O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy


Globus bilan ishlash texnologiyasi



Yüklə 496,71 Kb.
səhifə81/175
tarix06.07.2023
ölçüsü496,71 Kb.
#135905
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   175
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n

Globus bilan ishlash texnologiyasi


Globus Yerning kichraytirilgan modeli bo’lganligi uchun unda geografik haritalarda uchraydigan xatoliklar bo’lmaydi. U teng masshtabli, tengburchakli va teng maydonli bo’lgani uchun unda tasvirlangan geografik borliq, voqea va xodisalar to’g’ri va aniqligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun globuslar umum ta’lim, o’rta va oliy ta’limning deyarli barcha predmetlarini o’rganishda albatta qo’llaniladi.
Globus yordamida o’quvchilar ongida jahondagi yirik hududlarning tasviri o’lchamlari va maydoni haqida to’la va aniq tasavvurlar shakillanadi. Faqat globusdagina daraja to’ri xech qanday xatoliklarsiz tasvirlanadi, paralellar va meridianlar orasidagi masofa joydagi masofaga mos keladi.
Globusdan tabiiy geografik, iqtisodiy geografik hamda amaliy geografiya kurslari darslarini o’tkazishda keng foydalaniladi.
Tabiiy geografiya darslarida quyidagi mavzularni o’rganishda globusdan foydalanish mumkin:

        • Yerning shakli va o’lchamlari;

        • daraja to’ri. Qutblar, ekvator, meridianlar, paralellar, geografik kengliklar va uzunlik;

        • Yerning o’z o’qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi va uning oqibatlari;

        • eng muhim ekspeditsiyalar, sayoxatlar yo’nalishi.

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida quyidagi mavzularni globus yordamida o’tish mumkin:

        • jahon siyosiy haritasi;

        • qit’alar va alohida mintaqalar haritasi;

        • mamlakat maydonlarini, chegaralar uzunligini aniqlash;

        • quruqlikda va suvda yo’llarni yo’nalishi va uzunligini aniqlash. Globusdan tabiiy geografiya kurslarida ko’proq foydalaniladi.

Yerning shakli va o’lchamlarini tabiiy geografik globuslarda o’rganish mumkin. Bunda Yerning dumaloqligi va uning og’irligi oson tushintiriladi. Yerning maydoni, aylanasining uzunligi globus masshtabidan foydalanib aniqlanadi. Masalan globusning masshtabi 1:40 000 000 bo’lsa globusdagi 1 sm oraliq Yer yuzasidagi 400 km ga teng ekanligi o’quvchilarga tushuntiriladi. Shundan so’ng globusning ekvator bo’yicha uzunligi santimetrlarda yoki santimetrlarga bo’lingan matoli metr bilan aniqlanadi. Santemetrda o’lchangan globusning aylanasining uzunligi globus masshtabiga ko’paytiriladi. Masalan, globus aylanasining uzunligi 100 sm bo’lsa unda globus aylanasining (ekvatorning) uzunligi 100sm x 400 = 40 000 km. Huddi shu taxlitda sinf o’quvchilarining yarmi ekvatordan shimoldagi, yarmi ekvatordan janubdagi paralellarni uzunligini aniqlashi mumkin. Bunda ular ekvatordan shimol va janub tomon paralellarni uzunligini kamayib borishini va qutblarda ular eng qisqa ekanligini bilib olishadi.
Daraja to’ri, paralellar, geografik uzunlik va kenglik tushunchalarini shakillantirishda ham globus katta ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda har bir tushuncha masalan ekvator, qutblar, meridian va paralellar bevosita globusda ko’rsatilib tushuncha xosil qilinadi. Masalan, Yer sharini teng ikkiga bo’lib turadigan, uni o’rtasidan o’tkazilgan chiziqqa ekvator deb ataladi deb o’qituvchi globusdan ekvatorni joylashishini ko’rsatadi va undan Shimoliy va janubiy
qutblargacha so’ng meridian, parallel, geografik koordinatalar tushunchalari xosil qilinadi va tegishli mashqlar o’tkaziladi.
Yerni o’z o’qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishini ko’rsatish uchun globus va lampadan foydalaniladi. Bunda globus lampa atrofida aylantiriladi va yoritish mintaqalarini xosil bo’lishi tushuntiriladi. Globusni o’z o’qi atrofida aylantirib tong, tush, kech va qorong’u tushunchalarini ko’rsatish mumkin. Mazkur ishlar kecha va kunduzni, fasllar hosil bo’lishini tushuntirishga imkon beradi.
Mazkur tajribalar yordamida Quyosh nurlarini Yer yuzining turli joylarida turlicha burchaklarda tushishini ya’ni ekvator atroflariga tik, qublarga borgan sari tushish burchagi kamayib borishini va buning oqibatida Yer yuzasining turli joylari turli miqdorda issiqlik olishini hamda qutblarda yarim yil to’xtovsiz quyoshni botmasligi yoki chiqmasligini tushuntirish mumkin.
Tabiiy geografik globuslarda eng muhim ekspeditsiya va sayoxatlar yo’nalishini ham tushirilgan. Mazkur ma’lumotlardan materiklar va okeanlar geografiyasini o’rganishda foydalanish mumkin. Masalan, Amireka qit’asini kashf qilinishi va tekshirish tarixini o’rganish davomida X. Kolumb ekspeditsiyasi yo’nalishlarini aniq va to’la tushintirish mumkin.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya darslarida globuslar ko’proq jahon siyosiy haritasini o’rganishda davlatlarni joylashishi va maydonini aniqlashda, dengiz va quruqlikdagi yo’llarni yo’nalishi va uzunligini aniqlashda, yirik iqtisodiy va siyosiy ahamiyatga ega bo’lgan portlarni aniqlashda ishlatiladi.
Bundan tashqari globuslar alohida materiklar, qit’alar, mintaqalar siyosiy haritasini va ularda davlatlani joylashishini va ularni o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishda ham ishlatiladi.



    1. Yüklə 496,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin