O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə165/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

To’garakning faoliyati. To’garakning faoliyati yuqorida aytganimizdek muntaazam ravishda haftada bir marta o’tkazib turiladi. To’garakda ishlar sektsiyalar ya’ni bo’limlar bo’yicha olib boriladi. Har bir bo’limda eng kamida 5- tadan a’zo bo’lishi lozim. Har bo’lim rahbari to’garak a’zolariga olib boriladigan ishlarni bo’lib beradi. Masalan, “Yosh o’lkashunos” bo’limida ishlar quyidagicha bo’lishi mumkin: Buyuk tabiiy geograf olimlar merosini o’rganish; Tabiiy geografik sharoit komponentlarini o’rganish (tog’ jinsari, relyef, iqlim, ichki suvlar, tuproq o’simlik va havyvonot dunyosini o’rganish), landshaftlarni o’rganish; ob-havoni o’rganish va h.k.
Geografiya to’garagida ilmiy ishlarni olib borishda geografik tadqiqotlar olib borish bo’yicha nashr etilgan metodik qo’llanmalar katta yordam beradi. Masalan, joyni geoglogik sharoitini, o’simlik va hayvonot dunyosi, tuprog’i, tarixi, arxeologik yodgorliklarini o’rganish bo’yicha nashr qilingan metodik qo’llanmalar katta ahamiyatga ega.
Iqtisodiy geografik yo’nalishda olib boriladigan to’garak ishlarida statistik maa’lumotlar, iqtisodiy ma’lumotlar, iqtisodiy sharoitni tavsifiga bag’ishlangan qo’llanmalar va mongografiyalar katta ahamiyatga ega.
To’garakda to’garak a’zolari haqida ma’lumotlar jurnali, har bir to’garak a’zosida esa kundalik bo’lmog’i lozim.
Chrak oxirida yoki o’quv yilining oxirida har bir tarmoq o’z qilgan ishlari haqida xisobot beradi. Ular asosida to’garak rahbari umumiy yakuniy hisobot tayyorlaydi.


      1. Geografik jamiyat, klub va o’lkashunoslik muzeyi


Sinfdan tashqari ishlarni mazkur shakli yangi xisoblanadi, chunki u ilgari mmaktabdan tashqari ishlar toyifasiga kirar edi va maktabdan tashqari muassalar


tomonidan tashkil qilinar edi. Masalan. “Globus” geografiya jamiyati yoshlar kulubini tarkibida keng tarqalgan edi.
Geografiya to’garagiga qaraganda geografiya jamiyatida a’zolar ko’proq bo’ladi va uning faoliyati turli tumanligi bilan ajralib turadi. Geografiya jamiyatining maqsadi o’quvchilar orasida va maktab joylashgan hududa geografik bilimlarni tashviqot qilishdan iborat. Geografiya jamiyatida o’quvchilar izlanuvchanlik va tadqiqotchilik faoliyati bilan shug’ullanadi.
Geogafik izlanuvchanlikda o’quvchilar kutubxonadagi mavjud xujjatlarni o’rganishadi, ya’ni arxiv materiallari, foto rasmlar, davriy nashriyot materiallari, amaliy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, statistik materiallar, geografik haritalar, rasmlar va kartinalarni o’rganishadi.
Geografik izlanishda maxalliy aholidan so’rov o’tkazish ham katta ahamiyat kasb etadi. Izlanuvchanlikda kuzatish katta o’rin tutadi. Bunda
tabiat, tabiat hodisalari, ishlab chiqarish jarayoni kuzatiladi. Izlanuvchanlikda eski va yangi haritalarni solishtirish ham muhim natijalarni berishi mumkin.
Izlanuvchanlikdan so’ng o’quvchilarni tadqiqot ishlariga qiziquvchanligini oshirish lozim. O’quvilar tadqiqot ishlariga jalb qilinganda ularni tadqiqot o’tkazish usullari bilan tanishtirish lozim. Shundan so’ng ularda tadqiqot o’tkazish uchun mustaqil ishlar topshirish mumkin. Bunda o’quvchilar matematik, kartografik usul bilan hamda geografik asbob-uskunalar, jihozlar va jihozlar bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishlari shart. Tadqiqot ishlari quyidagi yo’nalishlarda olib borilaishi mumkin: joyni tuprog’ini o’rganish va haritaga tushirish; joydagi antropogen landshaftlarni o’rganib ularni geografik haritaga tushirish, joydagi ishlab chiqarish korxonalarini o’rganish va h.k.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin