O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


XI BOB. IQTISODIY GEOGRAFIYA KURSINING MAZMUNI VA VAZIFALARI



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə51/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

XI BOB. IQTISODIY GEOGRAFIYA KURSINING MAZMUNI VA VAZIFALARI


    1. O’zbekiston ijtimoiy va iqtisodiy geografiyasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarda O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fani8-sinf o’quvchilariga respublika aholisi, aholining mehnat faoliyati, iqtisodiyoti va iqtisodiyot tarmoqlarining joylshtirish qonuniyatlari va omillari va ularninhg hududiy joylashuviga oid ta’lim berish, uning ilm-fan taraqqiyotida, ishlab chiqarish va tabiatdan foydalanish sohalari, ijtimoiy-madaniy va kundalik hayotda tutgan o‘rniga oid bilimlar bilan qurillantirishni nazarda tutadi.


O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi ta’limida o‘rganiladigan tabiiy, ijtimoiy hodisalar va tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli
holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etilgan bo’lib, bunda asosiy e’tiborni o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanini o‘qitishning asosiy maqsadi: o‘quvchilarda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt, jarayon va hodisalar, jahon va O‘zbekistonning tabiiy sharoiti, aholisi va iqtisodiyoti, jamiyat va tabiatning o‘zaro aloqadorligi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish, global va regional muammolar haqida tushunchalarni shakllantirish, tahliliy fikrlashga o‘rgatish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat.
O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:

    • Yer sayyorasi, O‘zbekiston Respublikasi tabiati, aholisi hamda iqtisodiyoti haqidagi tizimli va majmuali bilimlarni tarkib toptirish;

    • joy nomlari va geografik atamalarni to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish;

    • hozirgi zamon jamiyat va tabiat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarining mohiyati va xususiyatlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish, yosh avlodning ekologik madaniyatini, milliy boyliklarga nisbatan tejamkorlik munosabatini o‘stirish;

    • turli axborot manbalaridan foydalangan holda, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy obyekt hodisalarni tavsiflash, geografik haritalar, statistik ma’lumotlar bilan ishlashning amaliy ko‘nikmalarni tarkib toptirish;

    • geografik bilimlar asosida o‘quvchilarning iqtisodiy va siyosiy fikrlash doirasini kengaytirish;

    • o‘quvchilarni Vatanga mahabbat, milliy iftixor, fuqarolik mas’uliyati ruhida tarbiyalash.

    1. Yüklə 496,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin