Geografiya darsi tahlili va tahlilga qo’yiladigan talablar
Dars tahlili o’qituvchilar ortasida o’zaro tajriba almashish, pedagogik mahoratni tahlil qilisg va o’rganish, turli metodlardan dars jarayonida foydalanish yo’llarini o’rganish kabi bir qancha maqsadlarda amalga oshiriladi. Geografiya darsining taxlili quyidagi tartibda olib boriladi:
Maktab, sinf, fan oqituvchisining familyasi ismi.
Darsning borishi, izchilligi o’zaro bog’lanish va uning qisimlari o’rtasidagi bog’liqligi, o’quvchilar bilimini tekshirish, ta’lim metodlarining tanlanishi. Dars samaradorligini oshirishga qaratilgan talablar. O’quvchilarning faoligini oshirish, o’quvchilar ulgurmovchiligini oldini olish uchun ko’riladigan tadbirlar.
O’quvchilarni mustaqil ishlarini tashkil qilishda o’qituvchining rahbarligi:
oqituvchining ish metodi, maqsadga erishishda qatiyatligi o’quvchilarga nisbattan talabchanligi ularni nazorat qilib turishi, o’qituvchining nutqi, madaniyati, pedagogik mahorati va xokazo.
Darsda o’quvchilarning mustaqil ishlari, darsga qiziqishi ular bilish faoliyatining faolligi, o’quvchilar bilim olishga jalb etish metodlari.
Dars natijasi ijobiy tamoni va kamchiliklari. Dars bo’yicha umumiy xullosa. Shu dars mavzusi bo’yicha o’qituvchining ishini yaxshilash, o’quvchilar faolligini oshirish bo’yicha va muloxazalar.
O’qituvchi darsini kuzatish tartibi quyidagicha amalga oshirildi:
Darsning boshlanishi va uning tashkiliy qismi: sinf darsga tayyormi? Zarur kartalar osilganmi? Sinf doskasi tayyormi? Texnika vositalari kartinalar tayyormi? Darsga nisbattan sinf o’quvchilarining kayfiyati qanday?
Uy vazifalarini tekshirish: tekshirish metodi , tekshirish jarayonida o’quvchilar xolati, uy vazifasini bajarmagan o’quvchilar xolati.
Tekshirilayotgan bilimning yangi mavzu bilan bog’liqligi, bilimlarni tekshirishda karta vositalaridan foydalanish axvoli, o’qituvchi baxosini obektiv qo’yilganligi ko’nikmalarini egalash axvoli.
Yangi materyalni o’rganish ; o’quvchilar dars mavzusi bilan tanishtirish. Yangi materyalni maqsadini ochib beradimi? Yangi materyalni o’rganish va tushuntirish tartibi? Yangi materyalni ta’limiy tarbiyavi axamiyati. O’rganiladigan tushunchalar atamalar va nomlar.
O’rganilgan darsni mustaxkamlash, yangi mavzuni qaysi savollari mustaxkamlanadi. Mustaxkamlashda qanday metodlar qo’llaniladi. Mustaxkamlasgda maqsadga erishiladimi?
Dars davomida bajarilgan amaliy va mustaqil ishlar.
Uy vazifasi topshiriqni ng mazmuni darslik va kartalardan foydalanish ko’rinishlari mavjudmi? Uy vazifasini bajarish bo’yicha ko’rsatmalar berildimi?