Meteorologik kuzatishlar. Meteorologik kuzatishlarda umumta’lim maktablarida ob-havoni kuzatish alohida o’rin tutadi.
Ob-havoni kuzatish bir necha bosqichlardan iborat:
-o’quv yilining boshida ob-havoni kuzatishni tashkil etish va kuzatish usullari bilan maxsus darsda o’quvchilarni tanishtirish;
-kuzatishdan avval meteorologik asboblar bilan ishlash ko’nikmalarini shakillantirish lozim. Masalan, termometrdan hisob olish texnologiyasi va x.k.;
-maxsus bilimlarni o’tgunga qadar oddiy meteorologik kuzatishlar olib boriladi (harorat, shamol, bulutlar, yog’ingarchilik);
-iqlim haqida maxsus mavzular o’tib bo’lingandan so’ng atmosfera bosimi, shamol kuchi, bulutlarning xillari va ularning xolati haqida kuzatishlar olib boriladi. Havoning haroratini va shamol yo’nalishini dastlab bir kunda bir marta kuzatishi mumkin, bulutlik va yog’inlarni kun davomida kuzatish mumkin;
-shamolning kuchi va yo’nalishini quyidagicha aniqlash va tasvirlash mumkin:
-shimoldan, kuchi 3-ball
-shimoli-sharqdan, kuchi 2 ball
-sharqdan, kuchi 6 ball
-janubi-g’arbdan, kuchi 4 ball
-janubdan, kuchi 7 ball
O’qlardagi qanot ballni ko’rsatiladi. Uzun qanot -2 ball, kalta qanot -1 ball.
Bulutlikni kuzatish natijalari quyidagicha ifodalanadi:
Atmosfera yog’inlarini kuzatish natijalarini quyidagicha tasvirlanadi:
... – Yomg’ir
* - qor
VI sinfdan boshlab ob-havoni kuzatish quyidagi 7-jadval asosida olib boriladi.
7-jadval
Oy va kun
|
Havo harorati
|
Havo bosimi
|
Shamolning yo’nalishi va
kuchi
|
Bulutli k
|
Yog’inlar
|
Quyoshning ufqdan
balandligi
|
Izoh
|
Mazkur jadval har kuni muntazam kuzatish natijalari bilan to’ldirib boriladi va har oy oxirida tahlil qilinadi. Tahlilda oy davomidagi eng yuqori va eng past harorat, bosimning pasaygan va ko’tarilgan kunlari, shamolning asosiy yo’nalishlari, bulutlik, yog’inlar. So’ngra ob-havoni o’zgarishi fasllar bo’yicha tahlil qilinadi va yillik o’rtacha harorat va bosim aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |