O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə155/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Tushuncha – narsa va hodisalarning umumiy belgilarini aks ettiruvchi fikr.
Tushunchalar mohiyati jihatidan aniq va mavhum tushunchalarga ajratiladi.
Bir butun narsaga aloqador tushuncha aniq tushuncha deyiladi. Masalan, Yevrosiyo, Afrika, Appalachi, musson, bosim va h.k.
Moddiy borliqdagi narsalarni ajratib olingan ba’zi xususiyat sifat va xolatlarga, shuningdek narsalar o’rtasidagi ichki munosabatlarga, qonuniyatlarga qaratilgan tushunchalar mavhum (abstrakt) tushunchalar deb atala
di. Masalan, kenglik, uzunlik, balandlik, tog’lik, ixtisoslik, bozor va h.k.
Tushunchalarni egallash uning negizida yangi tushunchalarni egallash uchun asos bo’lib xizmat qiladi va tushunchalar o’rtasida to’g’ri aloqadorlik o’rnatishni ta’minlaydi.
Tushunchani egallash deganda: uning mazmuni hamda u bilan bog’liq bo’lgan tasavvurlarni egallash tushuniladi. Geografiya kursidagi har bir tushuncha oquvchilar ongida turli metodlar, yo’llar bilan shakllantiriladi. Buni har bir narsa, voqea, hodisa mazmuni belgilaydi.
Geografik tushunchalarni egallashning eng asisiy tomoni shundaki, ularga ta’rif bermay turib ularni egallab bo’lmaydi. Geografik tushunmchalar induktiv va deduktiv yo’llar bilan tushuntirilishi mumkin (11-jadval).
11-jadval

T/R

INDUKTIV

DEDUKTIV

1

Geografik obyekt va hodisalarni
kuzatish

Tushunchaning ta’rifini berish

2

Ularni taqqoslash orqali tushuncha
belgilarini ajratish

Tushunchaga xos bo’lgan asosiy
belgilarni ajratish va egallash

3

Umumlashtirilishi

Tushuncha aloqadorligini aniqlash

4

Tushunchaga ta’rif berish bo’yicha
bajariladigan ishlar

Mashqlar orqali tushuncha belgilarini
mustahkamlash

5

Tushuncha haqidagi bilimni amalda
qo’llash

Yangi o’quv vaziyatida tushunchani
qo’llash

Yuqoridagilarga erishish uchun o’quvchilarda bilish faoliyatini tashkil etish zarur. O’quvchilarning bu faoliyatini tabiiy geografik va iqtisodiy geografik bilim manbalariga, juladan, geografik xarita, ststistik ma’lumotlar, kuzatish va tajriba natijalariga tayanmasdan tashkil etib bo’lmaydi. Geogarfik tushunchalarni egallashdagi ikkinchi muhim xususiyat ilmiy tushunchalarning bir-biri bilan bog’lanib tizim hosil qilganlidadir. Masalan, maktab tabiiy geografiya kurslari Yer tabiatiga. Geografik qobiqlar tarkibi va rivojlanishiga oid bo’lgan yagona bilimlar


tizimiga ega. Shu tufayli ham tabiiy geografik tushunchalar mantiqan va geografik mazmun jihatdan bir-biri bilan bog’liq. Bunga misol tariqasida “tabiiy hududiy kompleka”, “geografik qobiq”, “tabiat komponentlari” va boshqalarni keltirish mumkin. Geografik tushunchalarni shakllantirish uzoq muddat talab qilinadigan jarayon bo’lib, bir necha kurs davomida o’rganiladi. Masalan, ekologiya tushunchasini shakllantirish. U quyi sinflardan boshlanib, yuqori sinfgacha davom etadi. Geografik tushunchalarni shakllantirish jarayoni boshqarilish xususiyatiga ega bo’lib, uni o’qitivchi amalga oshiradi. O’qituvchi darslik va darsliklar asosida tushunchalarni ajratadi, ularni egallash, mustahkamlash va amalda qo’llash bosqichlarini belgilaydi, hamda o’quvchilarni tushuncha mazmuniniqanday egallash zarurligini ta’minlaydi. Geografik tushunchalar ta’lim jarayonida sekin asta rivojlanadi. Darsda shu narsaga e’tibor berish kerakki, umumiy tushunchalarni shakllantirish yakka tushunchalarga tayanmasdan amalga oshmaydi. Masalan, O’zbekiston relyefi tushunchasi shu paytda yaxshi shakllantirilishi mumkinki, qachonki o’quvchilarda relyef va relyef hosil qiluvchi omillar haqida tushunchalar mavjud bo’lsa. Quyida O’rta Osiyo tabiati tushunchasini shakllantirish jarayonini misol tariqasida keltiramiz. Tahlil va abstrakt (mavhum) dan foydalanib, o’quvchilar hayolan O’rta Osiyoni qicmlarga bo’ladilar. O’rta Osiyoning tog’li qismi va ularning elementlarini (relyefi, iqlimi) bilan tanishish o’quvchilarni O/rta Osiyoning tabiati komponentlari aloqadorligini bilib olishga yordam beradi. O’rta Osiyo relyefi, iqlimi, o’simliklari va boshqa komponentlarini boshqa xududlar bilan qiyoslash orqali ularning o’ziga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarini ajratadilar. Keyinchalik esa deduktiv yo’l bilan tabiat komponentlari haqidagi umumiy tushunchalarga tayanib ular o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikni ajratadilar. O’rta Osiyo tabiatini boshqa hududlar tabiati bilan taqqoslash orqali O’rta Osiyo tabiat kompleksi degan to’liq tushunchani egallaydilar.
Geografik obyektlarni ko’rgazmali qurollarsiz va xaritasiz o’rganish ularga xos bo’lgan belgilarni ajratishni birmuncha qiyinlashtiradi. Xarita va ko’rgazmali qurollar o’rganilayotgan obyektga doir muhim belgilarni o’zida mujassamlashtirgan bo’lishi kerak. Yakka tushunchalarni shakllantirish uchun o’quvchilar hayolan shu obyektni xarita bilan bog’lay olish kerak. Shu tufayli ham xarita yakka tushunchalarni shakllantiruvchi asosiy manbadir. Faqat xarita orqaligina istalgan geografik obyektning geografik o’rniga xos bo’lgan belgilarni ajratish va shu hududning ichki xususiyatlarini ajratish imkoniyatlari tug’uladi.
Taqqoslash geografik tushunchalarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega. O’quvchilar o’zlariga tanish obyektlarni o’rganilayotgan obyektlar bilan taqqoslash orqali ularga xos bo’lgan belgi va xususiyatlarni bilib oladilar. Masalan, Amedaryo va Sirdaryoni taqqoslashda har ikkala daryoning shumolga oqishini, uzunligi deyarli tengligini, ularni baland tog’lardan boshlanishini, to’yinishini hamda deyarli bir xil ekanligini aniqlaydilar. Obyektlar komponentlarini oddiy qiyoslash orqali o’qituchi murakkabroq taqqoslashga o’tadi. Masalan, nima uchn ularning shimolga tomon oqishi sabablarini, irmoqlari, Amudaryo suvining nima sababdan Sirdaryoga nisbatan loyqa ekanligini kabi ko’plab xususiyatlarini ajratadilar. Tushuncha quyidagi xollarda o’quvchilar tomonidan egallangan hisoblanadi:

  1. O’quvchi tushunchaga ta’rif bera olsa (agar u umumiy tushuncha bo’lsa).

  2. Tushuncha mazmuniga xos bo’lgan belgilarni ajrata olsa, tushuncha belgilari o’rtasidagi aloqadorlik va bog’liqlikni farqlay olsa.

  3. O’rganilayotgan geografik obyekt yoki hodisa haqida o’quvchi obrazli tasavvurga ega bo’lsa.

  4. O’quv vazifalarini bajaraishda tushunchani mustaqil qo’llay olsa.

Tushunchaning muvoffaqiyatli o’zlashtirilishi uchun o’quvchilar e’tiborini tushuncha belgilarini tahlil qilishga qaratishi kerak. Ishning bunday tashkil qilinishi o’quvchilarni obyekt va hodisalardagi eng muhim va ikkinchi darajali belgilarni ajratishlari, ularni taqqoslashga va guruhlashga o’rgatadi. Bunda ekskursiyalar, joyda amaliy ishlar uyushtirish katta rol o’ynaydi. O’quvchilarni umumiy tushunchalarni mustaqil qo’llay olishi uchu reprodektiv metod va ijodiy hamda muammoli topshiriqlarni (qisman o’zgaruvchan va tadqiqot metodlari) bajarishga o’rgatish kerak.
Geografiyani o’qitishda bilimlarni amalda qo’llash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu quyidagi yo’nalishlarda bo’lishi mumkin:

  1. Amaliy topshiriqlarni, masalan, yer osti suvlarining harakatini, chiqurligini aniqlash, daryoning suv sarfi, o’rtacha chuqurligini aniqlash va boshqalar.

  2. Geografik bilimlarni tabiat xodisalari va voqealarini tushuntirishda (yil fasllarining almashinishi yoki siyosiy xaritalarni o’zgarishi) ishlatish mumkin.

  3. Bilimlarni qo’llash avval o’zlashtirgan bilimlarni va yangi bilimlarni egallash jarayonida ham ishlatish mumkin. Iqtisodiy geografik tushunchalarni shakllantirish ham o’ziga xos bo’lib, odatda u uchta bo’g’indan iborat bo’ladi.

  1. Kirish. O’quvchilar bu bo’g’inda dastlab mamlakat yoki hududning boshqa mamlakatlar va hududlar o’rtasida tutgan o’rni, maydoni va aholisi, tabiiy boyliklari, mehnat resurslari bilan ta’minlanish, xalq xo’jaligidagi ixtisoslik tarmoqlarining tutgan o’rniga oid ma’lumorlar bilan tanishadilar.

  2. Mamlakat yoki hududning iqtisodiy geografik ta’rifiga ega bo’lgan xususiyatlari bilan tanishadilar. Shu bo’g’inda to’liq tushunchaga ega bo’ladilar.

  3. Mamlakat yoki iqtisodiy rayonni boshqa iqtisodiy rayon va mamlakatlarga qiyoslash orqali tushunchani amalda qo’llashga erishadi. Har bir bo’g’in har xil ishlashni talab qiladi.


    1. Yüklə 496,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin