O’qitish metodini tanlash. O’qitish metodlarini tanlash darsni maqsadi va o’quv materiallari mazmuniga bog’liq.
O’qitish metodini tanlash o’rganiladigan mavzuni mazkur kursda tutgan o’rniga bog’liq. Ma’lum bir kursni o’rgangan sari o’quvchilarni bilimlari ortib boradi, shundan so’ng reproduktiv usulni qo’llash mumkin. Bundan tashqari ijodiy usullarni ham qo’llash mumkin. Masalan, O’zbekiston tabiiy geografiyasini ikkinchi regional qismini o’quvchilar xaritalar yordamida mustaqil o’rganishlari mumkin. Xuddi shunday ishlarni o’quvchilar jaxonnning iqtisoditsy va ijtimoiy geografiyasini aloxida davlatga bag’ishlangan qismini o’rganishda xam amalga oshirishlari mumkin. O’qitish metodlarini tanlashda o’quvchilarni yoshlari ham xisobga olinmog’i lozim. Quyi sinf o’quvchilari uzoq vaqt diqqat bilan eshita olishmaydi. Tez toliqishadi va zerikishadi. SHuning uchun quyi sinflarda o’qituvchi o’qitish metodlarini tez-tez o’zgartirib turishi zarur. Bunda o’yinlardan foydavlanish katta samara beradi, chunki bunday sharoitda o’quvchilar toliqmaydi va kerakli bilim va ko’nikmalarni tez o’zlashtiradilar.
Dars uchun o’quv vositalarini tanlashham muxim ishlardan xisoblanadi. O’quv vositalarini tanlash o’qituvchi uchun unga murakkab bo’lmagan ish xisoblanadi, chunki dasturda xar bir mavzu bo’yicha zarur bo’lgan o’quv vositalarining turlari berilgan bo’ladi. O’qituvchini vazifasi ulardan darsning qaysi qismida va qanday foydalanishni aniqlash xisoblanadi. O’quv vositalari bo’yicha savollar va topshiriqlar ishlab chiqiladi. Bu esa o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini egallashlarini osonlashtiradi.
O’quv vositalarini tanlaganda quyidagilarni xisobga olish zarur:
o’quv vositalari darsni mazmuniga mo bo’lishi lozim;
o’quv vositalari tanlangan o’quv metodi mazmunini to’ldirishi zarur;
o’quv vositalari o’quvchilarni yoshiga va qobiliyatlariga mos tushishi lozim;
o’quv vositlari amaliy va mustaqil ishlarni olib borish uchun imkon yaratishi lozim;
- o’quv vositalari o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini egallashlarini osonlashtirishi lozim.
O’qitish metodi va vositalari to’ri tanlangan darsning samaradorligi yuqori bo’ladi.