O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Izlanuvchanmetod.O’quvchilarni ijodiy faoliyatga o’rgatadigan metod izlanuvchan metod deb ataladi. Qisman izlanuvchan metod yordamida o’quvchilar o’qituvchi yordamida qisman ijodiy ish olib borish ko’nikmasiga ega bo’lishdi. Izlanuvchan metodda esa o’quvchilar mustaqil ravishda izlanish olib borishadi. Bunday ishlarni amaliy geografiya kurslarida, o’lkashunoslik bo’yicha olib boriladigan ishlarda qo’llaniladi. Mazkur vazifalar umum ta’lim maktablarida asosan o’quv sayoxatlarida hamda mustaqil ishlarni bajarish davomida bajariladi. Masalan, o’quv sayoxatiga chiqilganda hududni o’simliklarini o’rganish, hududni xo’jaligini o’rganish va x.k. Mustaqil ishlar bajarish davomida quyidagi muammolarni yechish mumkin Orol muammosini hal qilish yo’llari; Toshkentdan Farg’ona vodiysiga temir yo’l o’tkazish yo’nalishini aniqlash; O’zbekistonda suvni tejash usullarini asoslash; O’zbekistonda shakar ishlab chiqarishni asoslab berish; O’zbekistonda mashinasoslikni rivojlantirish muammolarini hal qilish yo’llari va x.k.
Muammoli vazifalarni yechishda faqat tabiat va jamiyat to’g’risida yangi bilimlarnigina topib qolmasdan mazkur muammoni yechishning yangi samarali yo’llarni ham qidirish lozim. Bu esa o’quvchilarni ijodiy tafakkurini rivojlantirishga, yangi metodlarni o’rganishga va ularda ijodiy faoliyatni ko’nikmalarni shakillantirishga yordam beradi. Izlanuvchan metodni qo’llaganda o’qituvchining vazifasi muammoli vazifani ishlab chiqish va ularni o’quvchilar oldiga qo’yishdan iborat. O’quvchilarni vazifasi esa mazkur muammoni qabul qilish, o’ylab ko’rish va yechishdan iborat. Demak reproduktiv, qisman
izlanuvchan va izlanuvchanlik metodlari bevosita mustaqil mashg’ulotlar jarayonida bajariladi. Mustaqil mashg’ulotlar odatda o’quvchilarni topshirig’iga binoan o’qituvchini ishtirokisiz amalga oshiriladi. Mustaqil ishlarning asosiy belgilari bo’lib quyidagilar hisoblanadi: og’zaki javob; yozma ish; chizma ishlari; kartografik ishlar va x.k.
Mustaqil ishlar uchun vazifalar ikki turga bo’linadi: bir qolipdagi: muammoli yoki ijodiy.
Bir qolipdagi vazifalar reproduktiv metodga kiradi. Bunda o’quvchilardan o’xshash o’quv jarayonida bir qolipdagi savollarga javob berish talab etiladi.
Iqtisodiy yoki muammoli vazifalarni yechish qisman izlanuvchan va izlanuvchan metodlar yordamida amalga oshiriladi. Mazkur metodlar o’quvchilardan bilim va ko’nikmalarni yangi o’quv sharoitida qo’llashni va mustaqil fikrlashni talab etadi. Bir qolipdagi vazifalar yangi bilimlarni olishga va ilgari olgan bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashga imkon beradi.
O’qitish metodlarini tanlash va o’quvchilarni bilish faoliyatini va o’qish jarayonini samaradorligini baholash bilimlarni o’zlashtirish darajalari orqali amalga oshiriladi. Geografiya o’qitish metodidagi o’zlashtirish darajalari 6- jadvalda keltirilgan.
Geografik bilimlarni o’zlashtirish darajalari (L.M.Pancheshnikova)