O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi n
Yakka xoldagi raqamlar bilan ishlash. Yakka xoldagi raqamlarga mutlaq ko’rsatkichlarda ifodalangan sonlar kiradi. Ular ko’pincha og’irlik, balandlik, chuqurlik, masofa, energiya va boshqa o’lchovlarda borilishi mumkin.
Yakka xoldagi raqamlarni ayrimlarini esda saqlab kelishtirib etiladi. Ayrimlari haqida esa fikrlash talab etiladi. O’quvchilar eslab qoladigan raqamlar ko’p bo’lmasligi mumkin. Ularni ikkita yirik guruhga bo’lishimiz mumkin: tabiiy geografik; iqtisodiy geografik.
Tabiiy geografikrak raqamlarga quyidagilar kirishi mumkin:
yer yuzasi haqidagi umumiy ma’lumotlar (eng baland va past nuqtasi maydoni, materiklar va okeanlar soni) eng katta va kichik okeanlar, dengiz, materik, qit’a daryo, ko’l, cho’l, tog’ va x.k.;
materiklar haqida umumiy ma’lumotlar (maydoni, eng baland va past nuqtasi, yog’in miqdori, xarorat, iqlim mintaqalari soni va x.k.);
okeanlar haqidagi umumiy ma’lumotlar (maydoni, cho’kmalari, sho’rligi, xarorati va x.k);
iqlim ko’rsatgichlari;
gidrologik ko’rsatgichlar va x.k.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografik raqamlarga quyidagilar kiradi:
jahonning umumiy ta’rifi (davlatlar soni, aholi soni, tabiiy resurslar miqdori, jon boshiga to’g’ri keladigan daromad va x.k.)
aholi xaqidagi ma’lumotlar (jaxon aholisi va uning tarkibi shahar va qishloq aholisi, erkaklar va ayollar soni, migratsiya salmog’i, tug’ilish, o’lish, ko’payish);
transport va tashqi iqtisodiy aloqalar, ekspert va import ko’rsatgichlari;
davlatlar haqidagi ma’lumotlar (maydoni, aholisi, xo’jaligi)
O’quvchilarni raqamlarni yaxshi eslab qolishlari uchunularni butun son holda berish yaxshi natija beradi. Masalan, Xitoyning maydoni 10 mln km2, aholisi 1 mird. dan ortiq.
Dars jarayonida o’quvchilarga berilayotgan raqamlarga ta’rif berishi lozim. Bunday ta’rif berishning usullaridan biri miqdoriy tasavvurlarni aniqlashtirishdir. Maktab geografiyasida eng keng tarqalgan aniqlashtirish usuli masofani vaqtga o’tkazish uni ifodalash hisoblanadi. Masalan, 100 km masofani turli transport turlari qancha vaqtda bosib o’tishi mumkin.
Iqtisodiy geografiya darslarida xo’jalik tarmoqlarini davlat iqtisodidagi axamiyatini tushuntirishda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan ishlab chiqarish xajmi xisobga olinadi.
Raqamlar bilan ishlashning eng muxim usullaridan biri qiyoslash hisoblanadi. Qiyoslashda o’quvchilar raqamlarni tez eslab qolishadi. Masalan, Tinch okeani maydoni Atlantika okeani maydonidan ikki marta katta. Qiyoslash bilan faqat o’qituvchi emas, o’quvchilar ham shug’ullanishi mumkin. Masalan, o’qituvchi o’quvchilarga vazifa berishi mumkin, O’zbekistonni maydoni dunyodagi qaysi davlatlar maydoni bilan bir xil va h.k.