O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə49/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi


Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi predmeti umumiy o’rta ta’lim maktablarining 6-sinfida o’qitiladi.


Materiklar va okeanlar geografik qobiqdan keyin turuvchi tabiat kompleksi bo’lib, ular geografik qobiqni tashkil etuvchi komponentlar hamda unda ro’y beruvchi jarayonlarning o’zaro qarama-qarshi ta’siri natijasida rivojlanishi natijasidir. Geografik qobiq hududiy bo’linishi natijasida nisbatan bir xil joylarning murakkab tabiiy tizimiga ajraladi, bu joylar tashqi ko’rinishi va ichki xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ularning katta-kichikligi va bir xillik darajasi turlicha bo’lishi mumkin
Materiklar va okeanlar tabiiy geografiya geografik qobiqning tabiiy chegaralar bo’yicha ajratilgan ayrim hududiy birliklarini o’rganadi
Butun geografik qobiq haqida va uni tashkil etuvchi tizimlar tabiiy komplekslar haqida gap ketganda, kishilik jamiyati faoliyatining tabiatga ko’rsatadigan juda katta ta’sirini unutmaslik kerak. Umuman geografik qobiq va uning ayrim qismlari tabiiy hududiy tizimlar sifatida garchi, Yer sharining rivojlanishi jarayonida shakllangan bo’lsada, bu tizimlar kishilik jamiyatining ta’sirida ma’lum darajada o’zgargan. Jamiyatning rivojlanish darajasiga,uning qaysi ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga mansubligiga, o’rganilayotgan hududda aholi qay darajada zich joylashganligiga qarab, tabiiy komplekslarning inson tomonidan o’zgartirilishi turlicha harakterda bo’lishi mumkin.
Materiklar tabiiy geografiyasi kursida barcha materiklar va okeanlarning ularga tutash qismlari (dengizlar va orollar bilan birga) o’rganiladi. Bunda quruqlikka asosiy e’tibor beriladi, okeanlar va dengizlar esa asosan ularning materiklar tabiiy sharoitining shakllanishidagi ahamiyati va aholining hayoti hamda faoliyatiga ta’siri nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi.
Har bir materikning ta’rifi regional tabiiy geografik ta’riflashning umum qabul qilgan muayyan plani bo’yicha beriadi. Bu planni geografnk qobnq doirasida tabiiy hududiy komplekslarni hosil qiluvchi tabiat komponentlarining o’zaro aloqadorligi va byrbiriga bog’liqligi taqozo etadi. Dastlab materikning, uning xususiyatlari, shakli, geografik o’rni, tabiati asosiy xususiyatlarining umumiy ta’rifi beriladi. Bu nisbatan kichik kirish qismidan so’ng mazkur materikni o’rab turuvchi okeanlarning qirg’oq bo’yi qismlari qisqacha ta’riflanadi. Materik umumiy tavsifining oxirida uning tabiatining hududiy taqsimlanish xususiyatlari va uning doirasida ajratiladigan tabiiy komplekslar tizimi masalasi ko’rib chiqiladi. Geografik qobiqning ajratiladigan regionlari murakkab tabiiy komplekslardan i borat bo’lib, ular tarkibida umuman geografik qobiqni tashkil etuvchi barcha tabiat komponentlari ishtirok etadi va o’zaro bir- biriga ta’sir etib turadi. Mazkur kursda rayonlashtirishninu asosiy birligi va geografik ta’riflashning asosiy obyekti bir butun, geografik jihatdan alohida ajralib turuvchi hudud (yoki orollar bilan bprga olingan akvatoriya)dir; bu hudud (yoki akvatoriya)ning asosiy qismi bir iqlim mintaqasida joylashgan
bo’lib, bir geotektonik oblastga kiradi. Uning doirasida bir iqlim tipi bilan va biror morfostruktura tipining ustun turishi bilan harakterlanuvchi nisbatan kichik tabiiy hududiy birliklar ajratiladi.



    1. Yüklə 496,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin