O’quvchilarnitabiatni tushunish vatabiatni sevishga o’rgatish geografik to’garaklarda, geografik kechalar, geografik haftalar va boshqa sinfdan tashqari ishlarda olib boriladi. Unda o’quvchilar o’qituvchini topshirig’iga binoan tabiat haqida turli ilmiy ommabop va badiy adabiyotlar bilan tanishadi. Mazkur adabiyotlar bilan tanishish va berilgan topshiriqlarni bajarish davomida ularda tabiatning asosiy tarkibiy qismlari, tabiatni qo’riqlash haqida bilimlar shakllanadi.
Tabiat va tabiatni sevish bo’yicha berilgan topshiriqlarda qo’riqxonalar, milliy bog’lar, buyurtmalar, yo’qolib ketgan va yo’qolish arafasida turgan hamda himoya qilinadigan o’simlik va hayvonlar dunyosi, noyob tabiat yodgorliklari haqida ma’lumotlar muhims o’rin tutadi.
O’ziyashabturganjoyhaqidabilimlarnichuqurlashtirish. O’zi yashab turgan joy haqida bilimlarni chuqurlashtirish sinfdan tashqari ishlarni bajarishda o’tkazilishi mumkin. Buning uchun o’qituvchi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ma’lumotlar to’plashni o’quvchilarga topshirmog’i lozim:
-joyni tabiiy geografik sharoiti xaida: geografik joylanishi, geologik tuzilishi; foydali qazilmalari; relyefi; iqlimi; ichki suvlari; tuprog’i, hayvonot dunyosi;
- joyning iqtisodiy geografik sharoiti haqida: iqtisodiy geografik o’rni; tabiiy resurslari; aholisi; xo’jaligi (sanoati, qishloq xo’jaligi), transporti va tashqi iqtisodiy aloqalari;
-rekratsion va turistik obyektlari.
Mazkur yo’nalish bo’yicha o’quvchilar alohida – alohida topshiriqlar bkerishi mumkin. Joyning tuprog’i, o’simligi va hayvonot dunyosi haqida ma’lumotlar bo’lmasa o’quv sayoxatlari davomida yig’ilgan ma’lumoitlardan foydalanish mumkin.
Mazkur maqsadni bajarish davomida o’quvchilar o’z yashayotgan joylari haqida bilimlarni yanada chuqurlatirishadi.
O’quvchilarni tabiiy muhit haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish.
O’quvchilarni tabiat haqida, o’z yashash joyini geografik sharoitini o’rganish jarayonida tabiiy muhit haqida tasavvurlari yanada kengayadi va rivojlanadi. Tabiatni asosiy tarkibiy qismlarini (litosfera, gidrosfera, atmosfera, biosfera) o’rganish davomida o’quvchilarni tabiiy muhit haqida tasavvurlari kengaya boshlaydi.