Suhbat metodi-o’qitishning savol-javob shaklidir. Bu metodda o’qituvchining savoli va o’quvchining javobi asosiy o’rin tutadi. O’qituvchi suhbat davomida o’quvchilar fikrini o’rganiladigan geografik borliq va xodisalarni asosiy belgilariga yo’naltiradi va ularni bilish faoliyatini boshqarib boradi. O’qituvchi darsda o’tiladigan mavzuni e’lon qiladi, zarur savollarni o’rtaga tashlaydi, suhbatni mantiqiy qismlarga bo’ladi, o’quvchilar javobini tinglaydi, javobdagi xatolarni tuzatadi va to’ldiradi.
O’qituvchi suhbat davomida karta va boshqa ko’rgazmali qurollardan hamda o’quvchilarni ilgarii olgan bilimlaridan foydalanadi.
Mazkur usulda o’quvchilar bilimlarini boshqa metodlarga nisbatan yaxshiroq o’zlashtira olishadi. Ushbu metodning avzal tomonlari shundaki, dars davomida o’quvchilarni bilimlari tekshirib boriladi. Shuning uchun suhbatni geografiya ta’limidagi yetakchi metodlardan biri deyish mumkin. lekin hamma darslarda ham ushbu metodni qo’llab bo’lmaydi. Masalan, Quyosh tizimida sayyoralar, Yerning quyosh atrofidagi harakati, Beruniyning geografiya faniga qo’shgan hissasi kabi bilimlarni suhbat metodi yordamida o’tib bo’lmaydi. Suhbat metodini umumiy bilimlarni berib bo’lgandan so’ng, ayrim materiklar geografiyasini o’rganayotganda qo’llash mumkin. Masalan, Afrikaning iqlimi, Osiyoning relyefi, Janubiy Amirika daryolari va x.k... ya’ni o’quvchilar zarur bilimlarni egallab bo’lgandagina ushbu metodni qo’llash mumkin. Ushbu metod ikki turga bo’linadi: katexezik (savol-javob); evristik (keng ko’lamdagi) suhbat.
Katexezik suhbatda o’qituvchining savoliga o’quvchilar qisqa va aniq javob beradi. Savol-javob orqali geografik ma’lumotlar va xodisalarning joylanishi haqidagi bilimlar aniqlanadi. Masalan, Afrika bilan Yevroosiyoning chegarasi qayirdan o’tadi, qaysi kanal Shimoliy va Janubiy Amerika qi’alarini ajratib turadi, faqat bitta yarim sharda joylashgan materik qaysi, maktabga 1800 azimutda borsangiz qaysi azimutda qaytib kelasiz va x.k.
Katexezik suhbat eng oddiy suhbat turi bo’lib xisoblanadi. Bunda o’qituvchining qisqa va aniq savollarga o’quvchi qisqa va aniq javob berishi shart. Katexezik suhbatda o’qituvchining savollari mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog’langan bo’lishi mumkin va ular o’quvchini qaysidir muammoni yechishga undamaydi. Masalan, Volga daryosi qaysi ko’lga (dengizga) quyiladi, Marianna cho’kmasi qaysi okeanda joylashgan, O’zbekistonning eng past nuqtasi qaerda joylashgan va x. k. Mazkur suhbat o’quvchilarni bilim va ko’nikmalarini tekshirish, o’quv materialini mustahkamlash va qisman takrorlash uchun qo’llaniladi.
Dostları ilə paylaş: |