Tayanch so’z va iboralar: Geografik bilim, geografik ko’nikma, geografik malaka, ko’nikma tarkibi, ko’nikma shakllantirish bosqichi, ko’nikma va malaka sifati, tabiiy geografik ko’nikmalar, iqtisodiy geografik ko’nikmalar
TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Geografik bilim nima?
Nazariy va emperik bilimlarni qiyoslang.
Bilimlarni egallash jarayoni qanday qismlarni o’z ichiga oladi?
Geografik tushunchalarning turlarini va ularni shakllantirishning asosiy metodlarini ayting.
Tushunchalarning induktiv va deduktiv yo’li nima? Misollar keltiring.
Qanday xolatlarda tushuncha o’quvchi tomonidan egallangan hisoblanadi?
Geografik ko’nikmalarni shakllantirish bosqichlarini ayting.
Geografik ko’nikma va malakalarni shakllantirishning bilimlar sifati bilan qanday aloqadorligi mavjud?
BOB. GEOGRAFIYA KABINETI VA UNI JIHOZLASH
Geografiya kabineti va uni jihozlash
Geografik bilimlarni o’zlashtirishda geografiya xonasi va unda joylashgan jihozlar katta ahamiyatga ega. Geografiya xonasi mavjud bo’lgandagina tegishli o’quv vositalaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish mumkin. Geografiya xonasi o’quv vositalari majmuasini, mebellar, o’qituvchi va o’quvchilar uchun moslamalar, o’quv jihozlarini saqlash qurilmalari, texnik vositalar, ekspozittsion materiallar, ilmiy-metodik qo’llanmalardan iborat murakkab tuzum bo’lib hisoblanadi.
Geografiya xonasini uch qismga bo’lishimiz mumkin: a) o’quvchilarni joyi; b) o’qituvchini joyi; v)jihozlar.
Dostları ilə paylaş: |