Tayanch so’z va iboralar: Geografiya kabineti, o’quv vositalari, o’quv jihozi. fakultativ mashg’ulot, amaliy mashg’ulot, sinfdan tashqari ishlar, geografiya to’garagi, sinf taxtasi, kartoteka.
TALABALARNING O’ZLASHTIRGAN BILIMLARINI NAZORAT QILISH UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Geografiya xonasini jihozlariga qanday talablar qo’yiladi?
Geografiya xonasida o’quvchilarni ish joyi qayerda joylashadi? 3 Geografiya xonasida o’qituvchining ish joyini aniqlang.
Geografiya xonasida o’quvchining ish joyi qanday talablarga javob berishi lozim?
Sinf taxtasidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Geografiya xonasidagi kartotekalar qanday guruhlarga bo’linadi?
O’qituvchini geografiya xonasida olib boradigan tashkiliy-xo’jalik ishlari qanday bosqichlarga bo’linadi?
Geografiya xonasidan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
BOB. GEOGRAFIYA TA'LIMIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNING TURLARI, ULARNING MAQSAD VA VAZIFALARI
Geografiya ta'limida sinfdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari
Sinfdan tashqari ishlar umumta’lim maktablarida juda muhim ta’limiy – tarbiyaviy ahamiyatga ega. shuning uchun sinfdan tashqari ishlar o’quv jaryonining ajralmas qismi hisoblanadi. Sinfdan tashqari ishlarga geografiya to’garagi, sinfdan tashqari o’qishlar, geografik konferintsiyalar, geografik kechalar, geografik haritalar, geografik sektsiyalar, geografik jamiyatlar, o’lkashunoslik muzeyi, geografik klublar kiradi.
Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni bilish faoliyatini rivojlantirshda, mustaqil ishlarni, ko’nikmalarni shakllantirishda, o’quvchilarni tabiatga va o’z vataniga muhabbat ruxida tarbiyalashda, o’quvchilarni o’z vatanlarini yutuqlaridan faxirlanish tuyg’ularini shakillantirishda muhim ahamiyatga ega, shuning uchun
sinfdan tashqari ishlarni maqsadi va vazifalari aniq ishglab chiqilsa ularni samarasi juda yuqori bo’ladi.
Sinfdan tashqai ishlarning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat: o’quvchilarni tabiatni tushunish va tabiatni sevishga o’rgatish; o’z yashab turgan joyi haqida bilimlarini chuqurlashtirish; o’quvchilarni tabiiy muhit haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish; o’quvchilarga geografiya faniga qiziqish uyg’otish; o’quvchilarni geografik tadqiqot usullari bilan tanishtirish va h.k.
Dostları ilə paylaş: |