Jahon mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi ta’limida o‘rganiladigan tabiiy, ijtimoiy hodisalar va tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga e’tibor qaratishdan iborat.
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi Yer shari aholishi va mehnat resurslari, aholining mehnat faoliyati turlari, jahon iqtisodiyoti, iqtisodiyot tarmoqlari, ularni tashkil etish va joylashtirish qoniniyatlari, xalqaro geografik mehnat taqsimoti, mamlakatlar o’rtasidagi xalqaro iqtisodiy aloqalar to’g’risidagi bilimlar bilan o’quvchilarni qurollantiradi. Shuningdek, o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishga juda katta ta’sir ko’rsatadi.
Hozirgi ishlab chiqarish, texnika va tabiatdan foydalanish jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, demografik, geosiyosiy sharoit tadrijiy ravishda o‘zgarib borayotgan vaqtda maktablarda geografiyasi, xususan Jahon mamlakatlari iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi kursining ahamiyati ortib
borishi bilan birga, uning mazmunini zamon talablari asosida o’zgartirib borish ham maqsadga muvofiqdir.r.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarda fanlarni o‘qitish jarayonida fan-texnika taraqqiyoti, muhandislik, matematika va kundalik hayot bilan bog‘lab o‘rganish ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning dolzarb masalasidir.
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi fanidan ta’lim berish, uning ilm-fan taraqqiyotida, ishlab chiqarish va tabiatdan foydalanish sohalari, ijtimoiy-madaniy va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘quvchilarda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt, jarayon va hodisalar, jahonning tabiiy sharoiti, aholisi va iqtisodiyoti, jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqadorligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishni oqilona tashkil etish, global va regional muammolar haqida tushunchalarni shakllantirish, tahliliy fikrlashga o‘rgatish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |