O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Tushuncha - insonga uning dunyoni idrok etishidagi intilishiga yordam beradi. Tushuncha bilan ish ko’rish – bu fikr yuritish demakdir. Odam tushunchalar vositasida fikr yuritadi. Fikr real dunyoni aks ettiradi va bilmaslikdan bilishga tomon qator bosqichlarni bosib o’tadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida geografiyani o’qitishning asosiy maqsadi o’quvchilarda DTS bilan me’yorlangan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish sanaladi.
Shu sababli, geografiya o’qitish metodikasining asosiy muammolaridan biri o’quvchilarda ta’lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish masalasi hisoblanadi va mazkur masala juda ko’p biolog-metodistlar tomonidan tadqiq etilgan.
O’quvchilarda bilimlarni shakllantirish uchun, avvalo uning ta’rifini bilib olish zarur.
Bilim – narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va ular o’rtasidagi bog’lanishlar to’g’risida fan tomonidan aniqlangan tushunchalardan tarkib topadi.
Demak, bilim – tushunchalar tizimidan iborat bo’lib, tushunchalarni shakllantirish muammosi yetakchi o’ringa chiqadi.
Geografik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish geografik ta’lim va tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o’quv materiali mazmunining asosiy birligi sanaladi.
O’quvchilarda tushunchalarni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
O’quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish;
O’qituvchi tomonidan tushunchalarni shakllantirish bosqichlariga amal qilinishi o’quvchilarning tushunchalarni qabul qilishiga, tushunishiga imkon yaratadi.
Shu sababli, o’qituvchi har bir o’quv fani mazmunidagi tushunchalarni belgilab olishi, diqqat markazini o’q uvchilarda shu tushunchalarni shakllantirishga qaratishi lozim.
Tushunchalar mavzudan mavzuga o’tgan sari asta-sekin rivojlantirilib, mukammallashib boradi, shunga ko’ra tushunchalarni shakllantirish bilan bir qatorda rivojlantirilishi muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, tushunchalarni o’quvchilar birdaniga egallay olmaydilar, tushunchalarni hosil bo’lishida yuqorida qayd etilgan bosqichlarni amalga oshirish, buning uchun esa muayyan vaqt kerak bo’ladi. Faktlardan tushunchalarni keltirib chiqarish uzoq davom etadigan jarayon bo’lib, eng muhimi tushunchalarni «tayyor» holda berishdan saqlanish, qiyinchiliksiz qabul qilingan tushunchalar tez esdan chiqishini unutmaslik kerak.
O’qituvchi tushunchalarni shakllantirish bosqichlariga amal qilishi, o’quvchilarning aqliy faoliyati jalb etishi, ular tomonidan obyektlarni taqqoslash, o’xshashlik va farqini topish, umumlashtirish va xulosa chiqarish kabi mantiqiy fikr yuritish operatsiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini egallashlariga zamin yaratishi lozim.
Geografiya o’quv fani mazmuni mantiqiy izchillikda shakllantirish, rivojlantirish va o’zaro aloqada bo’lgan tushunchalar tizimidan iborat.
Geografiya o’quv fani mazmuniga geografiya fanining geologiya, geomormologiya, gidrologiya, iqlimiy, tuproqshunoslik, geobotanik, zoogeografik, iqtisodiy geografiyaga oid ma’lumotlar kiritilgan bo’lib, tushunchalar tizimi shu fan asoslari bilan belgilanadi.
Shu sababli, geografiya o’quv fanining asosiy geografik tushunchalari sirasiga geologik, geomorfologik, gidrologik, iqlimiy, tuproqshunoslik, geobotanik, zoogeografik, iqtisodiy geografik tushunchalarni kiritish mumkin.
Geografik tushunchalar mazmuni va mohiyatiga ko’ra: oddiy va murakkab, xususiy va umumiy geografik tushunchalarga ajratish mumkin.
Ma’lumki, har bir tushuncha avval oddiy, so’ngra boshqa oddiy tushunchalar bilan birlashib murakkab tushunchalarni hosi qiladi.
Umumiy tushunchalar bir xil xususiyatga ega bo’lgan ko’p narsa hodisalarni gavdalantiradi. Ularga alohida narsa va hodisalar kirmasdan, balki bir xil nom bilan ataluvchi narsa va hodisalar kiradi. Butun tabiatdagi barcha voqea va hodisalarga ta’luqli geografik qonuniyatlar to’g’risida va ayrim geografiya kurs- larining maxsus tushuncha-larini umumlashtiruvchi tushunchalar umumiy geografik tushunchalar hisoblanadi
Xususiy tushunchalar ichida faqat bitta mavzuda rivojlantiriladigan tushunchalar lokal tushunchalar deyiladi. Masalan, Farg’ona vodiysini qanday tog’lar o’rab turadi? Qizilqum cho’li O’zbekistonning qaysi qismida joylashgan? Kaynazoy erasida respublikamiz yer yuzasi qanday o’zgardi? Yoqilg’i resurslari Respublikamizning qaelarida ko’p tarqalgan?, Nima sababdan Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida sholichilik rivojlangan? va h.k. Bunda Farg’ona vodiysi, Qizilqum cho’li, kaynazoy erasi, yoqilg’i resurslari, Quyi Amudaryo yakka tushunchalar. Ularga javob topish uchun tabiiy, geologik va tektonik kartalardan foydalanish zarur bo’ladi.
Xususiy tushunchalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Tabiiy geografik xususiy tushunchalar;
Iqtisodiy geografik tushunchalar;
Kartografik tushunchalar.
Xususiy tushunchalar umumiy tushunchalar kabi bir-biriga chambarchas bog’langan
Geografiya o’quv fani mazmuni mantiqiy izchillikda shakllantirish, rivojlantirish va o’zaro aloqada bo’lgan tushunchalar tizimidan iborat. Bu tushunchalar tizimi geografiya predmetiga kiritilgan fan asoslari bilan belgilanadi. Geografik o’rin, geologik tuzilish, rel’ef, iqlim, ichki suvlar, tabiat zonalari, tabiiy resurs, aholi, sanoat, qishloq xo’jaligi, transport, tashqi iqtisodiy aloqalar maktab geografiya kursining asosiy geografik tushunchalaridir.
Geografik bilimlarning bilish xususiyatiga ko’ra tushunchalar quyidagi turlarga bo’linadi:
Geografik voqea va hodisalarning tashqi ko’rinishi haqidagi bilimlar.
Geografik voqea va hodisalarning fazoda joylashuvi haqidagi bilimlar.
Geografik voqea va hodisalarning xossalari haqidagi bilimlar.
Geografik jarayonlar haqidagi bilimlar.
Geografik borliq va hodisalarining tarkibi haqidagi bilimlar.
Geografik borliq va hodisalarning tuzilishi haqidagi bilimlar.
-Geografik voqea va hodisalar orasidagi aloqalar haqidagi bilimlar.
Tushunchalar mavzudan mavzuga o’tgan sari asta-sekin rivojlantirilib, mukammallashib boradi, shunga ko’ra tushunchalarni shakllantirish bilan bir qatorda rivojlantirilishi muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega.