Andozalarlar(proektsiyalar) - bu Yer yuzasining haritada tasvirlash usulidir. Yer dumaloq bo’lganligi tufayli uni tekislikda tasvirlanayotganda ma’lum bir xatoliklarga yo’l qo’yiladi. Bunday xotaliklarga asosan maydonni, uzunlikni va burchaklarni tasvirlayotganda yo’l qo’yiladi. Shuning uchun turli hil (teng burchakli, teng maydonli, teng masofali va aralash andozalar) qo’llaniladi.
Shartli belgilar– voqea va hodisalarning ma’lum bir belgilar yordamida haritada tasvirlanishidir. Masshtabli shartli belgilar yordamida voqea va hodisalar haqiqiy o’lchamlari bilan tasvirlanadi. Masshtabziz shartli belgilar bilan, haritalarning masshtabida ko’rsatib bo’lmaydigan voqea va hodisalar tasvirlanadi (TETS, qon, aholi yashaydigan joylar). Chiziqli shartli belgilar bilan daryo oqimining yo’nalishi, o’rmondagi daraxtlarning turlari ko’rsatiladi. Bundan tashqari yozuvli, harfli, sonli shartli belgilar ham bo’ladi.
Haritada voqea va hodisalar quydagi usullar bilan tasvirlanadi:
belgilar usuli – masshtabda tasvirlab bo’lmaydigan narsalar, voqea va hodisalar tasvirlanadi;
chiziqli usuli – asosan uzunlik bo’yicha joylashgan daryo, yo’l va chegaralar tasvirlanadi:
rang berish usuli – voqea va hodisalarni maydon bo’yicha tarqalishini tasvirlashda qo’llanadi (o’simlik, tuproq, iqlim haritalar);
teng qiymatli chiziqlar usuli – bir xil qiymatga ega bo’lgan voqea va hodisalar tasvirlanadi (harorat, balandlik, aholi zichligi):
bog’langan diagrammalar usuli – ma’lum bir joydagi meterologik stantsiyada haroratni mavsumiy o’zgarishini, yog’in va shamollarni taqsimlanishini tasvirlashda qo’llaniladi;
chegara usuli – bir xil voqea va hodisalarni tasvirlashda qo’llanadi, foydali qazilmalar hayvonlar va qishloq xo’jaligi haritalari.
nuqta usuli – narsalarni, voqea va hodisalarni tarqoq holda miqdorini beradi. Masalan bitta nuqta 200 bosh sigir;
harakat belgilari usuli – voqea va hodisalarni harakat yo’nalishini ko’rsatadi ( daryo oqimi, shamol va oqim yo’nalishi, yuk tashish yo’llari).