O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Haritalar masshtabiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə75/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Haritalar masshtabiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:


      • planlar, masshtab 1:5000 va undan katta;

      • yirik masshtabli haritalar 1: 1 0000 dan 1:200000 cha;

      • o’rta masshtabli haritalar 1: 200000 dan 1:1000000 cha;

      • mayda masshtabli haritalar 1: 1000000 dan kichik

Haritalar ularda tasvirlanadigan maydonning ko’lamiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:


      • yulduzlar haritasi;

      • sayyoralar va Yer haritasi;

      • yarim sharlar haritasi;

      • quruqlik va okeanlar haritalari;

      • tabiiy geografik o’lkalar haritalari;

      • mamlakatlar haritalari;

      • ma’muriy birliklar haritalari;

      • maxsus hududlar haritalari (qo’riqxona, sayohatbon joylar);

      • shaharlar va aholi punktlari haritalari ;

      • shahar va viloyat tumanlari haritalari;

Mazmuniga ko’ra haritalar.- umumgeografik va mavzuli haritalarga bo’linadi. Umumgeografik haritalar o’z navbatida yana

  1. topografik ( 1: 100000 va undan katta);

  2. umumtopografik (1: 200000 dan 1: 1000000 cha)

v) umumtasavvur (tavsif) haritalarga bo’linadi (masshtabi 1:1000000 kichik).
Mavzuli haritalar tabiiy va iqtisodiy (iqlim, tuproq, o’simlik, qishloq xo’jalik, sa’noat va x. k.) haritalarga bo’linadi:

Vazifasiga ko’ra haritalar quyidagi turlarga bo’linadi:


  1. ilmiy haritalar;

  2. madaniy va tashviqot haritalari;

v) texnik haritalar (kosmik, havo, dengiz, yo’l va muxandislik haritalari);
g) o’quv haritalari;
d) sayohat haritalari;

Tuzilishiga ko’ra haritalar 3 turga bo’linadi:


  1. tasviriy haritalar alohida voqea va xodisalarni tasvirlaydi. Masalan havo harorati, yog’inlar va bosim haritalari;

  2. jamlama haritalar ma’lum bir hodisaning hamma o’lchamlari birga tasvirlanadi. Masalan, bitta haritada shamol va bosimni tasvirlash mumkin:

  1. yakuniy haritalar bir biri bilan o’zaro bog’langan hodisalar bir butun holda tasvirlanadi (iqlim mintaqalari haritasi).

Atlaslar- to’la va aniq ma’lumotga ega bo’lgan, yagona dastur asosida tuzilgan, tartibga solingan haritalar to’plamidir.
«Atlas» atamasi Flamand haritashunosi Merkator tomonidan kiritilgan. U o’zi tuzgan haritalar to’plamini (1595 yili) Liviyaning afsonaviy qiroli Atlas nomi bilan ataydi. Haritalar to’plami birinchi marta II-asrda Klavdiy Ptolomiy tomonidan tuzilgan. Atlaslar egallagan maydonga qarab, Sayyoralar, dunyo, materiklar, okeanlar, o’lkalar, davlatlar, viloyatlar atlaslariga bo’linadi. Mazmuniga qarab umumgeografik va mavzuli atlaslarga bo’linadi. Vazifasiga ko’ra ilmiy ma’lumotli, ommabop (o’lkashunoslik), o’quv, sayox va yo’l atlaslariga bo’linadi.
Globus (lotincha globus – dumoloq) Yerning kichraytirilgan nusxasi, unda Yer yuzasi, mareriklar va okeanlar, tog’lar va tekisliklar shakli xatosiz aniq va
to’g’ri tasvirlanadi. Birinchi marta globus Beruniy tomonidan X asrda, Bexaym tomonidan XV asrda yasalgan.
Globuslar miqiyosiga ko’ra mayda (1:30000000) va yirik globuslarga bo’linadi.
O’quv va boshqa maqsadlar uchun yirik globuslar yasaladi.



        1. Yüklə 496,71 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin