O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə61/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

O‘qitishning og‘zaki metodlari


Geografiya ta’limida og’zaki bayon metodlari bilim berishning asosiy metodlaridan biri xisoblanadi. Chunki o’qitish metodlarini barcha turlarini qo’llaganda mazkur metod u yoki bu shaklda albatta qo’llaniladi.


O’qituvchining og’zaki bayoni quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    • ilmiy jihatdan to’g’ri bo’lishi va ilmiy asoslangan bo’lishi zarur;

    • bilimlar mantiqan to’g’ri bo’lishi lozim;

    • bilimlar o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishi kerak;

    • o’qituvchining og’zaki nutqi qiziqarli bo’lishi zarur;

    • bayon me’yorida bo’lishi va uni o’quvchilar yozib olishga ulgurishi kerak;

    • og’zaki bayon boshqa usullar bilan qo’shib olib borilishi lozim;

    • og’zaki bayonda nutq yaxshi rivojlangan bo’lishi lozim.

Og’zaki bayon usullari to’g’i qo’llanganda u o’quvchilarda quyidagi xususiyatlarni rivojlantiradi:
O’qtuvchi fikrlarni kuzatib borish ko’nikmasini rivojlantiradi; geografik bilimlar va ular orasidagi aloqalarni yaxshi qabul qiladi; og’aki bayondagi asosiy fikrni o’zlashtirish ko’nikmasi shakllanadi. O’qituvchi tomonidan o’quv materialini aniq bir mantiqiy yo’nalishda ochib berishni o’quvchilarda tafakkurni rivojlanishiga yordam beradi.
Og’zaki bayon metodini afzalliklaridan biri shundaki unda 15-20 minutda katta xajimdagi material beriladi va vaqtdan samarali foydalaniladi.
Og’zaki bayon metodlarini qator yutuqlari bilan birga kamchiliklari hm mavjud. Masalan; og’zaki bayon metodlari yordamida haritalar bilan ishlash darslik bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirib bo’lmaydi. Ayrim vaqtlarda og’zaki bayon metodlari o’qitishning asosiy metodiga aylanib qolishi mumkin, bunda o’quvchilar mustaqil ishlarni bajarish ko’nikmalari shakllanmaydi yoki mazkur ishlarga kam e’tibor beriladi.
Dars o’qitishda og’zaki bayon metodi yordamida faqat o’quv materialining asosiy mazmunini ochib berishga harakat qilinadi va sinf qanday ishlaydi, o’quvchilarni faollashtirishga kamroq e’tibor beriladi.
Og’zaki bayon metodi o’quvchilarni diqqat bilan tinglashni talab qiladi. Shuning uchun og’zaki bayon metodlari bilan dars o’tishda o’quvchilarda tinglash ko’nikmasini shakllantirish lozim. Bunda o’quvchilar berilayotgan materialni faqat qabul qilishi va fikrlashi talab etiladi. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun o’qituvchi o’quvchilarni bilimini o’zlashtirishni boshqarishi lozim. Bu esa o’quvchilarga dars mavzusi va rejasini tushuntirish orqali amalga oshiriladi.
O’quvchilar geografik bog’liqliklarni yaxshi tushunishi uchun o’quvchi geografik borliq va hodisalarni bayonini rejasini ishlab chiqishi lozim. Reja o’quvchi tomonidan sinf taxtasiga yozib chiqiladi yoki og’zaki e’lon qilinadi. O’quvchilar mazkur rejani daftarlariga yozib olishadi. Bu esa o’quvchilarni bayon qilayotgan mavzu mazmunini yaxshi o’zlashtirishiga yordam beradi.
Reja bo’yicha o’quv materialini mazmuni bayon qilingandan so’ng o’qituvchi xulosa qiladi. Agar o’quvchilar darsni yaxshi o’zlashtirgan bo’lsa, o’zlari mustaqil ravishda xulosa qilib gapirib berishlari mumkin. Bunda suhbat metodidan foydalaniladi.
O’quv materiali mazmunini o’quvchilar o’zlashtirishini osonlashtirish maqsadida o’quvchilar diqqatini eng muhim narsalarga qaratish lozim.
O’quvchilarda eshitish ko’nikmasi asta-sekin shakillanadi. Shuning uchun turli sinflarda og’zaki bayon davomiyligi turlicha bo’ladi. Quyi sinflarda og’zaki bayon 5-10 minut, yuqori sinflarda esa darsni to’liq egallashi mumkin.
O’qitishning og’zaki metodlari quyidagi turlarga bo’linadi: 1.Tushuntirish
2.Hikoya 3.Suhbat 4.Ma’ruza 5.O’qib berish.



      1. Yüklə 496,71 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin