O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə166/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Geografik klublar. Uning asosiy maqsadi o’quvchilarni darsdan bo’sh vaqtlarini ilmiy-bilish faoliyati bilan to’ldirishdir. Geografik kulubdagi ishlar to’garak, izostudiya, folьklor ansambli, kinolektoriya va boshqalar bilan birga olib boriladi. Geografiya jamiyatiga o’xshab geografik klub ham o’quvchilarni kata qismini jalb qiladi. Uning o’tkazadigan marosimlarda maktab joylashgan qishloq yoki maxallaning aholisi ham qatnashishi mumkin. U faqat geografik bilimlarni targ’ibot qilibgina qolmasdan o’quvchilarni maktabdagi mashg’ulotlar tugagandan so’ng bekorchilik va boshqa keraksiz ishlar bilan shug’ullanishini oldini oladi. Chunki u maktab joylashgan maxalla yoki qishloqning madaniy markazi bo’lib ham hisoblanadi. Geografik klublar hozirgi vaqda maktabdan tashqari muassasalarda ham tashkil qilinishi mumkin.
O’lkashunoslik muzeyi. O’lkashunoslik muzeyini jihozlash geogrfik to’garak, geografik jamiyat yoki klub asosida olib boriladi. Sinfdan tashqari hamda maktabdan tashqari ishlarning natijalari o’lkashunoslik muzeyini tashkil qilish va jihozlashda katta ahamiyatga ega. Geografiya to’garagini har bir tarmog’i bo’yicha yig’ilgan materiallar muzeyga eksponat sifatida qo’yiladi. Masalan, “Yosh biolog” bo’limi muzeyini tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi namunalari bilan jihozlashlari va muntazam to’ldirib borishlari lozim, “Yosh iqtisodiy geograf” tarmog’i esa joydagi ishlab chiqarish korxonalari maketlari va ularning mahsulotlari namunalari bilan muzeyni jihozlashlari mumkin va h.k
O’lkanunoslik muzeyi sinfdan tashqari ishlarni natijalarini umumlashtirib ko’rsatadi. Mazkur muzey ishlarida “Yosh tarixchi” to’garagi a’zolari ham qatnashishi mumkin. Ularni qo’llagan materiallari o’lka tarixi bo’limining eksponatlarini to’ldiradi.


20.2.3 Geografik konferentsiyalar va kechalar


Maktab o’quvchilarini geografiya faniga qiziqtirishni yana bir bosqichi “Geografik konferentsiya” hisoblanadi geografik konferentsiyada ishlar quyidagi tartibda olib boriladi.



  1. Konferentsiyaning mavzusi aniqlanadi. Konferentsiyaning mavzusi geografiya fanining hamda o’lka geografiyasining dolzarb muammolariga bag’ishlanadi. Masalan, cho’llanish jarayoni, iqlimni isishi, yoqilg’i resurslarini muammosi, demografik muammo, ekologik muammo va h.k.

  2. Konferentsiyaga tayyorgarlik bo’yicha ma’lum bir mavzuga bag’ishlangan adabiyotlar ro’yxati tuziladi. 10-15 kun avval konferentsiya o’tkazish haqida ma’lumot osib qo’yiladi.

  3. Konferentsiyani o’tkazish. Konferentsiya qatnashchilari o’zlari tanlagan mavzu bo’yicha loyiha tayyorlashadi va uni konferintsiyada himoya qilishadi. Masalan O’zbekiston maktablarida “Orol muammosi”ga bag’ishlangan konferentsiya tashkil qilish mumkin. Geografiya o’qituvchisi mazkur muammoni quyidagi qismlarga bo’lib har bir bo’lim bo’yicha loyiha tayyorlashni xoxlovchi o’quvchilarga topshirishi mumkin: Orolni XX asrning birinchi yarmidagi tabiiy geografik sharoiti; Orolni XX asrning ikkinchi yarmidagi quriy boshlashining asosiy sabablari; Orolni qurishini geografik oqibatlari; Orolni qutqarib qolish bo’yicha loyixalar.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bo’yicha quyidagi loyixalarni yashab turgan joyi bo’yicha tuzilishi mumkin:

  1. Joyining (shahar, tuman, qishloq) geografik joylanishi. Bunda quyidaggi ma’lumotlar yoritiladi: matematik geogrvfik joylanishi; tabiiy geografik joylanishi; iqtisodiy geografik joylanishi; siyosiy geografik joylanishi; geogekologik joylanishi.

  2. Joyning tabiiy resurslari

  3. Joyning tarixi

  4. Joyning iqtisodiy geografik joylanishi

  5. Joyning rekratsion va turistik obyektlari

  6. Joyning rivojlanish kelajagi

Mazkur mavzularni o’quvchilarga bo’lib beriladi va ular geografik konferentsiya uchun ma’ruza tayyorlashadi.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin