O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə77/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Darsliklar ichiga qo’yladigan kartalar. Geografiya predmetlarining oxirida alohida karta ilova qilinar edi. Hozirgi vaqtda darsliklarni matnida kartalar
berilmoqda. Bunday haritalar tabiiy geografik va iqtisodiy geografik voqea va hodisalarni tasvirlaydi. Ular oq-qora va rangli bo’lishi mumkin. Tabiiy geografik haritalar ko’pincha rangli xolda beriladi. Ayrim iqtisodiy geografik haritalar ko’pincha rangli xolda beriladi. Ayrim iqtisordiy geografik voqea va xodisalarni ko’rsatishda oq-qora rangdan foydalaniladi. Masalan, foydali qazilmalar, taransport, ayrim ekinlar, chorvachilik kartalari hamda siyosiy kartalar rangli tasvirda beriladi. Ko’p hollarda materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi (6-sinf), Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi (9-sinf) kurslarini darsliklari matnlarida kartalar ko’proq beriladi.
Atlaslar ma’lum bir mavzuda va yo’nalishlarda tuzilgan kartalar jamlamasidir. Atlaslar tuzilishi va mazmuniga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: egallagan maydoniga ko’ra; yulduzlar atlasi; dunyo tabiy geografik atlasi; dunyo iqtisodiy geografik atlasi; alohida materik va okeanlar atlasi; alohida davlatlar atlasi; va x.k.; mazmuniga ko’ra: tabiiy geografik; iqtisodiy; temir yo’l; o’quv atlaslari va x. k.
Har bir sinf uchun o’quv atlaslari mavjud. masalan, 5-sinf atlasi, 6-sinf atlasi, 7-sinf atlasi, 8-sinf atlasi, 9-sinf atlasi.
O’quv atlaslari quyidagi talablarga javob berishi lozim:

      • atlasda ko’rsatilgan geografik borliq va voqealar soni darslikdagidan ko’proq bo’lmog’i lozim;

      • atlas o’quvchilar uchun ma’lumotnoma vazifasini bajarishi lozim;

      • atlasda geografik nomlar ro’yxati albatta bo’lishi zarur; Atlasda kartalar soni 40-45 tadan kam bo’lmasligi lozim.

Chiziqli kartalar. Ular geografiya ta’limida keng qo’llaniladi. Ular asosan o’quv va nazorat maqsadlarida ishlatiladi.
Chiziqli kartalar o’quv maqsadlarida quyidagi hollarda qo’llaniladi:

( daryo, ko’l, dengiz va x.k.), bu esa geografik nomlarni o’quvchilar tomonidan yaxshi eslab qolinishiga imkon beradi;

      • tog’lar, daryo xavzalari, izotermalar, tabiat zonalari chegaralarni chiziqli haritaga tushirish;

      • davlatlarni chegaralarini chiziqli haritaga tushirish;

      • iqtisodiy rayonlarni chiziqli haritaga tushirish;

      • qishloq xo’jaligi ekinlari chegaralarini chiziqli haritaga tushirish.

Chiziqli haritalar nazorat maqsadida ham ishlatiladi. Buning uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
-sinfdagi barcha o’quvchilarda bir xil chiziqli karta bo’lmog’i lozim;
-barcha o’quvchilar uchun bir xil shartli belgilar berilishi zarur;
-barcha o’quvchilar chiziqli kartalarida masshtab, legenda, o’quvchining ismi sharfi bir xil joyda ko’rsatilgan bo’lmog’i lozim.



        1. Yüklə 496,71 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin