TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISHUCHUNSAVOL VATOPSHIRIQLAR Geografiyadan yillik istiqbol reja tuzishning ahamiyatini aniqlang. Mazkur rejani tuzishda o’qituvchi nimalarni nazarda tutishi lozim?
Geografiyadan mavzuli-taqvim reja tuzishning mohiyatini aniqlang.
Mavzuli-taqvim reja tuzishda o’qituvchi nimalarga e’tiborini qaratishi zarur deb hisoblaysiz?
O’quv dasturidagi dasturidagi boblar va mavzular o’quvchilarda geografik tushunchalarni shakllantirish tizimi ekanligini aniqlang.
Geografiyadan laboratoriya va amaliy mashg’ulotlarning maqsadi, vazifalari, ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan o’rnini belgilang.
Geografiya o’quv fanlarining dasturlarini tahlil qiling va istiqbol, mavzuli-taqvim reja tuzing.
Geogrfiya darslarini tahlil qilishda darsning qaysi jihatlariga asosiy e’tibor qaratish lozim?
O’rtog’ingiz tomonidan tashkil etilgan sinov darsini tahlil qiling va o’rtoqlaringiz bilan fikr almashing.
XVIII BOB. BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALAR, QO’YILADIGAN TALABLAR VA SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyani o’qitishning asosiy maqsadi o’quvchilarda DTS bilan me’yorlangan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish sanaladi.
SHu sababli, geografiya o’qitish metodikasining asosiy muammolaridan biri o’quvchilarda ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish masalasi hisoblanadi va mazkur masala juda ko’p geograf-metodistlar tomonidan tadqiq etilgan.
O’quvchilarda bilimlarni shakllantirish uchun, avvalo uning ta’rifini bilib olish zarur.
Bilim – narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va ular o’rtasidagi bog’lanishlar to’g’risida fan tomonidan aniqlangan tushunchalardan tarkib topadi.
Demak, bilim – tushunchalar tizimidan iborat bo’lib, tushunchalarni shakllantirish muammosi yetakchi o’ringa chiqadi.
Geografik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish geografik ta’lim va tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o’quv materiali mazmunining asosiy birligi sanaladi.