O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Geografiyani o’qitishda o’quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatini tarkib toptirish



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə56/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Geografiyani o’qitishda o’quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatini tarkib toptirish


Geografiyani o’qitishda o’quvchilarda mustaqil va ijodiy faoliyatni tarkib toptirish o’quvchilar bilan birgalikda va o’quvchilar mustaqil bajaradigan ishlar: darslik, yozuvsiz xarita, rasm, jadval, statistik ma’lumotlar va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash hamda amaliy mashg’ulotlarni bajarish katta ahamiyatga ega.
Geografiya ta’limida rasmlar juda keng qo’llaniladi. Ular orqali geografik voqea va hodisalarni tasviri bilan birga ularni o’ziga xos xususiyatlari va qirralarini ham ochib beradi.
Rasmlar (kartinalar) quyidagi xususiyatlarga ega:

  • rasmlar o’quvchilarni bilish faoliyatini tashkil qilishga imkon beradi. Rasmlardan foydalangan holda o’qituvchi uning mazmuni haqida so’zlab berishi mumkin, o’quvchilar bilan suhbat o’tkazishi mumkin yoki o’quvchilarga rasmni mustaqil tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar berishi mumkin. Masalan, cho’l tabiati tasvirlangan rasm, Qizilqum tabiiy geografik o’lkasini o’rganayotgan bo’lsa o’qituvchi o’quvchilarga rasmni tahlil qilish asosida Qizilqumni asosiy relyef shakillarini, o’simlik va hayvonot dunyosi haqida yozma ish bajarishni topshirishi mumkin. Rasm osib qo’yilganda sinfni hamma joyidan aniq ko’rinib turishi kerak;

  • juda yaxshi ishlangan rasm geografik obyekt, voqea va hodisalar haqida tasavvurlar xosil qilishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ularni ayrimlari tabiatni kuzatish ishlarini o’rnini bosishi mumkin. Masalan, o’quvchilar cho’l

yoki tog’ relyef shakllarini rasmda ko’rib, ular to’g’risida to’la tasavvurga ega bo’lishi mumkin. Rasmlar ayniqsa bevosita ko’rib yoki o’rganib bo’lmaydigan geografik voqea va hodisalarni o’rganishda katta ahamiyatga ega. Masalan, Antarktida tabiati, Tornado, Sunami va h.k. Demak rasmlar geografik voqea va hodisalar haqida tasavvur hosil qilishga imkon beradi;

  • o’quv rasmlari (kartinalari) aniq geografik voqea va hodisalarni umumlashgan tasviri hisoblanadi. Badiiy rasmlar yoki foto suratlardan farq qilib, ularda voqea va hodisalarning ayrim xususiyatlari bo’rtirilib ko’rsatiladi. Bunda geografik voqea va hodisalarni eng muhim jihatlari oson o’zlashtiriladi, ikkinchi tomondan mazkur obyekt voqea, hodisalarning muhim jihatlarini ikkinchi darajali jihatlaridan ajratib olish imkonini tug’diradi. Bilimlarni shakllantirish jarayonida rasmlarni o’rganish va tahlil qilish o’qituvchi yordamida amalga oshiriladi. Bilimlarni tekshirish va baholashda esa o’quvchilar rasmlarni mustaqil ravishda o’rganishadi, tahlil qilishadi va xulosalar yozishadi. Rasmlarni o’rganishdagi bunday yondoshish ikkita muhim ta’limiy muammolarni yechishga imkon beradi: o’quvchilarni geografik bilish metodlari bilan tanishtiradi, o’quvchilarda mantiqiy fikrlashni, abstrakt-nazariy tuzilmalarni ishlash qobiliyatini rivojlantirishga imkon beradi. Bunday faoliyat o’quvchilarni hissiy qabul qilishiga tayanadi.

Rasmlardan foydalanishning asosiy talablari quyidagilardan iborat:

  • rasm dars mavzusi mazmuniga mos tushishi lozim;

  • rasmda geografik obyekt, voqea va hodisalarni eng muhim xususiyatlari tasvirlangan bo’lmog’i lozim;

-rasm aniq va ravshan ko’rinmog’i lozim.
Misol uchun O’zbekiston xalq rassomi Chingiz Axmarovni tabiat manzaralariga bag’ishlangan rasmlaridan O’zbekiston va O’rta Osiyo tabiiy geografiyasini o’rganishda keng foydalanish mumkin. Mazkur rasmlarni tahlil qilish asosida o’quvchilar ongida umumiy tushunchalar oson va tez shakllantiriladi. Masalan, yassi va to’lqinsimon tekisliklar, burmali, palaxsali va qoldiqli tog’lar tropik o’rmonlar, Antarktida muz qoplami, cho’llar,tog’lar va h.k.

Yüklə 496,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin