1. Bilimlar. Bolalarning ota-onasidan, tarbiyachi va pedagoglar, badiiy adabiyotlar va boshqa manbalardan odob-axloq, hatti-harakat, xulq-atvor haqida bilimlar to’playdilar.
Bolalarga Sharq mutafakkirlari Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy haqida, xalqimizning ozodligi uchun kurashgan qahramonlarimizning ijobiy xislatlari haqida hikoya o’qib berishning ta’siri katta.
Ishonch, e’tiqod, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, do’stlik, burch, vijdon va boshqa axloqiy tushunchalar haqidagi bilimlarni ma’naviyat va ma’rifat darslarida bolalarga singdiriladi.
2. His-tuyg’u.Ishonch, ishontirish, e’tiqod haqida bilimlar ishonarli, hayotiy misollar yordamida berilishi bilan birga bu bilmlar tarbiyachi tomonidan his-hayajonli tarzda berilganda talabalarga yaxshi ta’sir etadi.
3. Xulq-atvor. Ishonch va e’tiqod haqidagi bilimlarni hayotda qullash uchun, shu bilimlarni amalda –hayotda (ota-onasi, tarbiyachilari va boshqalarda) ko’rgan bo’lishi kerak. Shunday sharoitda, nazariy bilimlar,bolaning malaka va ko’nikmasiga, shaxsiy sifatlariga aylanadi. Haqiqiy ishonch va e’tiqodni shakllantirish yo’llari quyidagilar:
1. bolalar o’zlarini boshqa kishilar bilan taqqoslashga o’rgatiladi.
2. Salbiy, soxta ishonch, xulq-atvor, e’tiqod kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinliginim ko’rsatish.
3. bolaning soxta ishonchini mantiqiy fikrlash bilan ma’lum darajagacha davom ettirish. Masalan: agar, bordiyu hech kim ishlamasa nima bo’ladi? Hech kim o’qimasa nima bo’ladi? Deb savol beriladi va boladan busavolga javob berish talab qilinadi.
4. bolaning fikrini, e’tiroz va savollarini oxirigacha, diqqat bilan eshitish (uni darhol rad etmaslik), faqat ishonchli dalillar bilan uning fikrini o’zlashtirishga harakat qilish.
5. bolaga ishonch bildirish. Unga yordam ko’rsatish uchun tayyor ekanligini, xayrxoh ekanligini ko’rsatish.
6. tarbiyachi o’zining jiddiyligi, mardligi, ma’naviy yuksakligi bilan bolalarga o’rnak bo’lishi.
Bolalarni ishontirish va ularning e’tiqodini mustahkamlash uchun quyidagi shartlarga amal qilish talab qilinadi:
1. Bolalarni ishontirish va ularga ta’sir etishda qo’llanilayotgan uslub (hikoya, suhbat va boshqalar) mazmunan va shaklan bolalarning yosh xususiyatlarini etiborga olishi kerak.
2. bolalar bilan alohida yoki kichik guruhchalarga bo’lib suhbatlashganda bolalarning individual xususiyatlari, hayotga munosabatlarini tarbiyachi bilishi zarur.
3. Suhbat yoki hikoya jarayonida keltirilgan misollarni iloji boricha, real hayotidan olib ko’rsatish.
4. tarbiyachining o’zi bolalarga berayotgan bilim, tushuncha va g’oyalariga ishonish muhimdir. O’zini ishonmagan narsaga boshqani ishontirish qiyindir.
Pedagogik jarayonda bolalarga psixologik ta’sir etish muammosi bilan psixologlar, tibbiyot xodimlari va boshqa mutaxassislari faol shug’ullanmoqdalar, chunki ta’lim va tarbiya jarayoning o’zi tarbiyachining bola ruhiyatiga, ongiga, dunyoqarashiga doimiy ta’siri deb qarasa bo’ladi. Keyingi yillarda zamonaviy psixologiyaning psixoanaliz, gumanistik psixologiya, neyrolingvistik dasturlash, kognitiv psixologiya kabi yo’nalishlari paydo bo’ldi va bu oqimlarning ba’zi bir metodlari kollejlarga kirib kelmoqda.