Geografik qonuniyatlar, qonunlar va bog’liqliklar hamda tabiiy va iqtisodiy geografik jarayonlar tushuntirish metodi orqali o’rganiladi.
Quyi sinflarda tushintirish metodi quyidagi mavzularni o’rganishda qo’llaniladi: plan va harita, Yerning yillik harakati, Yerning ichki tuzilishi, tog’ jinslari, relyef va uning turlari vulkanlar, okean suvlarning sho’rligi va harorati, quruqlik suvlari, atmosferaning tuzilishi, mussonlar, tsiklonlar va passatlarning, past bosim va yuqori bosim oblastlarning xosil bo’lishi va x.k
Yuqori sinflarda esa tushintirish metodi xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlarni tuzilishi va ularni rivojlantirish qonuniyatlarni, mehnatni geografik taqsimotini, iqtisodiy rayonlarni vujudga kelishini, transport tizimini va xalqaro iqtisodiy aloqalarni asosiy turlarini va boshqa mavzularni o’rganishda qo’llaniladi.
Tushuntirish metodi isbotlash shaklida olib boriladi. Tushuntirish jarayonida o’qituvchi xodisalar orasidagi bog’liqliklarni ochib beradi va o’quvchilarni asosiy tabiiy geografik va iqtisodiy geografik qonuniyatlar bilan tanishtiradi. Masalan, ma’lum bir joyda tutashayotgan issiqlikni quyosh nurlarni tushishi burchagiga bog’liqligini, harorat va bosimni balandlik ortgan sari kamayib borishini va x.k.
Tushuntirish o’quvchilarni bilish qobiliyatlarini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Tushuntirish davomida o’qituvchi o’quvchilar diqqatini oshirish maqsadida ular oldiga savollar qo’yadi va o’z fikrini ifoda qilishni taklif etadi. Masalan, passatlar Afrika iqlimiga qanday ta’sir ko’rsatadi; havo Yer yuzasidan ko’tarilganda nima sodir bo’ladi va x.k.
Tushintirish davomida o’qituvchi haritadan, sinf taxtasidan va turli xil ko’rgazmali ko’rollardan foydalanadi.
Iqtisodiy geografiya kurslarida quyidagi mavzular tushintirish metodi yordamida olib borilishi mumkin: xo’jalikni tarkibiy qismlari, sa’noat va qishloq xo’jaligining tarkibiy qismlari va tuzilishi. Tushintirish ma’lum bir tartibda, ayrim
qismlarga bo’lingan holda olib borilishi lozim. Masalan, biror hududni qishloq xo’jaligini tushintirishda mavzuni quyidagi qismlarga bo’lib o’tish mumkin:
1.Qishloq xo’jalikni tabiiy sharoit bilan chambarchas bog’langanligi 2.Qishloq xo’jaligini rivojlanishining umumiy xususiyatlari 3.Qishloq xo’jalik tarmoqlari
4.Qishloq xo’jaligining joylanishi va asosiy dehqonchilik va chorvachilik rivojlangan joylar
Tabiiy geografik tushunchalarni isbotlanganlik darajasini oshirish uchun tushintirilayotgan o’quv mazmunini kuzatish, tajriba, o’quvchilarni boshqa fanlardan olgan bilimlari bilan bog’lash katta ahamiyatga ega.