
qo'shimchasini qo'shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli
ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Egalik qo'shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlaming
kelishiklar bilan turlanishini o'rganish jarayonida egalik qo'shimchasi
bilan qo'llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitobning muqovasi, Rahimning kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar
bilan turlanishini o'rganish jarayonida esa egalik qo'shimchasi bilan
kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog'lanib, so'z
birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.
Otlaming kelishik qo'shimchalari bilan qo'llanishini o'rgatish.
Kelishiklar sintaktik kategoriya hisoblanadi. Kelishik otlaming gapda
boshqa so'zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni
o'rgatishda o'quvchilaming gapda so'zlaming bog'lanishini bilishlari
nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlashni o'quvchilar gapda ma’no
va grammatik tomondan bog'langan so'zlarni (so'z birikmalarini)
ajratishga o'rganganlaridan so'ng boshlanadi. Kelishiklar ustida ishlash
gapda so'zlaming bog'lanishi ustida ishlash hamdir. Kelishiklarni bilish
uchun o'quvchi ot gapda qaysi so'z bilan bog'langanini aniq bilishi
kerak. Ot gapda boshqa so'zlar bilan bog'langanda qo'shimchalar
bilan o'zgarishi ancha oldindan kuzatib boriladi. Aslida o'quvchilar
1-sinfdayoq so'z shakllarining o'zgarishi bilan amaliy tanishadilar,
ammo ular so'z shakli nimaligini hali bilmaydilar. O'quvchilar keywww.
ziyouz.com kutubxonasi
ingi sinfda shakl yasovchi (so‘z o'zgartuvchi) qo'shimchalar bilan
tanishadilar, bu qo'shimchalar gapda so'zlarni bog'lash uchun xizmat
qilishini tushunadilar.
4-sinfda ot ustida ishlashning asosiy vazifasi fikr bayon qilishda otning
kelishik shakllaridan ongli foydalanish va kelishik qo'shimchalarini
to'g'ri yozishga o'rgatish hisoblanadi.
Bu sinfda ot quyidagi izchillikda o'rganiladi:
1) otlaming kelishiklar bilan turlanishi haqida tushuncha berish;
2) ko'plikdagi otlaming turlanishini o'rgatish;
3) har bir kelishikning xususiyatlarini alohida o'rganish va u bilan
bog'liq holda kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqida ko'nikma
hosil qilish.
Otlaming kelishik qo'shimchalari bilan o'zgarishi — turlanish
haqida tushuncha berish bilan o'quvchilarga kelishik qo'shimchalari
gapda so'zlarni bog'lash uchun xizmat qilishi, o'zbek tilidagi olti kelishik,
ularning nomi, so'roqlari, qo'shimchalari va joylashish tartibi
tushuntiriladi.
O'quvchilar turlanish bilan kelishiklaming mohiyatidan kelib
chiqib gapni tahlil qilish jarayonida tanishtiriladi, gapning asosi (ega
va kesim) va so'z birikmalari ajratiladi. Ular gapda bir otning boshqa
har xil so'zlar bilan shakl yasovchi qo'shimachalar (ning, -ni, -go, -da, -dan) yordamida bog'lanishini kuzatadilar, bu qo'shimchalar kelishik
qo'shimchalari ekanini, otlaming kelishik qo'shimchalari bilan
o'zgarishi turlanish deyilishini bilib oladilar. Bolalarga kelishiklaming
joylashish tartibi, so'roqlari va bosh kelishikdan boshqa kelishiklaming
aniq qo'shimchalari mavjudligi darslikda berilgan jadval yordamida
tushuntiriladi. Bosh kelishikdagi ot gapda ega vazifasida, boshqa kelishikdagi
otlar esa ikkinchi darajali bo'lak vazifasida kelishi bilan ham
tanishtiriladi.
O'quvchilar o'zlashtirgan grammatik bilimlarini imloni o'zlashtirishda
foydalana olishlari uchun ishni bajarishda izchillikka katta
ahamiyat beriladi. Bajarilgan ish yozib boriladi: o'quvchilar awal
gapda ot bog'langan so'zdan shu otga savol beradilar va savolni
qavs ichiga yozadilar; keyin so'roqqa qarab kelishikni aniqlaydilar.
Masalan, o'qidi (nimani?) — kitobni, tushum kelishigi). Ular buni
yaxshi o'zlashtirganlaridan so'ng, mashq tez bajariladi, yozish talab
etilmaydi.
Ko'plikdagi otlaming turlanishini o'rganishda nutqda ko'plikdagi
otlardan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini takomillashtirish maqsadi
www.ziyouz.com kutubxonasi
ko'zda tutiladi. 0 ‘quvchilar suhbat yordamida bosh kelishikdagi otning
so‘rog‘ini va bitta shaxs, narsani bildirishini aytadilar, (nima?
— kitob, kim? — o'quvchi); o‘qituvchi agar shu ot ikki va undan ortiq,
shaxs yoki narsani bildirsa, qanday so‘roqqa javob bo'lishini, qaysi
kelishikni bildirishini so'raydi, ular qiynalmay javob beradilar (nimalar?
— kitoblar, kimlar? — o'quvchilar). Xulosa chiqariladi: ko'plikdagi
otlar bosh kelishikda nimalar? yoki kimlar? so'rog'iga javob bo'ladi.
O'quvchilar otlaming kelishiklar bilan turlanishi jadvalidan foydalanib,
shu otlarni ko'plikda turlaydilar va ko'plik qo'shimchasi doim kelishik
qo'shimchasidan oldin qo'shilishini, so'roqlarini bilib oladilar.
Har bir kelishikni alohida o'rganishning vazifasi kelishikni o'rganish
bilan bog'liq holda kelishik qo'shimchalarining yozilishi haqidagi
malakani shakllantirish va o'quvchilaming kelishiklar bilan
turlangan otlardan ongli foydalanishlariga erishish hisoblanadi.
Kelishiklarni bilib olish maqsadida so'roqlardan foydalaniladi.
Buning uchun o'quvchilar, birinchidan, so'roqni otning yakka o'ziga
emas, balki gapda ot ma’no tomondan bog'langan so'zdan shu otga
berishni o'rganishlari, ikkinchidan, kelishiklaming so'roqlarini yaxshi
bilishlari zarur. Kelishiklarni o'zlashtirishda gapning asosini aniqlagach,
gapda o'zaro bog'langan so'zlarni (so'z birikmalarini) belgilash,
ot bog'langan so'zni topish, so'roq berib, qaysi kelishik bilan turlanganini,
birlik yoki ko'plikda qo'llanganini aniqlash izchilligida ishni
uyushtirish maqsadga muvofiq (Masalan, Alisher Nodirni muzeyga