O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Geografik kartalarni o’qish texnologiyalari



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə79/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Geografik kartalarni o’qish texnologiyalari


Geografik kartalar bilan ishlashning eng ma’suliyatli qismi bo’lib ularning o’qish va ular asosida tegishli xulosalar chiqarishdir.


Geografik haritalarni o’qish quyidagi bosqichlardan iborat:

      • kartalarning daraja to’ri, masshtab iva shartli belgilarini o’qish;

      • topografik haritalarni o’qish asosida diktantlar yozish;

      • relyefning o’qish va uning tavsifini tuzish;

      • geoglogik va tektonik tuzilishni o’rganish va xulosa chiqarish;

      • foydali qazilmalarni o’rganish;

      • iqlimni o’rganish va uning tavsifini tuzish;

      • geografik sharoitni o’rganish;

      • tuproqni va o’simliklar qoplamini o’rganish;

      • hayvonot dunyosini o’rganish;

      • tabiat zonalarini o’rganish;

      • joyning umumiy tabiiy geografik tavsifini tuzish;

      • tabiat resurslarini o’rganish;

      • aholi kartasini o’qish;

      • yoqilg’i energitika sanoatini o’rganish;

      • sanoat haritasini o’qish;

      • qishloq xo’jalik haritalarini o’qish;

      • transport haritalarini o’qish;

      • xalqaro iqtisodiy aloqalar haritasini o’qish;

      • kompleks iqtisodiy-geografik haritalarni o’qish.

Geografik haritalarni o’qishning eng muhim shartlaridan biri uni masshtabi va shartli belgilarini o’qiy bilishidir. Masshtabga ko’ra yirik, o’rta va mayda masshtabli katralarga ajratiladi. Shartli belgilar topografik, tabiiy geografik va iqtisodiy geografik hamda siyosiy geografik belgilarga bo’linadi. Ular o’z navbatida masshtabli, masshtabsiz chiziqli aralash ko’rsatgichli va boshqa turlarga bo’linadi.
Kartalarni o’qitishning dastlabki bosqichi shartli belgilarni o’qitishdir. O’quvchilar topografik kartalarni o’rta masshtabli va mayda masshtabli kartalarni shartli belgilarini to’la o’rganib bo’lgandan so’ng, masshtab va daraja to’ridan foydalanib yuqoridagi vazifalarni bajarishlari mumkin. Ular joy rejasini tuzish jarayonida ham shartli belgilar bilan ishlash ko’nikmasiga ega bo’lishadi.
O’quvchilar daraja to’ri, masshtab va shartli belgilarni to’la o’zlashtirib olgandan so’ng kartadan foydalanib ma’lum bir yo’nalishni tavsifini tuzishi mumkin, ya’ni topografik diktant yozishlari mumkin.
Topografik diktant deganda qog’ozga o’qituvchini bergan ma’lumotlari asosida yo’nalish chizmasini tushirishdir. Mazkur ish quyidagicha bajariladi:o’quvchilar o’qituvchi topshirig’i asosida ikki xil ishni bajarishi mumkin: berilgan yo’nalishni karta asosida tavsifini tuzishadi; berilgan yo’nalishni chizmasini daftarga chizishadi.
Ma’lum bir yo’nalishni tavsifini karta asosida tuzishda o’quvchilar kerakli yo’nalishlarni aniqlashadi, masshtabdan foydalanib nuqtalar orasidagi masofani o’lchashadi, shartli belgilar bilan ko’rsatilgan geografik borliqni (ko’prik, yo’l, shahar, zavod, yaylov, ekinzor, o’rmon va x.k.)nomlarini aniqlaydi va joyning tavsifini tuzadi.(relyefi, tuprog’i, o’simligi, suvlari). Avval o’quvchilar topografik haritadan foydalanib o’qituvchining qisqa savollariga javob beradi, masalan o’rikzor qishloq markazining qaysi tomonida joylashgan, maktabga boriladigan yo’lda qanday o’simliklar uchraydi. Buning natijasida o’quvchilar yo’nalishni og’zaki tavsifini tuzish ko’nikmasiga ega bo’lishadi.
Topografik diktant tuzganda o’quvchilar o’qituvchining hikoyasi orqali yo’nalish yo’lini chizmasini tuzishadi. Topografik diktant daftar varag’iga chiziladi. Varag’ning yuqorisida sh-j belgisi, pastki qismiga masshtab yoziladi. O’qituvchi varaqda dastlabki nuqtani belgilab beradi. So’ngra yo’nalishni va geografik borliqni ko’rsatadi, ularni o’quvchi qog’ozga tushiradi. Topografik diktant yo’nalishni tavsifini tuzishdan murakkabroq. U o’quvchilardan diqqat va ijodiy fikrlashni talab qiladi, Ushbu vazifani bajarish davomida o’quvchilar olgan bilimlarini amalda qo’llash ko’nikmasiga ega bo’ladilar.
Joy relyefini o’rganish turli masshtabli haritalarda olib borilishi mumkin. Topografik kartalar yordamida relyefni o’rganish gorizontlarni tahlili asosida olib boriladi. Gorizontallarni orasi keng va mutloq balandligi kam o’zgarsa tekislik, gorizontallar orasi tor va ular qalin va zich joylashgan bo’lsa tik yonbag’ir va x.k. Tabiiy geografik kartalarda relyef ranglarni tahlili asosida olib boriladi: zangori rang tekislik, jigarrang tog’lik. Relyefning o’rganganda kartada berilgannuqtalarni mutloq balanligi ham tahlil qilinadi.
Geologik va tektonik tuzulishni o’rganish VI va VIII sinflarda bajariladi. VI
–sinf atlasida litosfera plitalari haritasida berilgan. Uning yordamida litosfera plitalari ularni yoshlari, harakat tezligi aniqlanadi. VII-sinf atlasida O’rta Osiyo va O’zbekistonning geologik va tektonik haritalari berilgan. Uning yordamida har bir hududda tarqalgan tog’ jinslari komplekslari va ularni qaysi davrlarga mansubligi aniqlanadi. O’qituvchi yordamida o’quvchilar geologik kesmalar ham tuzishi mumkin. Mazkur kartalarni o’qish va tahlil qilish asosida tegishli xulosalar qilinadi. Masalan, mazkur joyda qaysi davrda vujudga kelgan qanday tog’ jinslari keng tarqalgan.
Joyning yoki ma’lum bir hududning foydali qazilmalari tegishli foydali qazilma turi kartasining o’qish asosida amalga oshiriladi. Bunda avval yoqilg’i- energitika foydali qazilmalari kartasidan neft-gaz ko’mir konlari aniqlanadi, metalli foydali qazilmalar kartasidan qora, rangli va nodir metallar konlari aniqlanadi. Nometall foydali qazilmalar haritasidan esa qurilish, kimyo sanoati xom ashyosi konlari aniqlanadi. So’ngra joyda yoki hududda qaysi foydali qazilma turi kengroq tarqalganligini o’quvchilar aniqlashadi.
Iqlim haritalarini o’qish orqali o’rganiladi. Bunda yozgi va qishki harorat izotermalari, yozgi va qishki shamollar yo’nalishi, yog’in miqdori, sovuqsiz kunlar soni va boshqa kartalar o’qiladi, tahlil qilinadi va tegishli xulosalar chiqariladi. O’quvchilarning xulosalari o’qituvchi tomonidan ko’rib chiqiladi va baholanadi.
O’quvchilar joyni yoki ma’lum bir hududni gidrografik sharoitini tuzilishini o’qituvchi rahbarligida tabiiy haritani o’qish va tahlil qilish asosida o’rganishadi. Ular o’qituvchini topshirig’iga binoan avval daryolarni, so’ngra ko’llar va muzliklarni aniqlashadi va ularni ro’yxatini tuzishadi.
O’quvchilar joyning tuproq va o’simlik qoplami kartalarini o’qish va tahlil qilish asosida asosiy tuproq va o’simlik turlarini aniqlashda va tegishli xulosalar qilishadi.
Materiklarni tabiiy geografik sharoiti o’rganilganda o’quvchilar tabiat zonalari kartasini o’qish va tahlil qilish asosida mazkur materikda tarkib topgan tabiat zonalarini aniqlashadi. Mazkur kartani o’qish va tahlil qilish asosida joyning yoki ma’lum bir hududning tabiiy geografik tavsifi o’quvchilar tomonidan tuziladi. Iqtisodiy geografik tavsifdan tegishli iqtisodiy kartalarni o’qish va tahlil qilish asosida tuziladi.



        1. Yüklə 496,71 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin