O’qituvchini geografiya xonasida olib boradigan tashkiliy xo’jalik ishlari
Geografiya xonasi o’quvchilarni bilim olish faoliyatini samarali tashkil qilishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun geografiya xonasini tashkil qilishga
katta ahamiyat berilmog’i lozim. O’qituvchilarni geografiya xonasida qiladigan ishlari quyidagi bosqichlardan iborat:
Birinchi bosqich. O’qituvchi geografiya xonasini qabul qilib oladi. Xonani qabul qilib olgandan so’ng o’qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
-kabinetdagi mavjud bo’lgan o’quv jihozlari ro’yxatini tuzadi. O’quv jihozlariga: mebellar, barcha o’quv vositalarini namoiyish qilish va saqlash moslamalari kiradi. Buning uchun barcha ishga yaroqli bo’lgan o’quv jihozlarini ro’yxati tuziladi. Shu bilan birga ishga yaroqsiz ta’imrlash lozim bo’lgan o’quv jihozlari ro’yxati ham tuziladi. O’quv xonasida mavjud o’quv jihozlari optimal xona jihozlari bilan solishtiriladi va xonaning jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi aniqlanadi.
Ikkinchibosqich. Mazkur bosqichda barcha o’quv jihozlari ularga ajratilgan joylarga o’rnatiladi. O’qituvchi va o’quvchining ish joyi tashkil qilinadi. O’quv vositalari saqlanadigan joy aniqlanadi va ular o’qitishni texnik vositalari va geografik haritalardan foydalanish uchun moslamalar bilan jihozlanadi. So’ngra quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
geografiya xonasini qayta jihozlash, namoyish stendlari uchun materiallar to’plash, o’lkashunoslik materialini yig’ish bo’yicha ishlar rejasi tuziladi;
o’lkashunoslik burchagini va muzeyini jihozlash rejasi tuziladi. Unda o’lka tabiiy va iqtisodiy sharoiti tarkibiy qismlari namunalari, modellari va maketlari joylashtiriladi. Masalan, tog’ jinslari namunalari, qishloq yoki shahar modeli, qishloq xo’jalik yoki sanoat mahsulotlari namunalari;
geografik maydonchani jihozlash rejasi tuziladi;
geografiya xonalaridagi barcha jihozlar, asbob-uskunalar ro’yxati tuziladi.