O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə68/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

13.3..2.Muammoli bayon metodi


O’qituvchi tomonidan muammoni quyilishi va uni yechish yo’llarini asoslashga muammoli bayon metodi deb ataladi. Mazkur metod yordamida o’qituvchilar tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va geoekologik muammolarni yechish yo’llari va ularni asoslash usullari haqida ko’nikmalarga ega bo’lishadi.


Mazkur metodni qo’llanganda qo’yidagilarga e’tibor beriladi:

        • o’qituvchi muammosini o’rtaga tashlaydi va uni yechish namunasini ko’rsatib beradi, ya’ni mazkur muammoni dars mavzusi bayoni davomida o’zi yechib beradi;

        • o’quvchilar o’qituvchini mazkur muammoni yechish bosqichlarini nazorat qilib kuzatib turishda va dars davomida geografik muammolarni yechish ko’nikmalariga ega bo’lishadi.

Ma’lum bir muammoni yechish davomida o’qituvchi uni yechish yo’llari ko’rsatib beradi, muammoni yechish davomida fikrlar qarama-qarshiligini vujudga kelishi fikrlarni rivojlanish xususiyatlariga o’quvchilar fikrlarni jalb qiladi. Muammoni yechilishini bayoni davomida o’qituvchi ilmiy bilish va ilmiy fikrlash na’munasini ko’rsatadi. O’quvchilar esa muammoni yechilish bosqichlarini, uni ilmiy asoslanganlik darajasini, fikrlarni rivojlanishini kuzatib va
nazorat qilib turishdi.
Tabiiy geografiya darslarda quyidagi muamolarni o’rtaga tashlab uni yechish na’munasini ko’rsatishi mumkin:

        • Orol va Orol atrofi muammosi, bundan o’qituvchi Orol dengizini qurishi sabablarini va uni oqibatlarini hamda Orol muammosini yechish yo’llarini ilmiy asoslab berishi lozim;

        • Atmosferani ifloslanish va u bilan bog’liq ravishda Yer yuzasida o’rtacha haroratni muntazam ortib borishi va uning oqibatlarini ochib berishi lozim;

        • O’rmonlarni kesilishi va u bilan bog’liq ravishda tabiiy sharoitni o’zgarishini asoslab berishi lozim

        • O’zbekiston relyefini o’tganda o’qituvchi qo’yidagi muammolarni o’rtaga tashlab uni yechib berish na’munasini ko’rsatish mumkin. «O’zbekiston relyefi ichki va tashqi kuchlarning o’zaro ta’siri xosilasidir». Bunda ichki va tashqi kuchlarning o’zaro ta’sirida qanday relyef shakillari hosil bo’lishini va tashqi kuchlar ta’sirida ular qanday o’zgarishi dars bayonida ochib beriladi;

        • O’zbekiston tabiat mintaqalari mavzuni o’tishda qo’yidagi muammoni o’rtaga tashlab uni yechish yo’llarini ko’rsatib berish mumkin «O’zbekiston tabiiy sharoiti g’arbdan sharqqa tomon mutloq balandlikni ortishi va iqlimni o’zgarishi tufayli almashinadi. Bunda o’quvchilar e’tiborini balandlik ortgan sari iqlimni sovushi va natijada O’zbekistonda cho’l, adir, tog’ va baland tog’ mintaqalari vujudga kelganligi asoslab beriladi.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida tabiiy resurslar, aholii geografiyasi ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish transporti va xalqaro iqtisodiy aloqalar, iqtisodiy rayonlarning vujudga kelishi, mehnatni geografik taqsimoti mavzulari bo’yicha muammoli darslarni tashkil qilish mumkin, iqdisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida quyidagi muammolarni o’rganish mumkin:
«Har qanday davlaning qudrati uning rivojlanish darajasi va tabiiy boyliklariga bog’liq» Davlat yuqori darajada rivojlangan bo’lsa va tabiiy boyliklari yetarli bo’lsa u davlatning qudrati yuqori bo’ladi masalan, Rossiya, Xitoy, AQSH, Buyuk Britaniya va x.k. Davlatlar yuqori darajada rivojlangan bo’lsa ammo tabiiy resurslari kam bo’lib aqliy (insoniy) resurslari yuqori darajada bo’lsa ham qudratli bo’lishi mumkin, masalan Yaponiya;
-ishlab chiqarish kuchlarini joylanishini tabiiy sharoit va tabiiy resurslar, hamda ishchi kuchlariga bog’liq;

        • aholi ko’chib yurishini iqtisodiy va siyosiy sharoitga bog’liq ekanligi;

-aholini ko’chib yurishini iqtisodiy va siyosiy sharoitga bog’liq ekanligi;

        • aholini ko’payishi va urbanizatsiya darajasini davlatni rivojlantirish darajasiga bog’liq ekanligi;

-sanoatni rivojlanish darajasi ilmiy texnik inqilob natijalaridan foydalanish darajasiga bog’liq ekanligi;
-har qanday davlatni rivojlantirish uning xalqaro ixtisoslashgan sohasini rivojlantirishga bog’liqligi va x. k.
Geografiya darslarida deyarli har qanday mavzuni o’tishda geoekologik muammolarga duch kelinadi. Shuning uchun geografiya fani o’quvchilarga va keng xalq ommasiga ekologik ta’lim va tarbiya beradigan asosiy fanlardan biri hisoblanadi.
Geoekologiya bo’yicha muammolarni shakillantirib ularni yechish namunasini ko’rsatish mumkin:

        • Orol dengizi butunlay qurib qolsa orol atrofida qanday geografik o’zgarishlar sodir bo’ladi. Mazkur muammolarni yechishda o’qituvchi avval uning tabiiy geografik oqibatlarini so’ngra iqtisodiy geografik oqibatlarini, pirovardida esa geoekologik oqibatlarni ochib berishi darkor. Shundan so’ng Orol dengizini qurishini oldini olish chora-tadbirlarini asoslab berish lozim;

-«Sanoat korxonalarini notug’ri joylashtirish va uning geoekologik oqibatlari». Mazkur muammolarga misol qilib Tojikistondagi Alyuminiy zavodini keltirish mumkin. Mazkur zavodni qurilishi va faoliyati oqibatida janubiy O’zbekistonda sodir bo’lgan noxush ekologik jarayonlarning sabablari ochib berilishi lozim;
-Sobiq ittifoq davrida O’zbekistonda paxta yakka xokimligini rivojlanishi va uning ekologik oqibatlarini o’qituvchi muammoli bayon sifatida ochib bermog’i lozim;
-iqlimni o’zgarishi va uni tabiiy sharoitga ta’siri ham muammoli bayon jarayonida ochib berilishi mumkin.



      1. Yüklə 496,71 Kb.

        Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin