O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
6-jadval
O’zlashtirish darajasi
O’zlashtirishdarajasiniko’rsatgichlari
O’qitishmetodlari
I-daraja
O’quvchi tayyor ma’lumotlarni o’zlashtirada
va aytib beradi
Tushuntirish -ko’rgazmali
II-daraja
O’qituvchi tanish o’quv sharoitida o’z bilmi
va ko’nikmasini namuna asosida qo’llaydi
Reproduktiv
III-daraja
O’quvchilar yangi o’quv sharoitida o’z bilim
va ko’nikmalarini ijodiy qo’llashadi
Qisman izlanuvchan va
izlanuvchan (tadqiqot)
Mazkur darajalar va ularga mos keluvchi metodlarni o’qitishni barcha bosqichlarida ajratish lozim: yangi mavzuni o’rganishda, takrorlashda, umumlashtirishda va bilimlarni mustahkamlashda.
O’qitish jarayonini har bir bosqichida unga mos keluvchi metodlar tanlansa o’qitish yaxshi samara beradi.
Eng qisqa yo’l magistralini tuzing. Uni amalga oshirish uchun hozirgi davrda qanday siyosiy va iqtisodiy omillar to’sqinlik qilmoqda.
Nima uchun qo’ng’ir ko’mirni uzoqqa olib borish samara bermaydi, shuning uchun IESlar ko’mir koniga yaqin quriladi?
Nima uchun oxirgi davrlarda metallurgiya zavodlari dengiz qirg’oqlariga yaqin qurilmoqda?
Bunday vazifalarni quyilishi iqtisodiy geografiya fanidagi ilmiy muammolarga asolanadi (xo’jalikning hududdiy tarkibi va uni aniqlaydigan omiilar, ichki va tashqi omillarni ishlab chiqarish kuchlarini joylanishiga ta’siri va x.k).
Turon bosqichlardan iborat bo’lgan muammolarni yechishga o’quvchilarni jalb qilish katta ahamiyatga ega. Mazkur bosqichlar quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin.
Ma’lumotlarni yig’ish (haritalar, adabiyotlar, statistik ma’lumotlar va o’lkashunoslik ishlarida yig’ilgan ma’lumotlar asosida); yig’ilgan ma’lumotlarni tartibga solish (haritalar, diagrammalar, chizmalar, jadvallar tuzish); yig’ilgan ma’lumotlarni tartibga solish (haritalar, diagrammalar, chizmalar, jadvallar tuzish); tahlil qilish; umumlashtirish va xulosa ishlab chiqish.
Sharqiy Yevropa platformasida joylashgan Rossiya tekisligini relefi shakillanib bo’lgan deyish mumkinmi?
Afrika platformasida joylashgan cho’llarning relyefni shakillanib bo’lgan deb hisoblan mumkinmi?
Agar Qozog’iston pasi tog’lar ko’tarilib, uning balandligi 5-6 ming metrga yetsa O’zbekistonda qanday o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin?
Sibir daryolarini bir qismini O’rta Osiyo tomon oqizilsa Sibir tabiiy sharoitida qanday o’zgarishlar sodir bo’ladi?
Litosferani vulkanlar otilib turgan qismlarida qanday o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin?
Nima uchun Antraktidada tabiati juda ham sovuq?
Mazkur muammolar geografik qobiqning bir butunligini ifodalaydi va geografik qobiqning bir qismini o’zgarishi boshqa qismini ham o’zgarishiga olib kelishini asoslab beradi.